Yurak dilyatatsiyasi – jismoniy yuklamalar ta’sirida yurakning
strukturasida va funktsional holatida o’zgarishlar kuzatiladi, yurakning qorincha
va bo’limmachalari kengayadi.
Puls soni – yurakning qisqarish soni.
Sistolik hajm – bu sistola vaqtida yurakdan tomirga chiqarayotgan qon
miqdori.
Qonning daqiqalik hajmi (QMH) – bir daqiqada yurakdan o’tadigan
qon miqdori
Puls bosimi – maksimal va minimal qon bosimlari o’rtasidagi farq.
Nafasning daqiqalik hajmi – bir daqiqada o’pkadan o’tadigan havo
hajmi.
Nafas chuqurligi – nafas olgandagi havo hajmi.
Nafaslar soni – bir daqiqada olingan nafas soni.
O’pkaning tiriklik sig’imi – chuqur nafas olganda o’pkaga kiradigan
havo hajmi.
O’pka ventilyatsiyasi – bir daqiqa davomida chuqur nafas olib
chiqarganda o’pkadan o’tadigan havo hajmi (o’pkaning imkoniyati).