"Men Qodiriydan: "O'tkan kunlar" romaningiz voqeiy asarmi, deb
so'radim". "Yo'q, - dedilar u kishi, - romandagi besh-o'n foiz ayrim tarixiy
voqealar, shaxslargina voqeiy. Qolganlari yozg'uvchining mahorati..."
Asarning tarbiyaviy ahamiyati juda ham beqiyosdir .Bunga asardan
hohlagancha misol keltirishimiz mumkin .Hozirgi kunda ham oilalardagi ota –
ona, farzandlar o’rtasidagi munosabatlarda ham bemalol qo’llasa bo’ladigan
jihatlari beqiyosdir.
,, Otabek mehmonlarni tanchaga o‘tquzib, fotihadan so‘ng Hasanalidan so‘radi:
— Tuzukmisiz, ota?
— Xudoga shukur, — dedi Hasanali, — boyag‘idan bir oz yengilladim. Mazmuni
is tekkan ekan.
— Ba’zi yumushlar buyursam...
— Buyuringiz, o‘g‘lim.
— Rahmat, ota, bo‘lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi.
— Xo‘b, begim.
Hasanali chiqdi. Rahmat Otabek bilan yana bir qaytib sog‘liq so‘rashqandan keyin
so‘radi:
— Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka?
Otabek Rahmatning savoliga javob bermay eshikka qaradi. Hasanalini hujradan
uzoqlatib so‘ngra javob berdi:
— Qulimiz.
Bu so‘zdan nima uchundir Homid ajablangan edi.
— Qulingiz?
— Shundog‘.”
Otabekning quliga nisbatan munosabini qaysi asarda uchratish mumkin .
Yana Otabek va ota – onasi o’rtasidagi suhbatni ham keltirish mumkin .
Bir oylab kechikkandan so‘ng Otabek qaytib keldi va bu kelishining vijdon azobi
va tilamagan bir taklifni eshitish uchungina emas, balki qabul qilish uchun
bo‘lg‘anlig‘ini payqadi. Ul bu gapni onasining ilgarigi achimsiq so‘zlarini va
arazlarini tugalganidan va o‘rniga chuchuk so‘zlar, silliq muomalalar bitib «eson-
sog‘ kel-dingmi, bolam»laridanoq sezgan edi. Bunday bo‘lmag‘ur taklifni eshitmas
uchun o‘zini chetka olib, otasi, ayniqsa onasig‘a yo‘liqishdan qochib yurishka
majbur bo‘ldi. Ikki oradag‘i bu qochish-quvish ishi uzoqqa cho‘zilmay, bir kun
mehmonxonada ota-o‘g‘ul so‘zlashib o‘lturganning ustiga O‘zbek oyim kelib kirdi
va o‘lturmasdanoq hojiga imlab qo‘ydi. Bu imqo‘qni Otabekpayqamag‘an bo‘lsa
ham lekin anuv gapni aniq shu majlisda ochilishig‘a ko‘zi yetib,chiqib ketishning
ilojini qilolmadi. O‘zbek oyim kelib kirgandan so‘ng Yusufbek hoji birnecha vaqt
o‘ylab qoldi. O‘zbek oyim depsinib-depsinib eriga qarab olar edi. Anchagina
so‘zsiz o‘lturg‘andan so‘ng hoji muloyimona so‘z ochdi.
17
— O‘g‘lim, hali san eshitdingmi, yo‘qmi haytovur biz saning ustingdan bir ish
qilib qo‘ydiq...
Otabek ma’lumki, ularning ,,qilib qo‘ygan yoki qilmoqchi bo‘lg‘an ishlarini”
albatta bilar edi. Shundoq ham bo‘lsa bilmaganga solindi:
— Aqllik kishilarning o‘g‘ullari ustidan qilg‘an ishlari albatta noma’qul bo‘lmas,
— dedi.
Hoji o‘g‘lining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishni bilmay
qoldi.
Istehzo aralash xotinig‘a qarab oldi. Yana orag‘a jimjitlik kirdi. Bu so‘zsizlik
ma’nosig‘a O‘zbek oyim tushuna olmag‘an edi. Bir oz qarab o‘lturg‘ach, yuragi
qaynab ketkandek bo‘ldi:
— Biz saning uchun Olim ponsadboshining qizig‘a unashib qo‘ydiq... Endi san
bilan to‘y maslahatini qi-lishmoqchi edik...
Otabek onasig‘a bir og‘iz so‘z demay, ma’nolik qilib otasig‘a qarab oldi. Hoji
uyatliksumon ,,shundog” deb qo‘ydi.
— Sizlarni ranjitib bo‘lsa ham bir martaba uylangan edim-ku? Endi...
— San uylansang biz ranjirmidik? — dedi kulib hoji.
— Ranjimasalaringiz...
Hoji tuzuklanib o‘lturib oldi:
— Bu ranjishdan emas, hojatdan o‘g‘lim.
— Nima hojat?
—Hasanalining so‘ziga qarag‘anda, qayin otang qizini Toshkandga yubormas
ekan.
O‘g‘il o‘sdirib katta qilg‘an onangning bo‘lsa oldig‘a kelin qo‘yg‘usi keladir...
Otabek onasig‘a qaradi:
— Bu kungacha kelinsiz ham yashab keldingiz, bundan keyin ham shusiz turib
bo‘lardi-ku, — dedi.
Asarda adib asar qahramonlari ularning gap –so’z ohanglaridan qanaqa tarbiya
ko’rganlarini , qanday inson ekanliklarini tasvirlab bera oladi:
Otabek Rahmatning so‘zini ixlos bilan eshitdi va «sen nima deysan?» degandek
qilib Homidga qaradi.
— Jiyan, — dedi Homid Rahmatka qarab, — boshlab uylanishing albatta ota-
onang uchun bo‘lib ulardan ranjib yurishingni o‘rni yo‘q. Xotining ko‘nglingga
muvofiq kelmas ekan, muvofiqini olib, xotinni ikki qil. Bunisi ham kelishmasa
uchunchisini ol. Xotinim muvofiq emas deb zorlanib, hasratlanib yurish er kishi-
ning ishi emas.
Rahmat Otabekka kulimsirab qaradida, tog‘asig‘a javob berdi.
— Xotin ko‘paytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati bo‘lsin? — dedi.
— Bir xotin bilan muhabbatlik umr kechirmak, manimcha, eng ma’qul ish.
Masalan, ikki xotinliqning bittasi sizmi? Uyingizda har kuni janjal, bir daqiqa
tinchlig‘ingiz yo‘q.
— Seningdek yigitlar uchun albatta bitta xotin ham ortiqchaliq qiladir, — deb
kuldi
18
Homid. — Ko‘b xotin orasida azoblanish o‘zi nima degan so‘z? Qamchingdan qon
tomsa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilasan. Men bu kungacha ikki
xotin o‘rtasida turib janjalg‘a to‘ygunimcha yo‘q, ammo xotinni uchta qilishg‘a
ham o‘yim yo‘q emas.
Bu yerda adib Homidning qanday inson ekanligini tasvirlab berayapdi.
Yana sodda,ammo kekkaygan,maqtantoq ayollarni O’zbekoyim qiyofasida
tasvirlaydi:
O‘zbek oyim marg‘ilonliq tomonidan sihrlangan o‘g‘lig‘a qarshi
qizishib ketdi. Bir yillardan beri ichiga yig‘ib kelgan kinasini to‘kib berdi:
— Man sani bu umid bilan boqib katta qilmag‘an edim... San bizning naslimizni
ko‘tarish o‘rniga, yerga urib bulg‘ading. Biz sani Marg‘ilon andisiga bunchalik
mukkadan ketishingni o‘ylamag‘an edik, adabsiz... o‘zingga qolsa shu
marg‘ilonliqni xoting‘a hisoblab ketaberar ekansan-da, uyatsiz!..
Otabek ham qizishdi:
— Xotin bo‘lmasa nima, axir?!
— Qoshliq, ko‘zlik bir andi!
— Andi deganingiz nima o‘zi?
Yusufbek hoji o‘g‘lini bosish o‘rniga javob ber, degandek qilib iljaygan holda
xotiniga qaradi. O‘zbek oyim «andi» ma’nosini bildirib, andilarning sihrini rad
qilish uchun bir oz tutiliqib qiynaldi:
— Andi... andi... o‘zi xitoymi, nima balo... o‘zi qalmoqdan tarqag‘an bo‘ladir...
Tushunmagan bo‘lsang, lo‘lilarning bir toyifasi...
O‘zbek oyim uncha-muncha to‘yu azalarga «kavshim ko‘chada qolg‘an emas»
deb bormas edi. Shuning uchun xotinlar o‘z to‘ylarini O‘zbek oyim ishtiroki bilan
o‘tkazib olsalar, o‘zlarini shaharning eng baxtlik xotinlaridan sanab «maning
to‘yimni bek oyim o‘z qo‘llari bilan o‘tkazdilar» degan jumlani majlislarda iftixor
o‘rnida so‘zlab yurar edilar. O‘zbek oyimning obro‘si yolg‘iz shular bilangina
cheklanib qolmas, uni o‘rda xonimlari ham ehtirom qilib o‘zlarining «onaxonlari»
deb bilar edilar. Shunga ko‘ra qaysi bir vaqtlarda o‘rda yasovullari Yusufbek
hojining eshigiga arava ko‘ndalang qilib «o‘rda begi oyim buyurdilar”, deb O‘zbek
oyimning yasanib chiqishini kutar edilar. Bu tomon bilan qaysi bir majlislarda
O‘zbek oyim xotinlarning eslarini ham chiqarib yuborar edi: «Kecha o‘rda bek
oyimdan menga arava kelgan ekan, fe’lim aynab turg‘an edi, bormay aravadan
bo‘sh qaytardim... Bo xudo, o‘rda bekachi bo‘lsa o‘ziga, dedim» der edi. Ikkinchi
vaqtda: «O‘tkan kun o‘rdaga borg‘an edim; xonimlar yotib qolasiz deb
qo‘ymadilar, noiloj bir kecha yotib keldim”, deb so‘z orasig‘a qistirib ketar edi. Bu
so‘zlarni eshitkuchi xotinlar o‘zlarining qandog‘ bir xotinning suhbatiga noil
bo‘lg‘anlarini o‘ylab, O‘zbek oyimning ehtiromini tag‘in ham kuchaytirar edilar.
Adib Yusufbek hoji tilida Kumushga shunday baho beradiki,beixtiyor siz ham
uning chiroyiga lol qolasiz:
Kumush uyalib zo‘rg‘ag‘ina salom berdi va Yusufbek hojining yaqinig‘a kelib
bo‘yin egdi. Hoji qo‘li bilan Kumushning yelkasiga qoqib suydi va Kumushning
manglayig‘a tegizib olg‘an o‘z qo‘lini o‘pdi:
— Bizning Marg‘ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan-ku, biz bilmay yurg‘an
19
ekanmiz-da, — deb tevaragiga qarab kulindi va qo‘lini duog‘a ochdi. — Bizni
shunchalik siylab kelibsizlar, bu yaxshiliqlaringiz bizdan qaytmasa, xudodan
qaytsin. Olloh taolo yoshlarg‘a tinch va barakatlik umr bersin. Ilohim, taqabbul
duo...
Haqiqatdan ham asar o’zbek romanchiligining betakror durdonasidir.
Asarni qancha takror va taror o’qisangiz yangi ma’no yangi voqe’lik guvohiga
aylanasiz, hayratingiz orta boradi. Bunday asarlar yaratish uchun qaytadan yangi
Qodiriylar dunyoga krlish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |