Январь 2021 7-қисм
Тошкент
INGLIZ TILI VA OʻZBeK TILIDAGI XALQ MAQOLLARINING OʻZARO
MUTANOSIBLIGI
Muhammadiyeva Gulrux Marsova
samarqand viloyati oqdaryo tumani
5-umumiy oʻrta ta’lim maktabi
ingliz tili fani oʻqituvchisi
+998939981683
Annotatsiya: maqolada xalq ogʻzaki ijodi janrilaridan eng sermahsuli maqol janrining ingliz
tili va oʻzbek tilidagi mutanosibligi oʻrganilgan hamda bir qancha maqollar tadqiq etilgan.
Kalit soʻzlari: xalq ogʻzaki ijodi janri, maqol, matal, ta’lim-tarbiya, qiyosiy tahlil.
Xalq ogʻzaki ijodi xalqning buyuk tarixini, urf-odalatlari-yu an’analarini oʻzida saqlab
keladigan bebaho ma’naviy merosdir. uni asrab-avaylash, avlodlardan avlodlarga yetkazish
xalqning oʻz tarixi va buyuk ajdodlariga boʻlgan cheksiz hurmatning, e’zozning ifodasidir.
Maqollar qisqa shakli va chuqur ma’nosi bilan har birimiz nutqimizda qoʻllaydigan bebaho
vositaga aylangan. Maqol janri oʻz xususiyatiga koʻra xalqaro janr sanaladi. Ya’ni u dunyodagi
barcha xalqlar ogʻzaki ijodida uchraydi.
Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati,
etik va estetik tuyg‘ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. hozirgi kunda dunyo xalqlarining
qadriyatlari uzoq tarixi ildizlari bilan bog‘lanadi.avvalambor, bu qadriyatlar xalq og‘zaki ijodida
o‘z aksini topadi. Maqollar xalq donoligini aks ettiruvchi ma’naviy merosimizdir.
Turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlarda shakl va mazmun jihatidan bir-biriga yaqin, bir-biriga
mos tushadigon maqollar uchraydi. ingliz xalq maqollari ham oʻzbek maqollari singari gʻoyat
mukammal va xalq ogʻzaki ijodining eng sara namunalaridan biri hisoblanadi. shu jumladan
ingliz va o‘zbek tilidagi maqollar orasidan mazmun va shakli jihatdan o‘xshashlarini uchratishimiz
mumkin. Masalan: “East or West, home is best.” “O‘z uying o‘lan to‘shaging”. Bu maqolning
ma’nosini chuqur anglagan har qanday inson o‘z yurtini, xalqini sevishga sarhadlarini asrashga,
tinchlikning qadriga yetishga o‘rganadi. Maqollarning talim-tarbiyaviy ahamiyati kuchli. u
kishilarni ogohlantiradi, maslahat beradi, mehnatni ulug‘laydi, illatlarni hajv ostiga olib, fosh
etadi. Maqollar ko‘p jihatdan matallarga o‘xshasa ham, ularning har qaysisi o‘ziga xos xususiyatga
ega. ingliz va o‘zbek maqollari asosan o‘z va ko‘chma ma’nolarni ifodalaydi. o‘zbek tilida
maqollar o‘zining ma’nosida qo‘llanilishi bilan matallarga yaqin turadi. Bu holat ingliz tilida
ham kuzatiladi. Masalan: Avval o‘yla, keyin so‘yla. Biz bu paremani adabiyotshunoslik jihatdan
maqol yoki matalga ajratmaymiz. lekin tilshunoslik jihatidan tahlil qiladigan bo‘lsak, biz buni
matal deb qabul qilamiz.ingliz tilidagi variant quyidagicha bo‘ladi: First think, then speak.
Measure seven times, cut once. (Yetti o‘lchab bir kes.) ushbu maqollarni qiyoslayotganimizda,
ularning ikki tilda ma’no mazmun jihatdan bir-biriga mos tushyapti, ya’ni ikkala tilda ham o‘z
ma’nosida qo‘llanilayotganiga amin bo‘ldik.ayrim hollarda inliz tilidagi maqollar mazmunan
o‘xshash, lekin shaklan nomutanosib shaklda bo‘ladi. asosan bu holat ko‘chma ma’nodagi
maqollarda kuzatiladi. Masalan: There is no smoke without fire. Biz bu maqolni mazmunan
o‘xshash, lekin shaklan nomutonosib bo‘layotganiga amin bo‘lyapmiz. chunki biz bu maqolni
so‘zma so‘z tarjima qilsak, umuman boshqa ma’no chiqadi. Bu maqolning o‘zbek tilidagi variant:
Shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi. kelib chiqish tarixi va ishlatilinish darajasi
bo‘yicha maqollar turli xalqlar nutqida uzoq davrlardan beri yashab kelmoqda. insoniyat paydo
bo‘libdiki, u atrof olam, jamiyat, siyosat, tabiat, iqtisodiyot va tibbiyot haqida fikr yuritadi,
xulosa chiqaradi. ana shu o‘y hayollar, xulosalar qisqa va lo‘nda bo‘lgan jumlalar maqollar
yasalishi uchun zamin hozirlaydi hamda ushbu maqollar bir kishi tomonidan emas, balki bir
jamiyat va ijtimoiy guruh tomonidan qabul qilinadi. Maqolning ma’nosi har doim ham uni
tashkil qilayotgan so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqmasligi mumkin, balki uning obrazliligi
bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Masalan: Asli qora oqarmas, oqarsada bo‘zarmas. Ya’ni
qancha harakat qilmasin, yomon yaxshiga aylanib qolmaydi degan ma’no kelib chiqadi.Bunday
holatni ingliz tilida ham uchratishimiz mumkin: Every dog has its own day. Hali bizga ham
omad kulib boqadi. Maqollardagi aks ettirilgan holatga nisbatan ularni ikki turga ajratadi:
45
Do'stlaringiz bilan baham: |