4. Mikroprosessor va kompyuter xotirasi.
Ma’ruza matni
Operasion tizim (OT). Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu
dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi urinlar va xokazo)
boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa
kompyuterning kiritish — chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar
17
— MS DOS;
— OS/2;
— WINDOWS 95;
— WINDOWS NT;
— WINDOWS 98;
Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. Kompyuter tarmoqka
ulanishi bilan prosessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab
bo‘lmagan dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o‘xshash tilni qo‘llovchi,
ya‘ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur
yozilgan bo‘lar edi. Ushbu til buyruqlarini urganish uchun bir necha soat kifoya
qilar, so‘ngra kompyuterga uncha murakkab bulmagan dasturlarni kiritish va ular
bilan ishlash mumkin bular edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni
xam yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta, LOAD buyrug‘i kifoya edi,
xolos.
Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo‘lgan zaruriyat paydo buldi.
Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin
murojaat etish mumkin.
Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operasion
tizim ishlab chikildi va u
disk operasion tizimi (DOT) deb nom oldi.
DOT nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish,
ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo‘lgan paytda fayllarni
o‘chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko‘chirish (nusxa olish) kabi
ishlarni xam bajara oladi.
Har bir yangi paydo bo‘layotgan OT kompyuterning tezkor xotirasidan
yanada yaxshi, unumlirok foydalana oladi va yanada quvvatli prosessorlar bilan
ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operasion tizimi MS
DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo‘lgan rivojlanish
bosqichlarini bosib o‘tdi.
MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta‘minoti o‘rtasidagi
«vositachi» bo‘lib xizmat qildi. Shuning bilan birga
u insonga qaraganda
kompyuterga yaqinrokdir.
Kompyuterni ta‘mirlash va o‘nga xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha ko‘pgina ishlar xam MS DOSda bajarilar edi.
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98 lar grafik interfeysli OTlar
hisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliklar, belgilar)
yordamida muloqot qilish imkonini beradilar.
Tarmoq OT. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkaxol va birgalikda
ishlashini ta‘minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT— tarmoq
operasion tizimi deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma‘lumotlarni
ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.
18
Asosiy dasturiy ta‘minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan xizmat
ko‘rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko‘pincha
utilitlar deb atashadi.
Utilitlar — bu, ma‘lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operasiyalarni
bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy
vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar)
mo‘ljallangan dasturlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: