Ш. А. Маннонов номли “ёш бухгалтерлар клуби”


MASHINA-TRAKTOR PARKLARIDA ISH VA XIZMATLAR



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/80
Sana24.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#241512
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
2015 05 30

MASHINA-TRAKTOR PARKLARIDA ISH VA XIZMATLAR 
TANNARXI HISOBI 
B.Yu.Menglikulov-ToshDAU dotsenti, 
J.A.To„kaev- magistranti, 
U.A.Atabayeva – Toshkent Iqtisodiyot kolleji o`qituvchisi 
Mashina-traktor parklari faoliyati boshqaruvida axborotlarga bo‗lgan 
talabning ortib borishi, buxgalteriya hisobini samarali tashkil etilmayotganligi 
ularning axborot imkoniyatlarini yaxshilashni taqozo etmoqda. Fermer 
xo‗jaliklarini qishloq xo‗jaligi texnikasi bilan ta'minlash bugungi kunda muhim 
masalalardan hisoblanadi. Respublika Prezidenti I.A.Karimov o‗z ma'ruzalarida 
bu masalaga to‗htalib «Zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va 
fermerlarni yuqori unum bilan ishlaydigan qishloq xo‗jaligi texnikasi bilan 
ta'minlash hisobidan qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida intensiv usullarga 


70 
o‗tish ushbu sohani barqaror va samarali rivojlantirishda eng muhim yo‗nalish 
hisoblanadi»
1
deb ta'kidlab o‗tdilar.
Agrar soha rivojida muhim o‗rin tutgan mashina-traktor parklarini 
modernizatsiya qilish, tejamkor va zamon talablariga to‗laqonli javob beradigan 
texnikalar bilan ta'minlash hamda ularda hisobni to‗g‗ri yuritish, umuman 
MTPlarda buxgalteriya hisobini sodda tashkil etish zarurati paydo bo‗lmoqda. 
Shu bilan birga mashina-traktor parklarida xarajatlarini hisobga olishni, ish va 
xizmatlar tannarxini hisoblashni to‗g‗ri tashkil etish ham muhim masalalardan 
hisoblanadi. 
Mashina-traktor parklarida xarajatlarni hisobga olish va mahsulot 
tannarxini hisoblash har bir ish va xizmat bo‗yicha alohida, ba'zi holatlara asosiy 
ish va xizmat turi bo‗yicha amalga oshiriladi.
Tannarx xo‗jalik sub'ekti ishlab chiqarish va moliya-xo‗jalik faoliyatining 
muhim iqtisodiy ko‗rsatkichidir. Mashina-traktor parklari faoliyatini baholashda 
tannarx muhim o‗rin tutadi. Ish va xizmatlar tannarxini tahlil qilish esa 
korxonada foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlarni izlab topish va ishlab 
chiqarish rentabelligini oshirishga yordam beradi. 
Bugungi kunda mashina traktor-parklari ish va xizmatlari tannarxini 
hisoblashga yetarli e'tibor berilmayapti. Ta'kidlash joizki, bozor munosabatlari 
rivojlanishi sharoitida nafaqat ish va xizmatlar tannarxi to‗g‗risidagi 
axborotlarning aniqligi, balki ularni rejalashtirish, me'yorlashtirish, rezervlarni 
aniqlash, baho belgilash, samaradorlikni baholash va shu kabi masalalarni hal 
etish 
uchun 
axborotning 
ishonchliligi, 
ob'ektivligi, 
foydaliligi 
va 
moslashuvchanligi ham muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan ish va 
xizmatlarning tannarxini hisoblashda kalkulyasiya ob'ektini va kalkulyasiya 
birliklarini asosli tanlash muhim uslubiy masala hisoblanadi.
Mashina-traktor parklari ishlab chiqarishini samarali boshqarish, xususan, 
ish va xizmatlar tannarxini to‗g‗ri shakllantirish va uning dinamikasini nazorat 
qilish, me'yor va normativlarning haqqoniyligini baholash, tannarxni pasaytirish 
imkoniyatlarini aniqlash, ish va xizmatlarga baho belgilash hamda uni tezkor 
qayta ko‗rib chiqish masalalarini ta'minlaydigan tannarx hisoblash uslubini 
shakllantirish lozim. Ish va xizmatlar tannarxini hisoblash uchun uning har bir 
turi ishlab chiqarish samaradorligini ishonchli aniqlashga imkon beradigan uslub 
zarur bo‗ladi.
Zangiota tumani ―Maxamadjon Fozilov –Maksimum‖ muqobil mashina 
traktor parki 2006 yilda tashkil etilgan. Asosiy faoliyat mexanizatsiya ishlari va 
texnika xizmati ko‗rsatish hisoblanadi. MMTP ustav fondi 105556239 ming 
so‗mni tashkil etgan. 2015 yilda MMTP 12 ta fermer xo‗jaligi bilan ish bajarish 
1
Karimov I.A «2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‗l 
ochib berish - ustuvor vazifamizdir». mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 
2015 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruza. -T.:O‗zbekiston, 2015 17 yanvar. – 7 b.


71 
va xizmat ko‗rsatish bo‗yicha shartnomalar tuzgan. MMTP quyidagi turlarda 
ishlarni bajaradi va xizmatlar ko‗rsatadi: yer haydash, chizellash, dorilash, yuk 
tashish, turli ishlar, avtotransport xizmati. MMTP bilan ―AKMAL KOMIL 
INSON‖ fermer xo‗jaligi o‗rtasida 2.01.2015 yilda tuzilgan 1-sonli shartnomaga 
asosan yer haydash xarajati 1 ga uchun yoqilg‗i bilan 75958 so‗m, yoqilg‗isiz 
41958 so‗m belgilangan. 17,4 ga yer maydoniga ega fermer xo‗jaligiga bir yilda 
yer haydash MMTP yoqilg‗ini o‗z hisobidan ishlatganda 1391269 so‗mga, 
yoqilg‗i fermer xo‗jaligi hisobidan bo‗lganda 730069 so‗mga tushayapti. Barcha 
6 turdagi ish va xizmatlar uchun xarajat fermer xo‗jaligiga (yoqilg‗i MMTP 
hisobidan bo‗lganda) 4694198 so‗mga, (yoqilg‗i fermer xo‗jaligi hisobidan 
bo‗lganda) 2632598 so‗mga tushmoqda. Bu xarajat summasi fermer 
xo‗jaligining jami xarajatida 75-80 % ni tashkil etmoqda. Bundan ko‗rinadiki, 
ish va xizmatlar tannarxi ancha yuqori . 
MMTPlarda ish va xizmatlar tannarxini kamaytirishimkoniyatlari: 

xaridorlarning arzon sotadigan kanallarini izlab topish hisobiga ehtiyot 
qismlar xarajatlarini kamaytirish va tannarxni pasaytirish; 

yoqilg‗i moylash materiallarini arzon sotib olish hisobiga xarajatlarni 
kamaytirish; 

agrotexnik tadbirlarni sifatli o‗tkazish natijasida sonini kamaytirish hisobiga 
tannarxni pasaytirish;

ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‗rsatish xarajatlarini 
kamaytirish va hokazo. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish