INVESTITSION LOYIHANI TAYYORLASHNI TASHKIL QILISH (INVESTITSIYA OLDI
FAZASI)
Investitsion sikl, mazmuni va loyihani ishlab chiqish bosqichlari. Loyiha sikli
bosqichlari Investitsiyaviy sikl – loyihani amalga oshirishning boshlanishi va uning
tugatilishi oralig’idagi davr. Investitsiyaviy siklining bosqichlari: investitsiya oldi,
investitsiya va ishlab chiqarish (ekspluatatsiya) bosqichlari. Investitsiyaviy sikl har bir
bosqichining mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari. Loyiha bosqichining investitsiya
oldi sxemasi. Loyihaning investitsiya bosqichi sxemasi. Loyiha-smeta hujjatlari va
uning tarkibi. Loyihani dastlabki baholash qiymatini aniqlash. Loyiha texnik-iqtisodiy
asosnomasini ishlab chiqishda loyihani boshlang’ich yoki omilli baholash.
Moliyalashtirish rejasini tayyorlash uchun ehtimoliy baholash, tanlov savdolariga
tayyorgarlik ko’rish va ularni amalga oshirish uchun yakuniy baholash (shartnomalarni
imzolash bosqichida). Loyihani amalga oshirish va uni tugatish oralig’idagi davr
investitsiya jarayoni deb ataladi. Investitsiya jarayonini 4 ta bosqichga (fazaga) bo’lish
mumkin va ularning har birining o’z maqsad va vazifalari bor:
1. Investitsiyalashdan oldingi faza. Investitsiya loyihasi bo’yicha dastlabki
izlanishlardan, to uni amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilunguncha bo’lgan davr.
2. Investitsiyalash fazasi. Loyihalashtirish pudrat asosida qurilish-montaj ishlarini olib
borish uchun shartnomalar imzolash va qurilish montaj ishlarini olib borish.
3. Ishlab chiqarish fazasi. Korxona xo’jalik faoliyatining yuritilishi. Investitsiyalashdan
oldingi va investitsiya bosqichi investitsion loyihalashtirishga, ishlab chiqarish bosqichi
esa maxsus tashkiliy tartib qoidalariga (ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish,
rejalashtirish, moliyalashtirish, tahlil, menejment va boshqalar) taalluqlidir.
4.Likvidatsiya fazasi. Sanoatga ta’luqli bo’lgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish
va amalga oshirish yuqorida ta’kidlab o’tilgan uchta bosqichdan iborat jarayon
tariqasida taqdim etilishi mumkin. Ularning har biri maslahat berish, loyihalashtirish,
ishlab chiqarish kabi faoliyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Investitsiya
loyihalarini ishlab chiqishda loyiha siklining bosqichlari muhim ahamiyatga ega.
«Loyiha sikli» tushunchasiga loyihani ishlab chiqish va uni amalga oshirishning turli
bosqichlari kiradi. Loyiha siklining boshlang’ich va tugallanish davrlari, g’oyadan to
uning moddiy qiymatga ega bo’lganga qadar davrlarni o’z ichiga oladi.
Har qanday investitsiya loyihasini ishlab chiqishda, ya’ni investitsiya g’oyalarining
paydo bo’lishidan, to uni amalga oshirish uch xil fazani o’z ichiga oladi: Investitsiya
oldi, investitsiya va ekspluatatsiya (yoki ishlab chiqarish). Yuqoridagi 3 ta faza
investitsion loyiha – hayotiy siklini tashkil etadi. (project lifetime). Investitsiya
loyihasini ishlab chiqishning asosiy bosqichi bo’lib, investitsiya oldi fazasi hisoblanadi.
Ushbu fazada loyiha ishlab chiqiladi, uning imkoniyatlari o’rganiladi, dastlabki texnik-
iqtisodiy tadqiqotlar – kuzatishlar o’tkaziladi, potension investor va boshqa
ishtirokchilari bilan muzokaralar olib boriladi, xom ashyo va uskunalarni yetkazib
beruvchilar tanlanadi. Agar investitsion loyihaga kredit jalb qilish ko’zda tutilgan bo’lsa,
unda bu fazada kreditni olish bo’yicha bitimlar tuziladi; investitsion loyihani yuridik
jihatdan rasmiylashtiriladi; hujjatlarni tayyorlash, shartnomalarni rasmiylashtirish va
korxonani ro’yxatga olish amalga oshiriladi. Loyihaning investitsiya oldi fazasida
bo’lg’usi loyihalashtirish ob’ektining imkoniyatlari o’rganiladi. Loyihaning bu hayotiy
bosqich siklida, uning hayotga mos qobilligi va jalb etuvchanligiga asos yaratiladi.
Investitsiya oldi fazasi loyihaning to’liq xarakteristikasini berishi shart.
Keng ma’noda loyihani asoslash besh asosiy jihatni tahlil qilish va baholash bilan
tavsiflanadi: texnik; institutsional; moliyaviy; iqtisodiy va ijtimoiy. Loyihani texnik
asoslash texnik nuqtai nazardan qabul qilingan maqbul qaror iqtisodiy jihatdan maqbul
bo’lmasligi mumkin. Bu shu bilan bog’liqki, turli texnik qarorlar o’zi bilan birga turli
xarajatlar va samaralarga ega bo’ladi va ular taqqoslangandan keyingina qaysi qaror
maqbul ekanligini aytish mumkin. Loyihani ishlab chiqish jarayonida hisobga olish
lozim bo’lgan texnik qarorlarning bir qancha jihatlarini ko’rib chiqamiz: - texnologiya
– texnologiya ilmiy jihatdan asoslanganmi va amaliyotga joriy etilganmi? Texnika
mazkur texnologiyani qo’llashga tayyormi? - vaqti-vaqti bilan yuzaga keluvchi
xarajatlar – loyiha bo’yicha vaqti-vaqti bilan yuzaga keluvchi xarajatlar hisobga
olinganmi, masalan, texnika va uning ishlash holati; - atrof muhitga ta’siri – loyihada
qo’llanilayotgan texnikaning atrof-muhitga 61 yetkazadigan zarari darajasi qanday.
Loyihaning iqtisodiy asoslanishi esa uning cheklangan resurslarni ishlatish nuqtai
nazaridan butunligicha milliy iqtisodiyotga qanday sof foyda berishi bilan aniqlanadi.
Barcha resurslar u yoki bu darajada cheklangan va ularning barchasini bir emas, bir
qancha usullar bilan ishlatish mumkin. Loyihani iqtisodiy asoslashda undagi xarajatlar
va daromadlar hisob-kitob qilinadi, ya’ni baholanadi.
Loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini o’rganish va taxlil qilishda quyidagi
omillarga alohida e’tibor beriladi:
- umumiy investitsiya muhiti, shart-sharoitlar;
- qayta ishlanishi mumkin bo’lgan tabiiy boyliklar va xom ashyo resurslari;
- ishlab chiqarilishi mo’ljallanayotgan tovarga (xizmatga) kelgusidagi talab (aholini
o’sishi hisobiga, aholi xarid qobiliyatining o’sishi hisobiga va boshqa omillar);
- loyihaning atrof-muhitga ta’siri;
- boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o’zaro aloqasi va imkoniyatlari;
- diversifikatsiyalash imkoniyati. Masalan, neft-ximiya majmuasidan formatsevtik
ishlab chiqarishga o’tish;
- ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati;
- eksport imkoniyatlari;
- import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Investitsiya imkoniyatlari bo’yicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar bo’yicha
har birining aloxida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi. Loyiha
g’oyasini rivojlantirish uchun aniq takliflar kiritishda talab etiladigan ma’lumotlarni
miqdoriy baholash uchun investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish asosiy vosita
hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlar tahlil etiladi:
- qayta ishlovchi sanoat uchun kerakli bo’lgan tabiiy resurslar;
- qishloq xo’jaligiga asoslangan sanoat tarmog’i uchun asos bo’lgan amaldagi
qishloq xo’jaligi tarkibi;
- muayyan iste’mol talablariga kelgusi talab, aholi o’sishi hisobiga ortib boruvchi
talab;
- atrof-muhitga ta’sir ko’rsatish;
- qayta ishlovchi sanoat sektori;
- mahalliy yoki transmilliy va boshqa tarmoqlar bilan mumkin bo’lgan aloqalar;
- umumiy investitsiya muhiti;
- ishlab chiqarish siyosati;
- ishlab chiqarish omillarining mavjudligi va qiymati;
- eksport salohiyati va boshqalar.
Investitsiya loyihalari o’rtasidagi raqobat kurashining vujudga kelishi, odatda,
quyidagi sabablarga asoslanadi: 1. Investitsiyalarning eng qisqa fursatda (tez) qoplanishi
va yuqori foyda keltirishi. 2. Investorning kapital byudjeti cheklanganligi. Investitsiyalar
u yoki bu natijalarga erishish yoki muayyan turdagi cheklangan resurslardan
foydalanishning muqobil imkoniyatlari ta’minlangan hollarda o’zaro ziddiyatli
investitsiyalar hisoblanadi va raqobatlashuvchi investitsiyalar deb ataladi. Muqobil
(o’zaro ziddiyatli) investitsiyalarni taqqoslash esa ular ichidan eng yuqori samaralisini
aniqlashga va uni ko’zlangan maqsad yo’lida moliyalashtirishga imkon beradi. Muqobil
loyihalarni o’zaro taqqoslashda, - ishlab chiqarish rejasi va hajmi yoki loyiha quvvatiga;
- vaqt omiliga; - yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo’yicha bajariladigan ish
(xizmat) hajmiga; - ishlab chiqarish va mahsulotni iste’mol qilishning ijtimoiy
omillariga (atrofmuhitga ta’sirini ham hisobga olgan holda); - moliyaviy
ko’rsatkichlarga (baho darajasi, inflyatsiya va kredit uchun foiz stavkalari darajalari va
shu kabilar) e’tiborni qaratish lozim. Investitsiya loyihalarining samaradorligi yuqori
ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan reja (bashorat)larning haqiqiy bajarilishiga
bog’liq bo’ladi. Bu bashoratlarning hammasi yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni
ishlab chiqarishga va yuqori foyda asosida sotishga qaratilgan bo’ladi. Lekin,
loyihalarning texnologik tarkibi (ishlab chiqarish jarayonining murakkabligi va uzoq
davom etishi), loyiha quvvatining bosqichma-bosqich o’zlashtirilishi va mahsulotni
sotish jarayoni kabilarning loyiha samaradorligiga jiddiy ta’sir ko’rsatishini hisobga
olish zarur.
2.
Biznes-reja korxona (firma)ning strategik istiqbolini belgilab beradigan
asosiy xujjat hisoblanadi va uni 3-5 yilga tuzishni tavsiya etiladi. Biznes-rejaning
birinchi va ikkinchi yillariga ko’rsatkichlarni (topshiriqlarni) kvartallarga taqsimlangan
xolda berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi va faqat uchinchi yildan boshlab yillik
ko’rsatkich (topshiriq)lar bilan chegaralanish mumkin. Biznes-reja quyidagi asosiy
masalalarni xal etadi, ya’ni: - tadbirkorlarga korxona (firma)lar strategiyasini ishlab
chiqish uchun asosi bo’libgina qolmay, uni muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat ham
beradi; - bozor iqdisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tartibga
solish va bajaralishini nazorat qilishning asosiy quroli bo’lib xizmat qiladi; - tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish jarayonida to’satdan yuzaga kelgan salbiy holatlar yuzasidan
tadbirkorlarni ogoxlantiriladi va ularni o’z vaqtida 80 bartaraf etish tadbirlarini ishlab
chiqishga yordam beradi; - tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va qarz
beruvchilarga tegishli ma’lumotlar olishga imkon beradi. Bundan tashqari, biznes-reja
tuzib chiqishning ikkita asosiy sababi mavjud: - tashqaridagi sarmoyadorlarni sizning
biznesingizni maqsadga muvofiqligi xaqida yoki ssuda berishga ishonch xosil qildirish,
- ko’zlangan maqsadni saqlab qolishga yordam berish, to’satdan yuzaga kelgan
holatlarda tanlangan maqsaddan voz kechmaslikni ta’minlash. Bu yana rejada
belgilangan barcha vazifalarning to’la bajarilishini ham anglatadi: - Biznes-reja
boshqaruvchiga tanglik holatlarini to’g’ri baholash imkonini beradi va undan olib chiqib
ketish yo’llarini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida boshqaruv samaradorligining ortishini
xarakterlaydi; - qo’shimcha ma’lumot kelib tushishi va ma’lum tajribaga ega bo’lish
bilan maqsad va vazifa moslanib olinadi. Biznes-rejaning bosh maqsadi - firmaning
ko’zlagan maqsadiga erishishi, reja-iqtisod bo’limi xodimlariga va sarmoyadorlarga
tanlangan yo’lning maqsadga muvofiqligini ko’rsatib berishdir. Biznes-rejani ishlab
chiqishdan maqsad firmaning xo’jalik faoliyatini qisqa yoki ma’lum bir muddatga bozor
talablari va kerakli resurslarni jalb qilish imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda
rejalashtirish hisoblanadi. biznes-rejani ishlab chiqishdan asosiy maqsad - firma
faoliyatini kelgusi davr va ayrim olingan davrdagi bozor ehtiyojlari va zaruriy manbalar
olish imkoniyatlaridan kelib chiqishdir. Biznes-rejalar tadbirkor uchun quyidagi asosiy
vazifalarni xal etishda yordam beradi: - firma faoliyati asosiy yo’nalishi, bozor
maqsadlari va firmaning bozordagi o’rnini aniqlash. - firmaning uzoq muddatli va qisqa
davr maqsadlari, strategiyasi, taktikasini amalga oshirishga erishishni belgilab berish. -
firmaning iste’molchilarga tavsiya etadigan tovar (xizmat)lar tarkibini tanlash va asosiy
ko’rsatkichlarni aniqlash. - kadrlarga qo’yilgan talablar va ularning o’z vazifalariga mos
kelishini baholash. - bozorni o’rganish bo’yicha firma marketing tadbirlarini tarkibini,
reklama, realizatsiyani rag’batlantirish, bahoni shakllantirish va realizatsiya yo’llarini
aniqlash. - mavjud material va moliyaviy mablag’lardan kelib chiqib firmaning material
va moliyaviy holatini baholash. - biznes-rejani muvaffaqiyatsizligaga ta’sir etuvchi
omillar xaqida ogohlantirish.
Biznes – reja bir necha muhim vazifalarni bajaradi. Biznes – rejani tayyorlash
jarayoni fikrlashni jonlantiradi, tadbirkorni puxtalik bilan o’ylashga va o’z ishini turli
nuqtai nazardan tahlil qilishga, haqiqiy imkoniyat va qiyinchiliklarni baholashga majbur
qiladi. Ikkinchi vazifa – nazorat. Qog’ozda bayon qilingan reja kelgusi nazoratlarda va
erishilgan natijalarni baholashda har doim ishlatilishi mumkin. U korxona faoliyatini
kelgusi yaxshilashga asos bo’lib hizmat qiladi. Uchinchi asosiy vazifa – jamg’arish. U
boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag’larni jalb qilishga imkoniyat
yaratadi. Biznes – reja potensial qarz beruvchini, aksioner, sarmoyadorni hamda
iste’molchini, ta’minlovchilarni ushbu korxona bilan (ishbilarmon bilan) tijorat
aloqalarida foyda olishga ishontirishi kerak. Quyidagilar biznes-rejaning asosiy
vazifalari hisoblanadi:
firmaning qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini, unga erishishning taktika va
strategiyasini aniqlab olish;
firmaning aniq faoliyat yo’nalishlari va qaysi bozorlarda faoliyat ko’rsatishi va bu
bozorlarda firmaning o’rni qanday bo’lishi kerakligini belgilab olish;
firma tomonidan iste’molchilarga taklif qilinishi rejalashtirilgan tovar va xizmatlar
assortimentini va uning ko’rsatkichlarini aniqlash;
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlarini baholash; mahsulot bahosini
shakllantirish, mahsulot sotilishini rag’batlantirish va bozorni o’rganish bilan bog’liq
marketing tadbirlari tarkibini aniqlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |