Har bir kurs ishi zarvaraq, kirish, adabiyotlar sharhi, amaliy qismi, xulosa,
adabiyotlar ro„yxatidan tashkil topgan bo„lishi kerak. Mavzuga oid reja talaba
tomonidan tuziladi va o„qituvchi tomonidan tekshiriladi. Uslubiy ko„rsatmada
kurs ishini yozish jarayonida kerak bo„ladigan MTX va adabiyotlar ro„yxati
Kurs ishini talaba o„zi mustaqil holda aniq, reja bo„yicha va hatosiz bajarishi
chap tomondan 3 sm, yuqori va past tomondan 2 sm, o„ng tomondan 1,5 sm joy
Bosh varaqada quyidagi ma‟lumotlar beriladi: vazirlik va oliy o„quv yurti
nomi, kurs ishiga aloqador kafedraning, mavzuning nomi, muallifning va
rahbarning ismi, familiyasi to„liq aks ettirilgan bo„lishi kerak. Zarvaraq yozilishi
ilova qilinadi.
5
Kurs ishining boshida kirish so„zi yoziladi. Bunda talaba mavzuning maqsadi,
vazifasi, ahamiyati va muhimligini yoritadi.
Adabiyotlar sharhini yozayotganda talabalar mavjud materiallarni chuqur
o„rganib chiqib, umumlashtiruvchi referat tariqasida ta‟riflab berishi lozim.
Kurs ishining amaliy qismi o„quv yili davomida kafedrada o„qituvchi
rahbarligida bajariladi.
Kurs ishining xulosa qismida adabiyotlarni tahlil qilish va amaliy bajarilgan
ish yuzasidan olingan natijalar asosida to„g„ri xulosa chiqarish ko„zda tutilgan.
Kurs ishining ohirida talaba mavzuga doir foydalanilgan adabiyotlar
ro„yxatini keltiradi. Ro„yxatda foydalanilgan adabiyot muallifi, adabiyotning nomi,
nashriyotning nomi, nashr etilgan yiliб betlar soni. Oynomada bosilgan bo„lsa
maqola muallifining nomi, maqola nomi, oynoma nomi, chiqqan yili, nashri va
maqolaning bosilgan beti. Adabiyot qaysi tilda yozilgan bo„lsa shu tilda aniq va
to„g„ri ko„rsatilishi kerak.
Ishni bajarish davomida rahbar talaba bilan muntazam ravishda muloqot olib
boradi. Talaba kurs ishini rasmiylashtirib bo„lganidan so„ng himoya uchun taqdim
etadi.
Kurs ishini himoya qilish
Kurs ishi himoyasi o„quv yilining oxirgi laboratoriya mashg„ulotida
o„tkaziladi. Kurs ishi himoyasi kafedra qarori bilan tuzilgan hay‟at a‟zolari
ishtirokida
o„tkaziladi, himoyada kafedra professor-o„qituvchilari, guruh
ьгкфиишнш va talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Himoya interfaol usulda, aqliy hujum ko„rinishida o„tkaziladi. Talaba bajargan
kurs ishining mazmunini qisqacha taqdimoti shaklida taqdim etiladi. Kurs ishi
qog„oz va elektron shaklda topshirilishi shart.
Kurs ishi 100 balli tizimda baholanadi.
Kurs ishini bajarmagan yoki himoya qila olmagan talaba akademik qarzdor
hisoblanadi. Himoyada 55 balldan past baho olgan talabaga qayta himoya qilish
uchun vaqt beriladi.