Ijtimoiy fanlar


Jamiyatning ma’naviy hayoti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/36
Sana13.10.2019
Hajmi1,78 Mb.
#23461
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
falsafa (1)


Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to’g’risidagi qarashlar,
nazariyalar, ta’limotlar, g’oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari,
madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.

157
Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga
solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o’rin
tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va
huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim
ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va
mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatning kishilarning qobiliyatiga
qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug’ullanadigan toifalar, guruh,
qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga xos o’rin egalaydi, jamiyat
taraqqiyotiga muayyan hissa qo’shadi.
Jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning
mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Hyegel
jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax
din bilan bog’lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz
mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch
bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish
sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy hodisa va
jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy ravishda
mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga
oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir
yoqlama va xato ekanini ko’rsatdi.
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani to’g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O.
Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar
jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti
borasida sivilizasiyali yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra har bir xalq
o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa
xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga qo’ygan
maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani kabi, jamiyat ham o’z
oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi.
Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan
darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi.
Ijtimoiy-siyosiy turg’unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimning
tanazzuli alomatidir.
Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham
mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga
erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib bo’lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti
yo’lida yangi muammolar tug’iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi. Jamiyat a’zolarining
ma’naviy salohiyati, milliy psixologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni
boshqarishning o’ziga xos usullarini hayotga tadbiq etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat
barqarorligini ta’minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari
tajribadan o’tgan.
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir
ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o’tish davrida keskinlashishi
mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda,
qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning
yo’qolishida, g’oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo
bo’lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish
qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o’z ifodasini topadi.
Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o’z taraqqiyot yo’lini tanlash huquqiga ega
bo’lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi ekanini ko’rsatdi.
O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keyin o’z milliy davlatchilik asoslarini

158
mustahkamlash, o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini tanlash, rivojlanishning o’zbek modelini
yaratish imkoniga ega bo’ldi.
Taraqqiyotning o’zbek modeli – jamiyatning tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi sifatida.
Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy
davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo’ldan — inqilobiy va tadrijiy yo’ldan borgan.
Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz
ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyusion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo’li ekanini
ko’rsatdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini
shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, evalyusion yo’l bilan normal, madaniyatli
taraqqiyotga o’tish tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk
sakrashlar, inqilobiy o’zgarishlar yo’li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan —
bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilishi lozim
bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining mehnat faoliyatiga
bog’liqdir»
26
.
O’zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir:
- iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
- davlatning bosh islohotchi ekanligi;
- qonun ustuvorligi;
- kuchli ijtimoiy himoyalash;
- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish.
O’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning
qayta tiklanishi, o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy
mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning
rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.
O’zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e’tirof qilindi. O’zbekiston
tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va uni o’rganishga bo’lgan
qiziqish ortib bormoqda. O’zbekona taraqqiyot yo’li ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-
biri bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshirishda, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga bo’lgan
e’tiborning kuchayishida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, inson
intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin
yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda
zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat va oila. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning
tub mohiyati o’z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat
a’zosi oila bag’rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni
namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning
muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir.
Shu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi.
Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog’lomligi ko’p jihatdan oilaviy madaniyatga
bog’liq. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada er va xotining mavqyei, oilaviy
munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida
ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini, eng ilg’or
an’analarni tiklashga qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o’zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda
ona va ayolning muqaddasligi to’g’risidagi g’oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashtirishda
muhim ahamiyatga ega.
Ulu² mutafakkirlar jamiyatning madaniy darajasi ayolning jamiyat va oiladagi ahvoli,
mavqyei bilan belgilanishini alohida ta’kidlaganlar. Sog’lom, barkamol avlod tarbiyasi ko’p
jihatdan ayolning ma’naviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog’liqdir.
Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi
mavqyei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir.
26
 Каримов И.А. ¤збекистоннинг ґз истиілол ва тараііиёт йґли. - Т.: ¤збекистон, 1992. 41 - бет.

159
Oila muammolarini ilmiy asosda o’rganilganligi va ularni oqilona hal etishni o’z oldiga
maqsad qilib qo’ygan respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil etilganligi ham
davlatimizning oilaviy munosabatlarini takomillashtirishga alohida e’tibor berayotganidan dalolat
beradi.
Mustaqillik yillarida o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz xususiyatlariga mos
bo’lgan yangi alifboga o’tish uning mavqyeini oshirish va yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat
kasb etdi. Bu esa, o’z navbatida, ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Davlatning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati. Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga
solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy
qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir.
Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari
ham takomillashib boradi.O’zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga
yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining
tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat
kasb etdi.
Prezident  I.A. 
Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o’zbek modeli
konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy,
huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar siyosiy boshqaruvni yanada
takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli
jamiyatga o’tishga qaratilgandir.
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi. Ularni shartli
ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy
harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg’armalar, xotin-qizlar tashkilotlari,
faxriylar uyushmasi, mahalla qo’mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik
jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish  — O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik
jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik
jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko’pqirrali aloqasi
bo’lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy
mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o’zaro kelishuv, sabr-toqat
va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o’ziga xos turmush
tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O’zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq
yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari
qo’liga o’ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati
asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga
tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining
kuchaytirilishi xalqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarini kamol toptirish, o’z-o’zini
boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro’yobga chiqarish maktabidir.
Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab
etadi. O’z navbatida, ma’naviy yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shadi. Shunday
yetuk kishilarni tarbiyalashda jamiyat to’g’risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o’zlashtirish va
hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir.
Takrorlash uchun savollar
1. Inson nima uchun falsafaning bosh mavzusi deb qaraladi?
2. Shaxs deganda nimani tushunasiz?
3. Antropologiya fanining ma’nosi va vazifalari nimalardan iborat?

160
4. Inson tanasi va ruhining o’zaro bog’liqligi va ular o’rtasidagi farqlar nimalarda namoyon
bo’ladi?
5. Istiqlolning insonparvarlik mohiyati nimalarda ko’rinadi?
6. Jamiyat deganda nimani tushunasiz?
7. Jamiyatga xos belgilarni sanang.
8. Jamiyatning kelib chiqishi to’g’risidagi qanday nazariyalarni bilasiz?
9. Fuqarolik jamiyati nima?
9. Jamiyatning rivojlanishida ma’naviyat qanday o’rin tutadi?
10. Jamiyatning tadrijiy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?
10-MAVZU: FAOLIYAT, IJTIMOIY PROGNOZLASH HAMDA GLOBALLASHUVNING
FALSAFIY MASALALARI
Reja:
1. Faoliyat tushunchasi. Faoliyatning turlari
2. Ijtimoiy bashorat tushunchasi: uning turlari va metodlari
3. Globallashuv tushunchasi. Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida
4. Global muammolarni hal qilish yo’llari
Tayanch iboralar
Umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy muammolar tushunchalari; demografiya; ekologiya;
ekologik tanazzul; ekosistema; demografik portlash; demografik siyosat; futurologiya.
ADABIYoTLAR
1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari – T., «O’zbekiston», 1997.
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T., «O’zbekiston», 1999.
3. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman «Fidokor», 2000
yil 8 iyun.
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: «O’zbekiston», 2000.
5. Каримов И.А. Биз доим тарихдан сабоқ чиқариб, тинчликни қадрлаб, ғурур-ифтихор
билан яшайдиган халқмиз. Т. Ўзбекистон. 2014.
6. Каримов И.А. Она юртимиз бахту истиқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш
– энг олий саодатдир. Т. Ўзбекистон. 2015.
7. Karimova G. Politiko-ekonomicheskiye reformы v Uzbekistane: realii i perspektivы. T.,
1995.
8. Pechchei A. Chelovecheskiye kachestva. M. 1985.
9. Mamashokirov S. Ekologik ta’lim-tarbiyaning metodologik masalalari. T., 1993.
10. Б.Очилова., Ғ. Ўсаров. Фуқаролик жамияти асослари. Т. 2014.
11. С.Кистаубаев., М.Лапасова. Инсон  ва  табиат  муносабатлари  диалектикаси. – Т.:
Наврўз, 2015.
1.Praksiologiya (yunon. praktikos – faol) – falsafaning inson faoliyatini o’rganishga
bag’ishlangan bo’limlaridan biri. Faoliyat tushunchasi inson borlig’ining tabiati va mohiyatini,
uning shaxsiy imkoniyatlari, ijtimoiy aloqalari va munosabatlarini, inson ma’naviy dunyosi va
moddiy amaliyot jabhasini teranroq tushunish imkonini beradi. Inson faoliyati o’ziga xos
xususiyatga ega bo’lib, hayvonlar faolligidan butunlay farq qiladi. U individ va umuman jamiyat
borlig’ining alohida usuli hisoblanadi.
Ijtimoiy yo’nalganligiga qarab faoliyatning turli fanlarda o’ziga xos xususiyatlari bo’ladi.
Ijtimoiy falsafa shaxsning ijtimoiylashuvi, ya’ni jamiyat to’plagan tajriba, qadriyatlar va

161
me’yorlarni o’zlashtirish usuli sifatidagi faoliyat mazmunini yoritadi. Sosiologiyada faoliyat
(ijtimoiy harakat) ijtimoiy organizmning subyektiv motivasiya va boshqalarga qarab mo’ljal olish
bilan tavsiflanadigan hamda shaxs va jamiyatning aloqasini ta’minlaydigan hujayrasi sifatida
qaraladi. Ontologiyada faoliyat inson borlig’i usuli bo’lib, unda odamzotning mohiyatini
belgilovchi kuchlar ayniqsa to’la aks etadi. Bilish nazariyasida asosiy e’tibor bilishning negizi va
bilimlarimiz haqiqiyligining muhim mezoni bo’lgan amaliyot sifatida tushuniladigan faoliyatga
qaratiladi. Axloq va huquq falsafasida xohish-iroda erkinligi muammolari va inson faoliyatini
tartibga solish usullari o’rganiladi. Inson faoliyatining madaniyat bilan aloqasi mazkur faoliyatning
o’ziga xos xususiyatini aks ettiruvchi muhim falsafiy muammolardan biridir. To’g’ri, inson
yaratgan barcha narsalar ham madaniyatga mansub bo’lavermaydi, lekin ijodiy faoliyatsiz
madaniyat mavjud bo’lishi mumkin emas. Yondashuvlarning bunday rang-barangligi tasodifiy bir
hol emas, chunki inson faoliyati uning yashash omili hisoblanadi va odamzotning tabiatga,
jamiyatga, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlari doirasini to’la qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy
ne’matlar ishlab chiqarish, siyosat va boshqaruv, muloqot va bilish, badiiy ijod va falsafiy mulohaza
yuritish, tarbiya va o’zini o’zi tarbiyalash – bularning barchasi faoliyatni insonning dunyoga va o’z-
o’ziga bo’lgan munosabatining universal shakli, shaxs va jamiyatning rang-barang ehtiyojlarini
qondirish usuli sifatida tavsiflaydi.
Faoliyat tushunchasining mazmuni. Falsafada faoliyat insonga xos bo’lgan va tashqi
dunyoni oqilona o’zgartirishga qaratilgan faollikning alohida shakli sifatida tavsiflanadi. Ijtimoiy
falsafada faoliyat ijtimoiy jarayonlarni amalga oshirish, insonning o’z imkoniyatlarini ro’yobga
chiqarish, o’zini qurshagan dunyo bilan aloqaga kirishish usuli sifatida qaraladi
1
. Faoliyat muayyan
faoliyat turi bilan shug’ullanish qobiliyati uning amaldagi moddiy ifodasiga o’zaro o’tishini nazarda
tutadi. Bu faol inson tashqi dunyoni o’zgartirishi va o’zi ham o’zgarishini anglatadi. Forobiy
fikricha “inson faoliyatsiz turaolmaydi, ammo har qanday faoliyat va harakat insonni inson qilib
ko’rsata olmaydi. Chunki o’z tabiatiga ko’ra hayvonlar ham harakat qiladilar. Hayvon ovqatni
ko’radi va unga intiladi va bunda ongsiz harakatni amalga oshiradi. Odamni hayvondan ajratadigan
narsa- alohida iroda bo’lib, u ixtiyor deb nomlanadi”
2
. Ixtiyor – komillikka intilish va unga erishish
sari harakat demakdir. Inson maqsadni ham, unga erishish vositalari, yo’lni ham bilib oladi.
Natijada u o’z maqsadiga yetish uchun ongli faoliyat olib boradi. Inson juda ko’p narsani orzu qilib
yashaydi, biroq ularning hammasiga ham ega bo’lmaydi. Shu bois haqiqiy baxtga u dunyoda
erishiladi, oxiratda mutloq baxtga erishishga qaratilgan har qanday harakat – fazilatdir deb
hisoblaydi.
 XX asrning atoqli mutafakkiri E.Kassirer insonning eng muhim xususiyati, uning o’ziga
xos belgisi metafizik yoki jismoniy tabiati emas, balki uning faoliyatidir, deb qayd etgan edi.
Insoniyat sohasini aynan mehnat, faoliyat turlari tizimi belgilaydi. Kassirer til, mif, din, san’at, fan,
tarixni inson faoliyati tizimining turli sektorlari sifatida qayd etadi. Insonni tushunish bu faoliyat
turlaridan har birining teran qatlamlari haqida tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda uni yaxlit bir
butun organizm sifatida tushunish demakdir.
Faoliyatning tuzilishi. Faoliyatning umumiy tuzilishi ehtiyojlar bilan belgilanadi
Insonning ehtiyojlari uning faollik manbai hisoblanadi. Hayot ehtiyojlari (insonning jonli mavjudot
sifatidagi ehtiyojlari), ijtimoiy ehtiyojlar (ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari, shuningdek shaxsning
jamiyatga moslashuv ehtiyojlari) va ma’naviy (ma’rifiy, diniy, axloqiy, estetik va sh.k.) ehtiyojlar
farqlanadi. Ehtiyojlarning rang-barangligi inson faoliyati turlarining rang-barangligini belgilaydi.
Faoliyat turlarini tasniflash zamirida yotuvchi eng muhim omil u qaratilgan va faoliyat motivini
tashkil etadigan predmetlar farqidir. Faoliyat motivsiz bo’lmaydi, «motivlashtirilmagan» faoliyat
subyektiv pinhona motivga ega bo’ladi.
Harakatlar va amallar. Faoliyat harakatlardan tashkil topadi. Harakat alohida maqsadga,
ya’ni erishilishi lozim bo’lgan natija haqidagi tasavvurga bo’ysunadigan jarayon sifatida
tavsiflanadi. Maqsad inson ongida ehtiyoj va motiv bilan faoliyat obyektiv holatlarining
1
 Фалсафа қомусий луғат.Назаров Қ. таҳрири остида. –Т.: Шарқ, 2004. –Б. 186
2
 Форобий Фозил одамлар шаҳри. -Т.: А Қодирий номидаги  нашриёт, 1993 –Б.55.

162
nisbatlashuvi jarayonida yuzaga keladi. O’z navbatida, holatlar maqsadga erishish yo’llarini
belgilaydi. Bular faoliyat shartlari bilan belgilanadigan amallar hisoblanadi. Shunday qilib, umuman
faoliyat motiv bilan, harakat – maqsadlar bilan, amallar – shartlar bilan belgilanadi.
Faoliyatning atributlari. Inson faoliyati o’ta rang-barangdir. Yuqorida qayd etib
o’tilganidek, faoliyat turlarini tasniflash uchun asos bo’lib uning inson tomonidan o’zgartiriladigan
obyekt: tabiat, jamiyat, insonning o’ziga qaratilganligi xizmat qiladi. Faoliyat atributlari (xossalari)
faoliyatni motivlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini tavsiflaydi. Faoliyat atributlari orasida
avvalo subyektlilik va moddiylik qayd etiladi.
Subyektlilik va moddiylik. Faoliyatning subyektliligi shu bilan izohlanadiki, u shaxsning
o’tmishdagi tajribasi, uning ehtiyojlari va mo’ljallari, motivlari va maqsadlari, emosiyalari va
irodasini tavsiflovchi xususiyatlari, bilish qobiliyatlari va hokazolar bilan belgilanadi. Faoliyatning
moddiyligi insondan tashqarida joylashgan va uning qo’li bilan o’zgartiriladigan tabiat va jamiyat
kuchlariga qaratilganini anglatadi. Ammo insonning o’zi, uning o’z-o’zini kamol toptirishi, o’z-
o’zini tarbiyalashi va shaxs o’z oldiga qo’yadigan maqsadlarga erishishga qaratilgan tegishli
harakatlar ham o’zgartirish faoliyatining predmeti bo’lishi mumkin.
Moddiylashtirish va moddiylikdan chiqarish. Moddiylik faoliyat jarayoni va
natijasining materialga bog’liqligini belgilaydi. Faoliyat natijasi inson oqilona o’zgartirgan
materialda o’z aksini topadi, moddiylashadi (predmetga aylanadi). Faoliyat natijasi inson kuchlari
va qobiliyatlarining o’ziga xos in’ikosi hisoblanadi. Nemis klassik falsafasining taniqli
namoyandasi I.G.Fixte fikricha, “Amaliyot o’zgartirilgan tabiat predmetlarini insonning ko’zgudagi
aksiga o’xshaydi”
27
Moddiylashuv nima ekanligi haqida amalda tasavvur hosil qilish uchun chevar, g’isht
teruvchi, ma’ruzachi va shu kabilarning ishini kuzatadigan bo’lsak, inson qanday ishlashi, uning
faoliyati natijasida nima vujudga kelganiga qarab insonning o’zi haqida xulosa chiqarish, uning aql-
zakovat darajasi, irodasi, kasbiy mahorati, estetik didi, mehnatga munosabati, axloqiy mo’ljallari va
hokazolarni aniqlash mumkinligini ko’ramiz. Shu ma’noda faoliyat doim individ va umuman
insoniyatning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi demakdir. Individning ijtimoiyligi aynan
faoliyatda namoyon bo’ladi. Faoliyat orqali u ijtimoiy jarayon ishtirokchisiga aylanadi.
Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish