Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish


  Xaridlar  va  savdolarni  o’tkazish.  Savdolar  qatnashchilari,  ularni



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

7.4.  Xaridlar  va  savdolarni  o’tkazish.  Savdolar  qatnashchilari,  ularni 
funksiyalari, jarayoni, shartnomalar va majburiyatlar 
 
«O’zbekiston  Respublikasi  hududida  kapital  qurilishda  tanlov  savdolari 
to’g’risida»gi  Nizomga  muvofiq  tender  savdolarini  o’tkazish  tartibini  ko’rib 
chiqamiz: 
Investor,  buyurtmachi,  tanlov  savdolari  tashkilotchisi,  tanlov  komissiyasi  va 
oferentlar tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi. 
Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: 
1.  talabgorning malakasini oldindan aniqlash yoki buningsiz tanlov savdolari 
o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilishdi; 
2.  rasmiy  farmoyish  beruvchi  hujjat  chiqargan  holda  tanlov  savdolarini 
o’tkazish shakli, turi va sanasini belgilaydi; 
3.  mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etgan holda tanlov 
savdolari predmetining boshlang’ich qiymatini belgilashi mumkin. 
Tanlov savdolari quyidagilarga bo’linadi: 
  Ochiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanmaydi; 
  Yopiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanadi. 
  Ikki bosqichli tanlov savdolari: 
Ochiq    tender  o’tkazilganda    mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar  barcha 
sub’ektlar  qatnashishi  mumkin,  ochiq  tenderlar  o’tkazilishidan  1  oy  oldin  e’lon 
qilinadi, e’lonlar chop etiladigan davriy nashrlar ro’yxati “Davarxqurilish” qo’mitasi 
bilan kelishib olinadi. Odatda e’lonlar “Xalq so’zi”, “Narodnoe slovo”, gazetalarida 
chop etiladi. 
Yopiq  tanlov  savdolari  o’tkazish  to’g’risidagi  qaror  Vazirlar  Mahkamasi 
tomonidan  qabul  qilinadi  va  yopiq  tanlov  savdolari  ishlar  va  xizmatlar  yuqori 
darajada  murakkabligi  (yoki  tor  ixtisoslashuvi)  bilan  farqlanadigan  va  faqat 
pudratchilar (yetkazib beruvchilar)ning cheklangan soni bilangina bajarilishi mumkin 
bo’lgan hollarda tashkil etiladi. 
Yopiq  tanlov  savdolarini  o’tkazishda  tanlov  savdolari  tashkilotchisi 


151 
 
pudratchilar  (yetkazib  beruvchilar)  umumiy  sonidan  oldindan  yetarlicha  malaka 
ma’lumotlariga ega bo’lganlarni, biroq ularning kamida uchtasini tanlaydi va ularga 
tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma yuboradi. 
Agar  pudratchilar  (yetkazib  beruvchilar)ning  umumiy  soni  ikkitadan  ortiq 
bo’lmasa,  u  holda  taklifnoma  ularning  har  ikkalasiga  yuboriladi  va  tanlov  savdolari 
ularning ishtirokida o’tkaziladi.  
Yopiq tanlov savdolarida esa tanlov savdolari tashkilotchisi kamida ikkita chet 
qatnashchini taklif qilishi shart. 
Yopiq  tanlov  savdolarini  tashkil  etishda  matbuotda  e’lon  berilmaydi,  tanlov 
savdolari taklif etilgan talabgorlar o’rtasida o’tkaziladi. 
Ikki bosqichli tanlov savdolari buyurtmachi tanlov savdolari predmetining aniq 
tavsifini  va  o’ziga  xosligini  shakllantirish  imkoniyatiga  ega  bo’lmaganda  va 
buyurtmachi  ilmiy  tadqiqotlar,  eksperimentlar  o’tkazishga,  qidiruvlar  yoki 
ishlanmalar yuzasidan shartnoma tuzish niyatida bo’lgan hollarda o’tkaziladi. 
Ikki bosqichli tanlov savdolari quyidagi tartibda o’tkaziladi: 
-  birinchi bosqichda kontseptual qaror va texnik, tijorat jihatidan aniqlanishi 
va  tuzatilishi  kerak  bo’lgan,  tanlov  hujjatlarida  ko’rsatilgan  shartlar  asosida  ishlab 
chiqilgan  oferta  bahosi  ko’rsatilmagan  holda  taqdim  etiladi.  Tanlov  savdolari 
predmeti  parametrlari  bo’yicha  oferent  bilan  muzokaralar  olib  borilishiga  yo’l 
qo’yiladi.  Ofertalarning  umumiy  sonidan  tanlov  savdolarining  ikkinchi  bosqichida 
qatnashishga yo’l qo’yiladigan ofertalar tanlab olinadi; 
-  ikkinchi  bosqichda  tanlov  savdolari  predmetining  aniqlashtirilgan 
parametrlari  hisobga  olingan,  bahosi  majburiy  tartibda  ko’rsatilgan  holda  ofertalari 
tanlov  savdolarining  ikkinchi  bosqichiga  o’tgan  qatnashchilarning  takliflari  va 
buyurtmanomalari berilgan holda tanlov hujjatlariga tuzatish kiritiladi. 
Ikki  bosqichli  tanlov  savdolarini  tashkil  etish  va  o’tkazish  qonun  hujjatlariga 
muvofiq  "Davarxitektqurilish"  qo’mitasi  tomonidan  ishlab  chiqiladigan  va 
tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish