resurslari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- xo’jalik usulida bajarilgan qurilish-montaj ishlaridan kelgan foyda (qilingan
iqtisod);
- asosiy vositalarni likvidatsiya qilingan vaqtda olingan yaroqli materiallar;
- aylanma mablag’larning aylanishini tezlashishi hisobiga, muomiladan
bo’shatilgan aylanma mablag’larning bir qismi;
- korxonaning o’zida tashkil qilingan maxsus rezerv fondlari va boshqalar.
Investitsion loyihalarni baholashda shuni hisobga olish lozimki, ishlab
chiqarilgan mahsulot realizatsiyasidan, soliqlar ayirib tashlanadi. Ammo, bu
hisoblangan soliqlar, amortizatsiya singari ma’lum muddat korxona oborotida
qo’shimcha ishlatilishi va vaqtincha moliyaviy resurs bo’lishi mumkin.
128
g) Agar korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda o’z mablag’lari
yetarli bo’lmasa, bunday holda, korxona mablag’larni qimmatli qog’ozlar chiqarish
yoki
bank
krediti
orqali
jalb
qilishi
mumkin.
Investitsion
loyihalarni
moliyalashtirishning keng tarqalgan va moliyalashtirishning asosiy manbalaridan
bo’lib, qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish hisoblanadi.
Qimmatli
qog’ozlar
chiqarish,
investitsiyalarni
moliyalashtirishda
markazlashgan mablag’lar va bank kreditlarining hissasini pasayishiga olib keladi.
Qimmatli qog’ozlar bozori va kredit bozori, pul mablag’lariga ehtiyoji bo’lgan
tarmoqlarga (korxonalarga) pul mablag’larini taqsimlab korxonalarning moliyaviy
holatini barqarorlashtiradi.
d) Investitsion loyihani moliyalashtirishning qarzga olingan manbai bo’lib,
bank kreditlari, ipoteka ssudalari, sug’urta kompaniyalaridan olingan qarzlar yoki
(nodavlat) byudjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar hisoblanadi. Ushbu
moliyalashtirish manbalari ma’lum muddatga qaytarish va to’lovlilik shartli
asosida beriladi. Investitsion loyihalarni kredit asosida moliyalashtirishning afzalroq
tomoni
shundaki,
faoliyat
yuritayotgan
korxona
uchun
modernizatsiya,
rekonstruktsiya ishlari va kerakli me’yorda ishlab chiqarish quvvatini ta’minlashda,
ya’ni korxona ishlab chiqarish faoliyatni kengaytirmoqchi bo’lsa, kreditdan
foydalangani ma’qul, chunki, ishlab turgan korxona aktivlari ushbu kreditlar
qaytarilishiga garov bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilotlar uchun esa investitsion
loyihalarni moliyalashtirish uchun, aksioner kapitalidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir, chunki yangi tashkil etilgan korxonalar uchun bank kreditidan foydanish
yuqori risk bilan bog’liq bo’lib, kredit olishda korxona uni qaytarish uchun yetarli
darajada moliyaviy resurslar bilan yoki boshqa aktivlar bilan ta’minlanmagan bo’lishi
mumkin, bunday shartlarni yangi korxona bajarmasligi sababli aksionerlik
kapitalidan foydalanadilar. Likvidlik bilan bog’liq bunday vaziyatlarda yangi korxona
qiyin vaziyatlarga tushib qoladi. Loyiha yaxshi baholanganda, ham, yaxshi texnik
asoslanganda ham banklar yuqori foiz stavkasida kredit berishlari mumkin. Aksioner
kapitali esa bunday muammolar keltirib chiqarmaydi, ammo uni yig’ish ancha
129
murakkab vazifadir, bank kreditlari esa bundan mustasnodir.
Investitsion loyihalarni kreditlash sharti, foiz stavkasi o’zgarishi bilan loyiha
iqtisodiy ko’rsatkichlarlarining o’zgarishi orasidagi munosabat bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, foiz stavkasi o’zgarmas va o’zgaruvchan bo’ladi. Shu sababli korxona
investitsiya loyihasini moliyalashtirishda kredit olmoqchi bo’lsa, u uzoq muddatli
bo’lsa, u holda o’zgarmas foiz stavkasidagi kreditdan foydalanadi.
Yaxshi asoslangan loyiha uchun qarz mablag’lari olish bir muncha osonroq
bo’ladi. Moliyalashtirish jarayonini qarzga olinadigan mablag’larni hajmini
aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi, bu kredit olishni kafolatlashi
mumkin. Ushbu ssuda kapitalini quyidagilarga yo’naltirilishi mumkin: asbob-
uskunalar xarid qilish, ishlab chiqarishni kengaytirishga, modernizatsiya,
rekonstruktsiya qilish va boshqalarga. Ssuda kapitalini quyidagi turlarga ajratish
mumkin: aylanma mablag’larni tashkil qilish maqsadida tijorat, bank yoki mol-
yetkazib beruvchilarning turli xil shakldagi kreditlari yoki milliy va xorijiy moliyaviy
institutlarining uzoq muddatli kreditlari.
Bank tomonidan olinadigan foizlar beriladigan kreditning hajmi, muddati
uning ta’minlanganligi, kreditlash shakli, kreditning risk darajasi va boshqalarga
bog’liq tarzda differensiyallashadi. Hozirgi vaqtda investorlar tez qaytish beruvchi
tadbirkorlik faoliyatiga kreditlarni jalb qilmoqdalar.
Kreditlar, kreditlash muddatiga ko’ra qisqa muddatli (1 yilgacha) va uzoq
muddatli (1 yildan yuqori) turlarga bo’linadi. Korxonaning asosiy fondlari uchun
olingan uzoq muddatli kreditlarni odatda investitsiya deb atashadi. Uzoq muddatli
kreditlarning ob’ektiv zarurligi korxonani ishlab chiqarishini kengaytirish ehtiyojidan
kelib chiqadi. Aynan shu sharoitda kredit munosabatlarida uzoq muddatlilik xarakteri
vujudga keladi. Bu qarzdorga o’z mablag’larini o’z muomalasidan olishga
(oborotidan olishga) nisbatan, bir muncha qisqaroq vaqtda pul mablag’larini olish
imkoniyatini beradi. Kapital qo’yilmalarni moliyalashtirishning kredit usulining
afzallik tomoni mablag’larni qaytarishlik bilan bog’liqdir. Bu kapital qo’yilmalarni
haqiqiy qoplanishi va kreditni qaytarilishini nazoratini kuchaytiradi. Bu esa o’z-
o’zidan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshiradi.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |