Darsni tashkil etish:
1. Salomlashish.
2. Sinf tozaligini tekshirish.
3. Davomatni aniqlash.
4. Uy vazifasini tekshirish.
5. O’tilgan mavzuni umumlashtirish.
Dars bayoni: Bugungi darsimiz bellashuv ko’rinishida o’tadi.
1-qator: “Al-Xorazmiy avlodlari” komandaasi.
2-qator: “Abu Ali Ibn Sino sulolalari” komandasi.
3-qator: “Abu Nasr Farobiy yulduzlari” komandasi.
Bunda har bir komanda buyuk olimlar hayoti va ijodi haqida qisqacha gapirib
o’tadi. Har bir shart uchun alohida ball qo’yib boriladi.
1-shart.
Bu shartda har bir komandaga 3 tadan savol beriladi. Komandaning javoblari
eshitiladi. Har bir to’g’ri javobga 5 baldan qo’yiladi.
1. Men musbat son ham, manfiy son ham emasman. Men qanday sonman? (nol 0)
2. Mahrajidan surati kichik, bu qanday kasr? (to’g’ri kasr)
3. Eng kichik juft son. (ikki)
4. Fanga birinchi o’nli kasrni kiritgan olim. (Jamshid-Koshiy)
5. Eng katta butun manfiy son. (-1)
6. Faqat o’ziga va birga bo’linadigan son. (tub)
7. Burchaklari teng bo’lgan uchburchak. (teng tomonli uchburchak)
8. Tarkibida vergul ishtirok etgan son. (o’nli kasr)
9. Noldan kichik sonlar. (manfiy sonlar)
2-shart.
Test. (5-balli sistemada). Bu shartda har bir to’g’ri javobga 1 baldan baholanadi.
O’quvchilarga test varaqalari tarqatiladi, bunda umumiy ball hisoblanadi.
1. -4,2 va 3,5 orasida nechta butun son bor?
A) 8 ta
B) 6 ta
C) 7 ta.
2. 8 + (- 1,4) hisoblang.
A) – 6,6
B) 6,6
C) – 9,4.
3. – 1,7 va 2,8 orasidagi butun sonlarni yozing.
A) – 1,7; -1; 0; 1; 2,8
B) – 1,1; 2,5
C) -1; 0; 1; 2.
4. 1 + 51 – 1 – 61 ni hisoblang.
A) – 11
B) – 10
C) – 9.
5. 5 dm – 35 sm ni hisoblang.
A) 15 sm
B) – 15 dm
C) 30 sm.
Javoblar: 1. A, 2. B, 3. C, 4. B, 5. A.
58
3-shart.
Bu shartda komanda sardorlari o’zaro kuch sinashadilar. Har bir komanda sardori
convert ochadi, unda 2 tadan savol bo’lib, to’g’ri javob 5 baldan bo’ladi.
1-konvert. a) Noto’g’ri kasr deb nimaga aytiladi?
b)
7
6
4
3
1
2-konvert. a) Butun sonlar deb qanday sonlarga aytiladi?
b) – 3,142 + 1,945 =
3-konvert. a) Manfiy son bilan musbat sonning farqi nima?
b) – 4,4 + (- 8,82)=
4, 5, 6 – shartlar devoriy gazeta, emblema, bukletlar 5 baldan baholanadi.
Sinfda 1064, 1065, 1066 – mashqlar yechiladi.
1064-mashq.
a) 2,3 – 4,6 = - 2,3
b) 9 + (-9) = 0.
1065-mashq.
a) 100 + (-200) = -100.
b) – 17 + (+ 34) = 17.
1066-mashq.
- 9,8 = - 4,9 + (-4,9),
15 = 8 + 7.
- 23 = - 13 + (-10),
-17 = - 0,2 + (-1,5).
Do'stlaringiz bilan baham: |