Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
poyalari unib chiqadigan va yerni titroqqa soluvchi aql bovar qilmas ulkan donalar poyalarni yergacha 
egadigan tuproq haqida o‘ylardi. 
Mudroq gulxan birdan to‘zgandek bo‘ldi. Havo titrab ketdi: uzoqdan arava yelib kelardi. 
Momaqaldiroq. Kutilmagan nam hidi. “Bugun tunda, — o‘yladi u va yomg‘ir yog‘ayotganligini tekshirib 
ko‘rish uchun qo‘lini cho‘zdi. — Bugun tunda”. 
Uning qoshiga nimadir tegib o‘tdi va u uyg‘onib ketdi. Burnidan labiga tomchi dumalab tushardi. 
Ikkinchi tomchi ko‘ziga kelib tushdi va bir lahza ko‘zini tuman qopladi. Uchinchisi yuziga kelib urildi. 
Yomg‘ir. 
Muzdek, yoqimli, mayin yomg‘ir baland osmonda shivalab yog‘ardi — muattar jozibalar, yulduzlar, 
havo bilan to‘liq sehrli suyuqlik; u o‘zi bilan garmdoridek qop-qora changni keltirar, tilda uzoq 
saqlangan eski sharob ta’mi qoldirar edi. 
Yomg‘ir. 
U o‘tirdi. Adyol yelkasidan tushib ketdi va moviy ko‘ylagida qop-qora dog‘lar paydo bo‘la boshladi; 
tomchilar tobora yiriklashib bormoqda edi. Gulxan xuddi ustidan olovni toptab, ko‘rinmas ayvon 
o‘ynayotganga o‘xshab ko‘rinar edi; nihoyat jahldor tutungina qoldi. Yomg‘ir yog‘a boshladi. Ulkan 
qora osmon gumbazi to‘satdan olti moviy bo‘lakka bo‘linib ketdi-da, pastga quladi. U o‘n milliardlab 
yomg‘ir tomchilarini ko‘rdi, tomchilar elektr fotograf chirq etib suratga olgulik vaqt davomida shu 
tushib kelishida qotib turdilar. So‘ng yana zulmat va suv, suv... 
Uning a’zoi badani jiqqa ho‘l bo‘ldi, biroq o‘tirgan ko‘yi yuzini ko‘tarib kular va tomchilar 
qovoqlariga kelib urilar edi. U chapak chaldi-da, irg‘ib oyoqqa turdi va o‘zining mo‘‘jazgina qarorgohini 
bir aylanib chiqdi; tungi soat bir edi. 
Yomg‘ir to‘xtovsiz ikki soat quydi, so‘ng tindi. Yomg‘irda yuvilgan yulduzlar shunday charaqlab nur 
socha boshladiki, hali hech qachon bunaqasi bo‘lmagan edi. 
Benjamen Driskoll plastik sumkasidan quruq kiyimini oldi-da, kiyimlarini almashtirdi, o‘rniga 
cho‘zilib mamnun holda tinch uyquga ketdi. 
Quyosh qirlar o‘rtasidan asta ko‘tarila boshladi. Uning nurlari devorlar osha yerdan ohista suzib 
ketdi va Driskollni uyg‘otib yubordi. 
U o‘rnidan turishdan oldin xiyol taraddudlandi. Bir oy, uzoq davom etgan jazirama bir oy ishladi, 
ishladi va kutdi... Ammo bugun o‘rnidan turib, u birinchi marta kelgan tomoniga burilib qaradi. 
Tong yam-yashil edi. 
Daraxtlar ko‘z ilg‘amas darajada osmonga bo‘y cho‘zib turardi. Bitta emas, ikkita emas, o‘nta emas, 
u qancha urug‘ va ko‘chatlar qadalgan bo‘lsa, o‘shancha — minglab daraxtlar qad rostlab turardi. 
Buning ustiga, allaqanday butoq-mutoqlar emas, yo‘q, nozik daraxtchalar ham emas, balki baquvvat 
tanali, balandligi uydek keladigan shovullagan daraxtlar, barglari ko‘m-ko‘k, barchasining ulkan 
tanalari quyoshning zarrin nurlariga ko‘milib, shamolda qattiq shitirlar, qir yonbag‘irlarida uzun-uzun 
saflanib ko‘rinar edi, bular limon daraxtlari va lipalar, sakvoya va mimozalar, dublar va qayrag‘ochlar, 
teraklar, olchalar, klyonlar, olma daraxtlari, po‘rtahol daraxtlari, evkaliptlar — barcha-barchasi 
chelaklab quygan yomg‘irdan va begona sehrli tuproqdan birdaniga avj olib ketgan edi. Uning ko‘z 
o‘ngida yangi shoxlar tarvaqaylab o‘sib chiqmoqda, yangi kurtaklar nish urmoqda edi. 
— Nahotki! — deb yubordi Benjamen Driskoll. 
Ammo voha va tong yam-yashil edi. 
Havo-chi! 
Hamma tomondan xuddi jonli oqimdek, xuddi tog‘ daryosidek toza havo, kislorod oqib kelmoqda 
va daraxtlar yashil libosga burkanmoqda edi. Qarab turib uning osmonda billur mavjlar ila quyilib 
kelayotganidan dod deb yuborging keladi. Kislorod — yap-yangi, top-toza, yam-yashil, muzdek 
kislorod vohani daryo o‘zaniga aylantirgan edi. Yana bir lahzadan keyin shaharda eshiklar lang 
ochiladi, odamlar mo‘‘jizani qarshi olgani tashqariga yugurib chiqadilar, uni yuta boshlaydilar, 
ko‘kraklarini to‘ldirib ichlariga tortadilar, yonoqlari qip-qizil bo‘ladi, burunlari muzlaydi, o‘pkalari 
yangidan jonlanadi, yuraklari gurs-gurs tepa boshlaydi va charchoq tanalari raqsdan u yoqdan-bu 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish