Ikki choraklik asarlarga annotatsiya
1 . Archa. Asarning osoyishta sur’ati ikki hissali dirijorlik sxemasini kuzatib
borishga imkon yaratadi. Dirijorlik ishorasi engil LEGATO ni aks ettirishi
lozim. Asar har bir qo‘lni mustaqil ishlatish malakasini cgallash uchun
foydalidir.
2. Baland shigib. Garchi asar erkaklar xori uchun bitilgan bo‘lsada, ijrosi
nafis LEGATO uslubidagi dirijorlik harakatini talab etadi. Bunda ikki hissali
o‘lchov sxemasi muayyan aniqlikda yaqqol ko‘rinadi. Osoyishta va mayin
kuy dirijorlikning boshlang‘ich malakalarini o‘zlashtirib olishni engillashtiradi.
Musiqiy jumlalarni oxirida uzish va keyiniga jumla boshlanishini birlamchi
ishora orqali bajargan ma’quldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |