27
1
-modda. Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-sayt tarzidagi ommaviy
axborot vositasi
Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-sayt tarzidagi ommaviy axborot vositasi Internet
tarmog‘idagi tahririy-noshirlik jihatidan ishlov berilgan, o‘zgartirilmagan tarzda tarqatish uchun
mo‘ljallangan, elektron shakldagi hujjatlar va ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot resursidir.
Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-sayt tarzidagi ommaviy axborot vositasining
mazkur veb-sayti bosh sahifasida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
davriy nashrning nomi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va guvohnoma raqami;
muassisning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
bosh muharrirning familiyasi, ismi, otasining ismi;
indeks, tahririyatning joylashgan yeri (pochta va elektron manzili).
(27
1
-modda
O‘zbekiston
Respublikasining
2018-yil
18-apreldagi
O‘RQ-476-
sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y.,
03/18/476/1087-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |