ШАХАРСОЗЛИК НОРМАЛАРИ ВА ҚОИДАЛАРИ
ТУРАР – ЖОЙ БИНОЛАРИ
ШНК 2.08.01-05
ЖИЛЫЕ ЗДАНИЯ
Расмий нашр
(ўзбекча-русча)
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ДАВЛАТ АРХИТЕКТУРА
ВА ҚУРИЛИШ ҚЎМИТАСИ
Тошкент – 2006
UDK/69+728.1.01/(0.83.74)
SHNK 2.08.01-05 «Turar-joy binolari» O’zR Davarxitektqurilish qo’mitasi
Toshkent, 2005, 61.
ISHLAB CHIQQAN ILMGOHLAR:
O’zLITTI:
arx.T.P. Zimakova – mavzu rahbari, arx.D.U.Mardiyeva, arx.N.A. Maxkamov,
t.f.n. E.A. Nasonov, mux. A.V. Bubnov.
Ishtirokchilar:
O’zR SSV SGKKITI (tb.f.n. M.R. Qo’chqarova),
O’zR IIVYOXBB (A.X. Yakubov, N.R.Sultanayev, A.I.Yuldashev),
O’zqishloqloyiha arx. (M.U.Umarov).
O’zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo’mitasining «O’zLITTI» YOJ
tomonidan KIRITILDI
MUXARRIRLAR: T.A.Maqsumov (Davarxitektqurilish), S.A. Xodjayev, L.A.
Muxamedshin, T.P.Zimakova (O’zLITTI» YOJ).
Tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo’mitasining loyiha
tadqiqot tashkilotlarini boshqaruvi va monitoringi Boshqarmasi tomonidan
TAYYORLANADI.
SHNK 2.08.01-05 «Turar-joy binolari» amalga kiritilishi bilan, QMQ 2.08.01-94
«Turar-joy binolari» o’z kuchini yo’qotadi.
KELISHILGAN: O’zR SSV, O’zRIIVYOXBB, O’zRFVV.
TARJIMON: IBRAGIMOV A.X.
Ushbu xujjat O’zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishning ruxsatisiz
to’liq yoki qisman takroriy ishlab chiqilishi, ko’paytirilishi va tarqatilishi mumkin
emas.
1. NORMATIV XUJJATLARGA ILOVA
SHNK 2.07.01-03 «Shaxarsozlik. Shaxar va qishloq manzilgoxlarni rejalashtirish va
qurish».
SHNK 2.01.02.-04 «Bino va inshootlarning yong’in xavfsizligi».
KMK 2.08.02.-96 «Jamoat binolari va ishootlari».
KMK 2.07.02-96 «Insonlarning hayoti va faoliyati muhitini nogironlar ehtiyojini va
axolining kamxarajatlanuvchi guruxlarini hisobga olgan xolda
loyihalash»
KMK2.01.01-94 «Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik ma’lumotlar».
KMK 2.01.03-96 «Zilzilaviy xududlarda qurilish».
KMK 2.01.05-98 «Tabiy va sun’iy yoritish».
KMK 2.01.04-97
*
«Qurilish issiqlik texnikasi».
KMK 2.01.08-96 «Shovqindan himoyalanish».
KMK 2.01.07-96 «Yuklar va ta’sirlar».
KMK 2.01.18-2000 «Binolar va inshootlarni isitish shamollatish uchun energiya sarfi
me’yorlari».
VSN01-89 «Avtomobillarga xizmat ko’rsatish korxonalari».
KMK 2.04.01-98
*
«Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi».
KMK 2.04.05-97
*
«Isitish, Ventilyatsiya va konditsiyalash».
KMK 2.04.17-98 «Turar-joy va jamoat binolarining elektr jixozlari».
KMK 2.04.20-98 «Turar-joy va jamoat binolari muhandislik uskunalarining aloqa,
signalizatsiya va dispetcherlashtirish qurilmalari».
SNIP 2.04.09-84 «Bino va inshootlarni yong’indan saqlash avtomatikasi».
KMK.2.03.10-95 «Tomlar va tomqoplamalar».
KMK 3.05.01-97 «Ichki sanitariya-texnik tizimlar».
KMK 3.03.01-98 «Yuk ko’taruvchi va to’suvchi konstuksiyalar».
GOST 25772-83
*
«Zina, balkon va tomlarni po’lat to’siqlari. Umumiy texnik
talablar».
2. UMUMIY KO’RSATMALAR.
Sanitariya-gigiena talablari, yoritilganlik,
insolyatsiya va shamollatish.
2.1. Turar-joy binolari qurish va rekonstruktsiyalash O’zbekiston Respublkasi
xududida amal qilayotgan qurilish normalari va qoidalari talablari asosida bajarilgan
loyihalar bo’yicha amalga oshirilishi kerak.
Turar-joy binolarini loyihalashda odamlarning sog’lig’i va hayotini saqlash,
atrof-muxitni
saqlash,
uzoq
vaqtga
chidamlilik,
ta’mirlashga
yaroqlik,
energiyatejamliligini ta’minlovchi choralar va boshqa talablar amal qilayotgan
me’yoriy xujjatlarga muvofiq ko’zda tutilishi kerak.
2.2. Turar-joy binolarini shaxar va qishloq xududlarida joylashtirishni
shaxarsozlik loyihasi bo’yicha SHNK 2.07.01ning talablariga muvofiq amalga
oshirilishi kerak.
2.3. Binolarning qavatliligi, uzunligi va kompozitsion-tarxiy yechimlari,
shaxarsozlik loyihasiga muvofiq, ushbu normalar talablariga, yong’in va zilzila
xavfsizligi SHNK 2.01.02 va KMQ 2.01.03) talablariga binoan aniqlanadi.
Ommaviy
uy-joy
qurilish
uchun
4-qavatdan
baland
bo’lmagan;
Oqovalashtirilmagan (kanalizatsiyalashtirilmagan) shaxar va qishloqlarda 1-2 qavatli
binolar qo’llanilishi lozim.
9-12 qavatli binolar yirik shaxarsozlarning markazida qurish uchun qo’llash
mumkin;
16
qavatli
binolar
maxsus
(alohida)
asoslar
bo’yicha va
Davarxitektqurilishning ruxsati bo’yicha qo’llaniladi.
Qariyalar va nogironlarni joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan kvartirali
turar-joy binolar, hamda internat-uylar 3 qavatdan baland bo’lmasligi kerak.
2.4. Ko’pxonadonli va ixtisoslashtirilgan turar-joy binolari loyihalariga
foydalanish bo’yicha yo’riqnoma ilova qilinishi, shu jumladan yashaladigan qismiga
va yashalmaydigan jamoat xonalariga.
Yo’riqnomada foydalanuvchi va ta’mirlovchi tashkilotlarga, kvartira egalari,
bino ichidagi va taqab solingan xizmat ko’rsatish xonalari ijarachilariga xavfsiz
foydalanish uchun zarur bo’lgan barcha malumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
2.5. Turar-joy binosini qayta-tiklash loyihasida binodan foydalanish
jarayonida kelib chiqqan konstruktiv sxemadagi o’zgarishlar, shu jumladan yangi
(qo’shimcha)
paydo
bo’lgan proyomlarni hisobga olgan xolda, bino
konstruktsiyalariga tushadigan yuklarni o’zgarishlari hisobga olinishi kerak.
Qayta-tiklash loyihasi o’rnatilgan tartibda manfaatdor tashkilotlar, shu jumladan uy-
joy egalari bilan kelishilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |