Fiziologiyasi va gigiyenasi


  Tabiiy  eksperim ent  usuli



Download 12,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/390
Sana31.12.2021
Hajmi12,82 Mb.
#245684
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   390
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.) (4)

3.  Tabiiy  eksperim ent  usuli  -   gigiyena  fanidagi  asosiy  usul 
bo'lib.  u  organizmga  tashqi  muhitning  har  tom onlam a  ta'sirini 
o'rganadi.  Bu  usulda  bola  uchun  tabiiy  yashash  sharoitida  (dars 
soatlari, jism oniy  mashqlar,  sport  va  oddiy  o'yinlar  va  boshqalar) 
organizm  bilan  atrof-muhit  o'ltasidagi  o ’zaro  bog'liqlik.  tabiiy 
omillarning  bola  organizmiga  ta'siri  o'rganiladi.
4.  Statistika usuli -  tashqi  muhit omillarining bola va o'sm irlar- 
ning salomatlikka ijobiy va salbiy ta'sirini  aniqlaydi.  Bolalar muas- 
sasalarining  maxsus  standart jihozlar  bilan  ta'm inlash,  bolalar  ki- 
vim-kechaklari,  poyabzal  o'lcham ini  aniqlashda va  boshqa  kerakli 
buyumlar  bilan  ta'm inlashda  foydalaniladi.  Bu  usullar  yordamida 
profilaktik  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish  uchun  zarur  m a'lum ot- 
lar  olinadi.  Keyingi  yil larda  esa  fizika.  radiotexnika.  elektronika, 
kibernetikaning  zamonaviy  usullaridan  keng  foydalanilmoqda. 
M asalan,  tashxis  qo'yishda  kompyuter-tomografiyadan  keng  foy­
dalanilmoqda.  Yoshga  oid  fiziologiya  va  o'quvchilar  gigiyenasi 
fanidan  bajariladigan  tadaiqot  ishlari  ham  umumiy  fiziologiyadagi 
singari  ikki  xilda:  o 'tk ir  va  surunkali  tajribalarda  bajariladi.
O 'tkir  tajribalarda.  odatda.  havvon  xushsizlantiriladi  yoki  qi- 
mirlay olmaydigan  holatga keltirilib.  hech  qanday  havvon  hayotini 
saqlab  qolish qoidalariga rioya qilinmagan  holda operatsiya qilina- 
di  (tiriklayin  yorib  ko'riladi)  va  tajriba  oxirida  esa  havvon  so'yila- 
di.  0 ‘tkir tajribalarda hayvonning  o'rganilayotgan  a'zosi,  unga  ke- 
layotgan  nerv  tolalari  va qon  tomirlari  ochiladi.
Bir  qator  o4kir  tajribalarda.  a'zolar  maxsus  usullar  yordamida 
to'qim alar hayot  faoliyati.  normal  moddalar almashinuvini  saqlash
www.ziyouz.com kutubxonasi


yo'li  bilan  ajratib  olinadi.  Masalan,  ulardan  o'tuvchi  qon tomirlari 
orqali kislorod bilan boyitilgan qon, yoki uning o ‘rnini almashtiruv- 
chi  eritmalar o'tkaziladi  (perfuziya usuli). bundan tashqari, alohida 
a'zolarda esa (nerv,  muskul va  boshq.)  ularning hujayralarini o'sh a 
eritmalarga joylashtirish yo'li  bilan  o'rganiladi.
0 ‘tkir  tajribalarning  kamchiligi  shundan  iboratki,  ular  hayvon- 
ning  to'qim alari.  qon  tomirlari  va  nerv  tolalarini  qoplab  turuvchi 
po'stloqlar  jarohatlanganidan  keyinoq  notabiiy  sharoitlarda  ba- 
jariladi.
Surunkali  tajribalarda  esa  hayvonlar  avvaldan  sterillangan  sha- 
roitda  operatsiva  qilinadi  va hayvon  to 'lig 'ich a  sog‘ayganidan ke­
yin ularda uzoq yillar davomida m o'tadil hayot sharoitida tajribalar 
o'tkazish  mumkin.  Lekin  surunkali  tajribalar  davomida  operatsiva 
asoratlari,  masalan,  qo'shni  a'zolarni  (katta  qorinni)  siljishi  ku- 
zatilishi  mumkin,  bu  esa  o'rganiladigan  a ’zo  funksiyasini  qisman 
bo'lsada  buzadi.  Hozirda.  odam lar  va  hayvonlar  organizmidagi 
muhim  funksiyalarni  yer yuzida  va  hatto  kosmosda  ham  uzoq  ma- 
sofadan turib.  radio  uzatgich va o'xshash tizim lar yordamida orga­
nizmning  hayot  faoliyatiga  hech  qanaqa  zarar  yetkazmasdan  tele- 
vizion  kuzatishlar  olib  borish  va  qayd  qilish  mumkin.
Odamlar va hayvonlarning  bosh  miya,  yurak,  qon tomirlari,  na­
fas  a'zolari.  skelet  muskullari  va  boshqa  a ’zolari  funksiyasining 
sog'lom   hayot  sharoitiga  salbiy ta ’sir ko'rsatm asdan tashqi yuzaga 
mahkam langan  yoki  ichki  a'zolarga  kiritilgan  (radiopiluli)  radio- 
uzatgichlar  yordamida  tadqiqot  ishlarini  olib  borish  mumkin.
Elektron  asboblar  va  kompvuterlardan  foydalanish esa elcsperi- 
mentni  bajarishni jiddiy  darajada уengi 11 ashtirish  bilan  birga uning 
davomiyligini  qisqartiradi.
Hozirgi zam onfiziologiyasida funksiyalarni o'rganishda a ’zolar- 
ni  modellash  ham  keng  qo'llanilm oqda.  M odellar  fizik  apparatlar 
holida bo'lib, matematik gipoteza yoki nazariyalar asosida yasaladi 
va.  tadqiqotchining  fikricha.  fiziologik jarayonni  im itatsiya  qiladi 
yoki  funksiya tabiiy  sharoitda  bajariladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fizik modellardan fovdalanish yoki modellar fiziologik gipoteza 
va  nazariyalarning  to 'g 'rilig in i  organizmdan  tashqarida  tekshirib 
ko'rish  imkonini  beradi  va  o'rganiladigan jarayon  va  funksiyalar- 
ni  bajarilishi  bo'yicha  tabiat  qonunlariga  qanchalik  to 'g 'ri  kelishi 
haqida yangi yechimlarni topishda, y a ’ni yangi fiziologik qonunlar- 
nl  ochish  uchun  katta  aham iyatga  ega.  Masalan,  asab  tizimi,  asab 
hujayralari,  sezgi  a ’zolari  skelet  muskullari  faoliyatining  sun’iy 
elektron  modellari  yaratildi.
M odellashtirish  muhim  amaliv  ahamiyatga  ega,  qaysiki,  kiber- 
netik  m ashinkalardan  aqliy  va jism oniy  mehnat  qurollari  sifatida 
foydalanilmoqda,  tibbiyotda  esa  ayrim  a ’zolarni  vaqtinchalik  al- 
mashtiradi.  Masalan,  hisoblash  mashinkalari,  matnlarni  bir  tildan 
ikkinchi  tilga  o'girish,  harakat  reaksiyalarining  yuzaga  kelish  va 
davom iylik  tezliklarini  aniqlash.  qonning  kislorod  bilan  to'yini- 
shi,  eritrotsitlar  miqdorini  aniqlash,  yurak-o'pka  apparati,  sun’iy 
buyraklar  faoliyatini  bajarmoqda.
Ammo,  shuni  qayd  qilish  kerakki,  a'zolarning  kibernetik  elek­
tron  modellari ularning  funksiy asini jiddiy ravishda osonlashtiradi. 
Ularning asosiy  farqi  shundan  iboratkim.  qaysiki  m odellarda elek­
tron jarayonlar  harakatlansa,  organizmda  esa  murakkab  fiziologik 
va  biokimyoviv  jarayonlar  bajariladi.  Fiziologiyada,  odam  orga­
nizmi funksiyalarini o'rganish uchun uzoq vaqtlardan buyon, aynan 
shu  funksiyasi  dastlab  hayvonlarda  o'rganiladi,  qaysiki  havvonlar 
organizmi  odam  organizmining  ancha  qulav  modeli  hisoblanadi. 
Izolatsiya  qilingan  a ’zolar,  to'qim alar  va  hujayralar  faoliyatlarini 
o'rganish  bo'yicha  tajribalarni  ham  modellashtirish  deb  hisoblash 
mumkin.  Hayvonlar  organizmining  funksional  qonuniy^atlarini 
o'rganish  natijalari  faqatgina  odamlar  organizmi  funksiyalarining 
fiziologik  mexanizmlarini  ochish  uchun  foydalanilmasdan  balki 
hozirgi  zamon  texnikasida  (bionika)  foydalaniladigan  yangi  kiber­
netik  m ashinalar  yw atish  uchun  ham  foydalanilmoqda.
Hozirgi  zamon  elektronika,  kibernetika.  avtomatika  yutuqlari- 
ga  asoslangan  tabiiy  sharoitda  fiziologik  jarayonlarni  chuqur  va 
to 'lig 'ich a  o'rganish.  ilgaridan  tadqiqotchiga  imkoni  bo'lm agan
www.ziyouz.com kutubxonasi


yangi fiziologik  qonuniyatlarni  ochish va hatto  uzoq  vaqt ishlama- 
gan  a ’zoni  almashtirish  imkonini  beradi.

Download 12,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish