Maxsus tibbiy guruhi – salomatligida va jismoniy rivojlanishida katta,
turg’un o’zgarishlar bo’lgan shaxslar yuboriladi. Jismoniy mashqlarning
bajarilishi bu guruh qatnashchilari bilan maxsus dastur asosida, organizmga
ta’sirini yoki organizmdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Bu
mashg’u-lotlar shifokor nazorati ostida o’tkaziladi.
Hayot anamnezi va sport anamnezi – bu sportchilar ijtimoiy shart-
sharoitlarini, yashash sharoitlarini, ovqatlanish tartibini, zararli odatlari, hayot
tarzini o’rganash uchun so’rab surishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |