1. Iqtisodiy geografiya – sanoat geografiyasi, qishloq xo’jaligi geografiyasi,
transport geografiyasi qurilish geografiyasi, tabiiy resurslar va ulardan foydalanish
geografiyasi va x.k.
2. Sotsial-ijtimoiy geografiya - aholi va aholi punktlari geografiyasi,
shaharlar geografiyasi (geourbanistika), qishloqlar geografiyasi, aholiga xizmat
ko’rsatish sohalari (savdo, madaniy, maishiy, ma’orif va boshq.) geografiyasi,
tijorat geografiyasi va x.k.
3. Sotsial geografiya – tibbiyot geografiyasi, rekreatsiya geografiyasi, din
geografiyasi, jinoyat geografiyasi, geopsixologiya, hulq-atvor geografiyasi,
turmush tarzi geografiyasi va boshq.
4. Siyosiy geografiya – geosiyosat, limologiya, geokonfliktologiya, harbiy
geografiya va boshqalar.
Professor A.Soliyev fikriga ko’ra, mazkur fan tarmoqlari o’z navbatida turli
hududiy ko’lamda (jahon, mamlakat, viloyat va x.k.) o’rganilishi mumkin. Ammo
shu bilan birga, fanni undagi ilmiy yo’nalishlar bilan chalkashtirish, yangi fanlar
“ixtiro” qilish maqsadida uni xaddan tashqari parchalab yuborish ham yaxshi
emas. Bu tizim-tarkib g’oyasiga mantiqan ziddir. Chunonchi, aholi geografiyasini,
maydalab ayollar yoki erkaklar geografiyasi, sanoatda – kiyim kechaklar yoki non
geografiyasiga o’xshash “fanlarni” yaratish kulgili bo’lsa kerak. Tizim
ko’rilayogan maqsad va vazifasiga ko’ra, o’zining mustaqilligi, yaxlitligini ma’lum
darajagacha saqlab qoladi. Shu bois tizimni cheksiz maydalash uni bosh
maqsadidan chetlashtiradi va bu tizim o’zgacha ma’no va mohiyatiga ega bo’ladi.
Masalan, sanoat geografiyasida birlamchi bo’lib sanoat korxonasi, aholi punktlari
11
geografiyasida bu maqomda alohida qishloq yoki shaharlarni olish mumkin. Shu
nuqtai nazardan ularni yanada qismlarga bo’lish maqsadga muvofiq emas.
Inson geografiyasi yagona, mukammal tizim ekan, fanning aynan shu
ko’rinishda rivojlanishi uning ichki va tashqi aloqalarini kuchaytirishni talab etadi.
Albatta, tizim nuqtai nazaridan uning ichki aloqalari muhimroq, ustuvorroq, zero
ular fanning yaxlitligi, mustaqilligi, barqarorligini ta’minlaydi. Binobarin, iqtisodiy
geografiya hamda sotsial geografiyaning o’zaro aloqadorligi juda katta ahamiyatga
ega.
Albatta, har qanday fan o’zining asosiy tamoyillariga ega bo’ladi. Zero,
o’zining metodologiyasi va metodi, tadqiqot predmeti va printsiplariga ega
bo’lmagan fan mustaqil fan hisoblanmaydi (A.Soliyev, 2013).
Geografiya fanining eng birinchi tamoyili uning hududiyligidir. Ushbu fanni
hududiy munosabatlarsiz, makon tushunchasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ammo,
shu bilan birga hududga o’ziga xos borliq sifatida turlicha yondashiladi. Masalan
muhandislik hamda rayon planirovkasida ko’proq hududni tashkil etishga e’tibor
beriladi. Bunda yer maydonining o’zi ma’lum maqsadlar uchun tayyorlanadi.
Jumladan, uni barcha infrastruktura shahobchalari bilan jihozlangan holda
sanoatchilar uchun ijaraga berish yoki sotish mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, inson geografiyasida an’anaviy tarzda hududiy
tashkil etish iborasi qo’llanib, u odatda mazmuni va shakllari bo’yicha ishlab
chiqarish kuchlarini joylashtirishga yaqinroq turadi. Shu bilan birga oddiy
joylashtirishdan farq qilib, ishlab chiqarishni, aholi yoki xo’jalik tarmoqlarini
hududiy tashkil etish, ayni paytda, uni muayyan maqsadga yo’naltirishi va eng
muhimi boshqarishini ham o’z ichiga oladiki, bu ushbu tushunchaning ilmiy va
amaliyligidan darak beradi. Bu yerda tizim (sistema) qoidasiga muvofiq ma’lum
bir voqealikni tashkil etish, avvalambor uni boshqarish maqsadida amalga
oshiriladi.
Inson geografiyasining tadqiqot ob’ektiga kiruvchi barcha predmetlar turli
hududiy majmua shaklini tashkil etadi. Chunonchi, qishloq xo’jaligi tarmoqlari,
ekinzorlar yoki chorvachilik yaylovlari, rekreatsiya manzilgohlari, o’rmonzorlar va
boshqalar areal (maydon) ko’rinishga ega. Sanoat markazlari va aholi punktlari
nuqta yoki tugun, transport yo’llari, gidrografik shahobchalar esa tasmasimon
(lentasimon) shaklda ko’zga tashlanadi va xuddi shu tarzda haritada tasvirlanadi.
Inson geografiyasi aynan shu mayda chiziq va nuqtalarning joylashuvi, ularning
o’zaro va tashqi muhit bilan hududiy munosabatlarini o’rganadi. Bundan tashqari,
ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning shakli sifatida hududiy ishlab chiqarish
majmualarini (komplekslari, sanoat tugunlari va rayonlarini) tadqiq qiladi. Aholini
hududiy tashkil etish shakllariga esa turli tip yoki yiriklikdagi qishloq va katta-
kichik shaharlar, shahar aglomeratsiyalari va megolapolislarni ko’rsatish mumkin.
Transportda – transport tugunlari, aholiga xizmat ko’rsatish geografiyasidagi
hududiy ilmiy-tadqiqot birliklari ham ushbu sohalarni hududiy tashkil etish
shakllariga kiradi.
Geografiya fanining ikkinchi bir muhim tamoyili komplekslikdir. Biroq, bu
yerda kompleks ishlab chiqarishni ijtimoiy yoki hududiy tashkil etish shakli emas,
balki masalaga, fan ob’ekti va predmetiga yondashuv ma’nosini anglatadi. Ayni
12
paytda komplekslik geografiya fani uchun alohida usul (metod) emas aksincha, u
asosiy tamoyillardan biri bo’lib ushbu fanning o’ziga xos va tub mohiyatini
ifodalaydi.
Komplekslik tamoyili o’rganilayotgan ob’ektga atroflicha yondashuv, uni
aloqadorlikda ko’rishni taqozo etadi. Shu ma’noda undan tizimli va oqilona
foydalanish lozim. Binobarin ushbu tamoyil mohiyatini misli daraxt shaklida
tasavvur qilmoq zarur: daraxt tanasi o’rganilayotgan asosiy muammo bo’lsa, uning
shox va shoxchalari shu muammo bilan bevosita aloqador masalalar majmuasidir.
Bunda daraxt tanasi o’ta yo’g’onlashib, shox-shabbasiz va aksincha, shoxlar
kattalashib, uning tanasi ko’rinmay qolmasiligi kerak. Birinchi holda
kompleksning o’zi bo’lmaydi, ikkinchidan esa haddan tashqari masalalardan
chetga chiqib ketmaslik kerak. Masalan, bog’dorchilikni tadqiq qilishda temir yo’l
transporti yoki aholining tug’ilishini o’rganish aslo talab qilinmaydi. Demak
komplekslik hamma vaqt ma’lum maqsad va vazifa doirasida barcha hodisa va
voqealikni faqat o’rganilayotgan masala atrofida va u bilan bevosita aloqador
bo’lganlarni tahlil etishni ko’zda tutadi.
Shuningdek, geografiyada tarixiylik tamoyili ham mavjud. Bu tamoyil
makon va zamon birligida kelib chiqadi. Zero, har qanday hodisa ma’lum bir
vaqtda va muayyan bir joyda sodir bo’ladi. Faqat o’tmishni tahlil etish orqali
hozirni baholash mumkin, bu esa, o’z navbatida kelajakni, istiqbolni ilmiy bashorat
etishga yo’l ochadi.
Tarixiylik tamoyilining muhimligini N.N.Baranskiy ham ta’kidlagan. Bu olim
“mamlakat va rayonlar iqtisodiy geografik ta’rifini shunday beringki, u oyog’i
bilan yerga – geologiya, geomorfologiya va tuproqshu noslikka, tanasi bilan tarix
orqali o’tishi, boshi bilan esa siyosat va mafkuraga tayanishi, tarqalishi kerak, deb
uqtirgan edi. Ko’rinib turibdiki, tarixiylik iqtisodiy geografik ta’rif va tavsifni
asosiy qismini tashkil etadi. Nemis olimi A.Gettner esa tarixiylik tamoyilini inkor
etgan. U xronologiyani rad etib, xorologiyani tan olgan. Bu jihatdan u faylasuf
I.Kant g’oyalariga asoslangan. Albatta, bunday bir tomonlamalik to’g’ri emas,
hatto an’ana bo’lib qolgan “Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va joylanishi”
iborasi ham bu ikkilikning chambarchas bog’liqligini bildiradi. Bu yerda agar
rivojlanish tarix bo’lsa, joylanish geografiya demakdir. Har qanday rivojlanish
ma’lum bir hudud doirasida amalga oshadi. Joylashuv esa, rivojlanishning
hududdagi aksidan boshqa narsa emas.
Geografiya fanining tamoyillaridan yana biri ekologik yondashuvdir.
ekologik tamoyil ayniqsa, ishlab chiqarishni ijtimoiy va hududiy tashkil etish
shakllari, xususan, mujassamlashuv bilan uyg’unlashib ketadi. Masalan, qancha
ishlab-chiqarishni mujassamlashuvi yuqori bo’lsa (korxona yoki yirik korxonalar
bir joyda ko’p bo’lsa) ekologik vaziyat odatda buning aksi bo’ladi. Demak, bu
yerda “rivojlangan” degan tushuncha ko’p hollarda ekologik nosog’lom ma’nosi
bilan yonma-yon turadi. Masalan, Ukrainaning Mariupol (Jdanov) shahrida yoki
Rossiyaning Novokuznetsk shahrida 3 tadan metallurgiya korxonalari mavjud. Bu
jihatdan aytish mumkinki, ushbu shaharlar rivojlangan yirik sanoat markazlari
hisoblanadi. Xuddi shunday Respublikamizning Chirchiq shahrini olaylik. 30-
yillardan boshlab, bu yerda turli yirik sanoat korxonalari birin-ketin qurila
13
boshlandi, ayniqsa ximiya zavodlari unda ko’proq joy oladi. Shuningdek,
Chirchiqda, sobiq Ittifoqda eng yirik “Kaprolaktam” korxonasi ham qurildi,
shunday qilib bu shahar respublikaning yirik industrial markaziga, rivojlangan
rayoniga aylantirildi. Ammo, shu bilan birga bu yerda yashaydigan 160 minglik
aholi uchun ekologik muhit ham buzildi.
Demak, ekologik tamoyil ham o’ta muhimdir. Biroq, u aslo ishlab chiqarish
kuchlarini rivojlantirishga qarshi turmaydi. Aksincha, bu yerda joylashtirish
masalalarini ko’proq barcha omil va sharoitlarni atroflicha inobatga olgan holda,
geografik ekspertiza asosida amalga oshirilishi lozim. Shu bilan birga ekologik
masalalar faqat sanoat geografiyasidagina emas, balki ular qishloq xo’jalik, aholi
va shaharlar, transport, rekreatsiya, tibbiyot geografiyasi kabi yo’nalishlarni
o’rganishda ham asosiy o’rinda turishi kerak.
Mazkur fanning yana bir tamoyili – demotsentrizm yoki antropotsentrizmdir.
Chunki, barcha hududiy iqtisodiy munosabatlar asosida eng avvalo inson – moddiy
va ma’naviy boyliklarini yaratuvchi va ayni paytda ularning iste’molchisi joy
oladi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda, ilmiy-texnika taraqqiyoti va
boshqalarda inson omili uning talab va taklifi, dunyoqarashi muhim o’rin tutadi.
Shu nuqtai nazardan demotsentrizm tamoyili ishlab chiqarishni hududiy tashkil
etishda e’tiborga olinishi bilan bir qatorda uni o’rganishi taqozo etadi. Shunday
qilib, hududiylik, komplekslik, tarixiylik, ekologiya va demotsentrik tamoyillari
inson geografiyaning mustaqilligini yanada mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |