N. Shodiev, B. Muranov, Sh. Axmedova. Pedagogik jarayonda testlardan foydalanish uslubiyati. O’quv-uslubiy qo‘llanma



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/52
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#243780
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52
Bog'liq
pedagogik jarayonda testlardan foydalanish uslubiyati

PEDAGOGIK-USLUBIY TAYYORGARLIK 

 

2.Pedagogik fanlar 

2.   

  1.Uslubiy fanlar 

1.   


45 

 

O„E I-Umumiy pedagogika; 



O„E IV- Sinf rahbari ishlari uslubiyati;  

O„E 5-Pedagogik mahorat asoslari; 

O„E 6-Tarbiyaviy ishlar uslubiyati; 

O„E 7-Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish; 

O„E 8-Pedagogika tarixi; 

O„E 9-Yoshlar ishlarini tashkil etish uslubiyati; 

O„E 10-O„quvchilar va jamoa shaxsiyatini o„rganish 

uslubiyati; 

O„E 11-O„rta maktab didaktikasi; 

O„E 12- uzluksiz o„quv amaliyoti; 

O„E 13-Tanlangan fanlar; 

O„e 14-Pedagogik amaliyot; 

O„E 15-Mehnat va kasbiy ta‟lim uslubiyati; 

O„E 16-Mehnat tarbiyasi uslubiyati; 

O„E 17-KHKlarda o„quv-tarbiyaviy ishlar uslubiyati; 

O„E 18-Ta‟limning texnik vositalari; 

O„E 19-Mehnat ta‟limi uslubiyati; 

O„E 20-Kasbiy tayyorgarlik uslubiyati; 

O„E 21-O„quvchilarning unumli mehnati; 

O„E 22-O„quvchilarning mehnat tayyorgarligining o„quv-

moduli bazasi; 

O„E 23-O„quvchilarning mehnat va kasbiy tayyorgarligi 

bo„yicha fanlar; 

O„E 24-Ishlab chiqarishda mehnat himoyasi va qonunchiligi 

asoslari; 

O„E 25-Mamlakatdagi (rivojlanish) xususiyatini ifodalashga 

oid fanlar; 

O„E 26-Ilmiy tayyorgarlik asoslari; 

O„E 27-Sayohatlar va ularni o„tkazish metodikalari; 

O„E 28-Mehnat tayyorgarligi yo„nalishi bo„yicha 

amaliyotlar; 

O„E 29-Amaliy mashg„ulotlar. 

Yuqorigidalardan  ko„rinib  turibdiki,  oliy  ta‟lim  bosqichida 

mehnat  ta‟limi  o„qituvchisini  amaliy  pedagogik    faoliyatga 




46 

 

tayyorlashda    30  ga  O„Edan  foydalaniladi.  Uzluksiz  mehnat 



ta‟limi  bo„yicha  bilim,  ko„nikma  va  malakalarni  o„quvchilar 

tomonidan o„zlashtirish darajasini aniqlash o„ziga xos xususiyatga 

ega  ekanligini  alohida  ta‟kidlash  zarur.  Umumiy  o„rta  va  kabiy 

ta‟lim  dasturlarida    ko„rsatilgan  asosiy  mehnat  turlari  va 

professional  tayyorgarlik  bo„yicha  quyidagi  asosiy  tushuncha  va 

tasavvurlar nazorat qilinadi va baholanadi: 

  Ishlov  berilayotgan  materiallarning  tuzilishi  (yog„och, 



plastmassalar,  metallar,  gazlamalar,  tuproq  va  o„g„itlar  va 

h.k.)  parvarish  qilinayotgan  o„simliklar  va  hayvonlar 

mahsulotlari sifati; 

  Tayyorlanayotgan 



buyumlar, 

parvarish 

qilinayotgan 

o„simliklar  va  hayvonlar  mahsulotlari  sifatiga  qo„yiladigan 

talablar; 

 



O„rganilayotgan ishlov berish sohasiga qo„yiladigan xususiy 

talablar; 

  Turli  xil  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  (mexanik, 



energetik, ximiyaviy, biologik) amalga oshirilishining asosiy 

yo„llari va vositalari; 

  Mashina,  stanoklar,  asboblar  va  apparatlar,  o„lchov  hamda  



mehnat qurollari va jixozlarining ahamiyati, tuzilishi, ishlash 

tamoyillari; 

Qishloq  xo„jaligi  va  sanoat  ishlab  chiqarishining  turli 

sohalarida  samarali  ishlash  uchun  turli  kasblarga  maxsus, 

ko„nikmalar  va  malakalar,  politexnik  (texnik-texnologik)  va 

xususiy bilim, ko„nikma va malakalar zarur bo„ladi.  

Ma‟lumki, nazariy bilim, amaliy ko„nikma va malakalarning 

hajmi  mehnat  va  kasbiy  mahorat  ta‟limi  dasturlarida  ko„rsatilgan 

bo„ladi.  Quyida  o„quvchilarda  shakllantirilishi  lozim  bo„lgan 

bilim, ko„nikma va malakalar keltirilgan: 

  Ishlab  chiqarish,  laboratoriya  sharoitlarida  tajriba  va 



kuzatishlar o„tkazish: 

 



Ma‟lum  ishlab  chiqarish  sohasida  qo„llanilayotgan 

instrument, 

mexanizm 

va 


mashinalar, 

stanoklarni 

boshqarishni  o„rganish,  ularni  ishga  tayyorlash  va  ular 



47 

 

yordamida  ma‟lum  darajadagi  ishlarni  bajarish,  to„g„ri 



ishchan holatda turib, asbob va qurilma, mashinalarni to„g„ri 

boshqarish,  zarur  mehnat  harakatlarni  tejimli  bajarish, 

bekorchi  harakatlarni  imkoniyati  boricha  kamaytirish  yo„li 

bilan harakatlarni bir me‟yorda bajarishga erishish; 

  Qishloq  xo„jalik  ekinlari  va  hayvonlarni  parvarish  qilish, 



turli  xil  mehnat  operatsiya  va  harakatlarni  samarali  mehnat 

usullaridan  foydalanish  orqali  bajarish,  turli  xil  ochish-

sochish  va  yig„ish  bilan  bog„li  ishlarda  texnologik 

jarayonlarni to„g„ri amalga oshirish, izchillikni saqlash; 

  Mehnat  himoyasi,  muhofazasi,  qonunchiligini,  sanitariya-



gigiena  qoidalari,  texnika,  elektr,  yong„in,  suv  xavfsizligi 

qoidalariga og„ishmay amal qilish; 

  Texnikaviy,  texnologik,  konstruktorlik  (tuzish,  qurish, 



loyihalash)  hujjatlardan  unumli  foydalanish,  zaruriy  hisob-

kitoblar,  o„lchashlarni  belgilangan  qoidalarga  muvofiq 

o„tkazish; 

  Mehnat  madaniyati  talablarini  bajarish,  ya‟ni  ishni 



rejalashtirish  malakasi,  shu  o„rinda  tartib  va  tozalikni 

saqlash,  asbob-uskunalarni,  jihozlarni  eng  samarali  usulda 

joylashtirish,  mehnat  qurollari  bilan  tejamli  munosabatda 

bo„lish,  mavjud  xom-ashyoni  tejamkorlikda  sarflash,  ishlab 

chiqarish estetikasi va texnologik intizomni saqlash; 

  Texnologik  jarayonlarni  bajarilishini  nazorat  qilish,  yo„l 



qo„yilgan  kamchiliklarni  o„z  vaqtida  tuzatib  borish  va 

tayyorlanayotgan  mahsulotlarni  yuqori  sifatli  bo„lishiga 

erishish,  chorva  hamda  ishloq  xo„jalik  mahsulotlarining 

yuqori samaradorligini ta‟minlash va h.k. 

  Mehnat  ta‟limi  fani  bo„yicha  bilim,  ko„nikma  va 



malakalarning  asosiy  o„lchov  mezonlariga  quyidagilar 

kiradi: 


  Nazariy bilim dasturining sifati va o„zlashtirish darajasining 

to„g„riligi, to„liqligi, tizimliligi, boshqa fanlar-fizika, ximiya, 

biologiya,  gografiya  va  h.k.  predmetlar  qonuniyatlari  bilan 

o„zlashtirilgan bilimlarning asoslanganligi; 



48 

 



  Ishlab 

chiqarish 

va 

laboratoriya 



mashg„ulotlarining 

bajarilishini  to„g„riligi  (texnologik  va  texnikaviy  talablarga 

muvofiqligi):  turli  xil  mehnat  qurollari  va  vositalaridan 

foydalanish malakasi: ish o„rni to„g„ri tashkil etilishi, mehnat 

himoyasi,  muhofazasi  va  qonunchiligi,  texnika,  elektr, 

yong„in  va  suv  xavfsizligi  qoidalarining  to„g„ri  bajarilishi: 

mehnat  madaniyati  va  nafislik  darajasi:  dam  olish 

madaniyati:  bajarilgan  ishlarni  ilmiy  asosda  amalga 

oshirishni  tushuntirish  malakasi:  ishda  mustaqillik  va 

ijodkorlik  darajasi.  Bilim,  ko„nikma  va  malakalarni  nazorat 

qilish,  tekshirish,  baholash  va  hisobga  olishning  tizimliligi, 

ularni  har  soatda  (joriy  tekshirish),  har  bir  mavzuni 

o„rgangandan  so„ng  (yakuniy  tekshirish),  ta‟lim  bosqichini 

tugatgach (xulosaviy tekshirish) tekshirish talab etildi. Joriy, 

yakuniy  va    xulosaviy  tekshirishlar  og„zaki,  yozma,  amaliy, 

laboratoriya  va  mashinaviy  uslublarda  amalga  oshiriladi. 

Mehnat  va  kasbiy  tayyorgarlik  jarayonida  o„quvchilar 

asosan,  o„z-o„zini  nazorat  qilish    uslublaridan  keng 

foydalanadilar,  bunda  ular  o„z  yo„llarini  va  usullarini 

izlaydilar,  xato  va  kamchiliklarni  mustaqil  topadilar, 

tuzatadilar. 

Bilim,  ko„nikma  va  malakalarni  nazorat  qilishni  amalga 

oshirish  yakka  tartibda,  guruhli  va  ommaviy  (yalpi)  o„tkazilishi 

mumkin. Agar tekshiruvda butun sinf ishtirok etsa, mazkur sinfda 

nazorat  sinov  yozma  ishlari  o„tkazilsa,  laboratoriya  va  amaliy 

ishlar  bajarilsa  u  holda  nazorat  yalpi  deb  hisoblanadi.  Agar 

o„qituvchi  nazorat  o„tkazish  maqsadida    o„quvchlarni  guruhlarga 

bo„lsa,  masalan,  birinchi  guruh  yo„l  qo„ygan  xatolarni  tuzatish 

bo„yicha  alohida  topshiriqni  bajarsa,  ikkinchi  guruh  o„quvchilari 

esa aniq ishlab chiqarish vazifalarini echish va uni amalda sinash 

bilan  band  bo„lsalar  (masalan,  montaj  chizmasini  ishlab  chiqish, 

tok  zanjirini  montaj  qilish  va  uni  qanday  ishlashini  sinovdan 

o„tkazish  bilan  shug„ullansalar),  uchinchi  guruh,  turli 

radiodetallarni  montajga  tayyorlasalar,  to„rtinchi  guruh  o„tilgan 

mavzular bo„yicha yozma javoblar tayyorlash bilan band bo„lsa va 



49 

 

h.k. u holda bunga guruhli tekshiruvi deyiladi. Berilgan savollarni 



o„quvchi  yozma  yoki  og„zaki  javob  bersa,  uning  javobini  butun 

sinf  yoki  o„qituvchi  tinglasa,  u  holda  yakka  tartibdagi    tekshiruv 

amalga  oshirilgan  bo„ladi.  Og„zaki  nazorat  yakka  tartibda  yoki 

yalpi  ravishda  o„tkaziladi.  Yakka  tartibda  o„tkazilgan  nazorat 

o„quvchi  oldiga  qo„yilgan  savollarning  javobini  eshitish  orqali 

o„qituvchi 

uning 

o„quv 


materiallarini 

qay 


darajada 

o„zlashtirganligini  namoyon  qilishga  erishadi.  Bunday  suhbatni 

o„tkazishda  o„qituvchining  savollari  aniq  va  qisqa  bo„lishi, 

mazmunliligi  va  javob  beruvchiga  qulayliligi  va  tushunarliligi 

bilan  ajralib  turishi  lozim.  Odatda,  yalpi  suhbat,  og„zaki  nazorat 

uslubi  sifatida  o„quvchilarning  bilim,  ko„nikma  va  malakalarini 

joriy  tekshirishda  qo„llaniladi.  Yakka  tartibdagi  suhbat  joriy, 

marraviy,  kuniy  va  xulosaviy  tekshiruvlarda  ham  qo„llaniladi. 

Kasbiy  va  mehnat  ta‟limida  yozma  nazorat  usullari  yozma 

ishlarda,  sinov  ishlarda    va  o„quvchilarning  yakka  tartibdagi 

ishlarida o„z aksini topadi. Ular qisqa, 15-20 daqiqada yoki butun 

dars davomida  amalga oshirilishi mumkin.  

Keyingi  vaqtlarda  bilimlarni  nazorat  qilish,  yozma  holdagi 

dasturli  ko„rinishda  qo„llanmoqda.  Ushbu  maqsadda  u  yoki  bu 

mavzu  bo„yicha  savollar  hamda  ularga  tegishli  javoblar 

variantlarini  ishlab  chiqiladi.  Keltirilgan  javoblarning  xarakterli 

xususiyati  shundan  iboratki,    ularning  biri  aniq  va  to„liq,  to„g„ri  

bo„ladi, qolgani esa mazmunan noaniq, to„liqmas, ba‟zan umuman 

noto„g„ri bo„lishi mumkin. O„quvchilarning vazifasi ana shunday 

javoblardan  eng  to„lig„ini,  aniig„ini  va  to„g„risini  topishdan 

iboratdir.  Yozma  suhbat,  joriy,  marraviy,  yakuniy  va  xulosaviy 

tekshirishlarda ham o„tkazilishi mumkin. 

Mehnat  va  kasbiy  tayyorgarlik  jarayonida  o„tkaziladigan 

laboratoriya  nazorati  usuli  yordamida,  masalan,  o„quvchilarning 

o„lchash  malakalarini  aniqlash  mumkin.  Jumladan,    u 

o„quvchlarning  chiziqli  o„lchov  asboblari  (shtangensirkul, 

nutrometr,  chizg„ich,  mikrometr,  tansportyor  va  h.k.),  elektr 

o„lchov  asboblari  (voltmetr,  ampermetr,  vattmetr  va  h.k.)  bilan 




50 

 

ishlay  olish  malakalarini  va  biror  aniq  kasb  uchun  qanchalik 



shakllanganligini namoyon qlishga imkon beradi.  

Endi yuqorida ko„rsatilganidek, “Umumiy texnika fanlari va 

mehnat ta‟limi” (2120) 5118000-Mehnat ta‟limi, 5116000-Kasbiy 

ta‟lim  mutaxassisligi  bo„yicha  oliygohlar  industrial-pedagogika 

fakultetlari, texnika bo„limlari bazasida bo„lajak o„qituvchilarning 

kasbiy  (uslubiy)  tayyorgarligi  ustida  to„taymiz.  Uchinchi  ilovada 

keltirilgan  materiallardan  ko„rinadiki,  bo„lajak  mehnat  ta‟limi 

o„qituvchilarining  kasbiy uslubiy tayyorgarligini amalga oshirish 

uchun  ular  15  tadan  ziyod  o„quv  elementlari-nazariy  fanlar, 

amaliy,  laboratoriya  mashg„ulotlari,  ta‟limiy-tarbiyaviy    tadbirlar 

mazmunini  o„rganishlari  zarur  bo„ladi.    Bo„lg„usi  mehnat  ta‟limi 

o„qituvchilarining  bevosita  uslubiy  tayyorgarligini  esa  “Mehnat 

ta‟limi  va  kasbiy  mahorat  tayyorgarligi  uslubiyati”  fanlari 

guruhiga  kiradigan  o„quv  fanlari  majmui  ta‟minlaydi.  Bular 

quyidagilardir: 

1) Mehnat  va  kasbiy  ta‟lim  uslubiyati  va  umumtexnikaviy 

fanlarini o„qitish; 

2) O„quvchilarning ishlab chiqarish mehnatini tashkil etish; 

3) O„quvchilarning  mehnat  va  kasbiy  tayyorgarligining 

pedagogik va psixofiziologik asoslari; 

4) Kasb tanlashga yo„llash fanining nazariyasi va uslubiyati. 

Oliy  o„quv  yurtlari  talabalarining  amaliy  pedagogik 

faoliyatga    uslubiy  tayyorgarligining  shakllanish  darajasini  

namoyon  qilishda  ularning  uslubiy  fanlar  bo„yicha    o„zlashtirish 

darajasini  aniqlash,  hisobga  olish  va  baholashda  2  va  3  darajali 

testlarni 

tuzish 

maqsadga 

muvofiq 

bo„ladi. 

Yuqorida 

ta‟kidlanganidek,  2-,3-darajali  testlar  axborotlarni  qayta  eslash, 

xotirlash,  topshiriq  va  jarayon  kabi  testlarga  bo„linadi  (3-

chizmaga  qarang).  Quyida  ana  shunday  testlardan  namunalar 

keltiramiz: 


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish