O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/40
Sana08.10.2019
Hajmi1,52 Mb.
#23197
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
F.Bazarova MARKETING


Maqsadli segmentlarni tanlash. Segmentlash tahlil qilib bo‘lin-

gach, keyingi vazifa bozorni qamrab olishning qaysi strategiyasini 

tanlashdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida, firmaning tovar siyosatini 

belgilab beradi. Bu bosqichda uchta asosiy strategik yo‘nalishlarni 

ajratib ko‘rsatish mumkin. 

Firma  «differensiallanmagan marketing» strategiyasini tanlar 

ekan segmentlarni tahlil qilishning ustunliklaridan foydalanmay, bozor 

segmentlari o‘rtasidagi farqni inkor qiladi va bozorni yaxlit, bir butun, 

deb qaraydi. U ko‘proq xaridorlarning ehtiyojlari o‘rtasidagi farqlarga 

emas, balki ular o‘rtasidagi umumiy tomonlarga ko‘proq e’tibor beradi. 

Ushbu standartlashtirish strategiyasining ahamiyati ishlab chiqarish 

xarajatlari hamda zaxiralar, savdo va reklama xarajatlarini tejashdan 

iborat. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu strategiyani himoya 


139 

 

qilish tobora qiyinlashib bormoqda, chunki bir tovar yoki marka 



barchaning ehtiyojini qondirishiga erishish juda kamdan-kam hollarda 

yuz beradi. 



«Differensiallanmagan marketing» strategiyasiga ko‘ra firma 

bozorni to‘liq qamrab olish strategiyasini ham qabul qiladi, biroq bu 

safar bozor har bir segmentga moslashtirilgan dasturlar yordamida 

qamrab olinadi. AQShdagi «Djeneral Motors» (General Motors) 

firmasining yondashuvi shunday ediki, firma har bir «hamyon, maqsad 

va shaxs»ga mos keladigan avtomobil borligini reklama qilar edi. 

O‘zbekiston bozorlarida ARTEL firmasi differensiallangan marketing 

strategiyasini amalga oshirmoqda. Firma ushbu strategiyaga ko‘ra 

O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida individuallashgan 

mahsulotlarni taklif qilmoqda. Bu strategiya firmalarga o‘z individual 

narx, savdo va kommunikatsiya strategiyalariga ega bo‘lgan bir necha 

segmentlarda ishlashga imkon beradi. Bunda firma har bir segmentda 

katta bozor ulushini egallab olishni mo‘ljallashi mumkin. 

Differensiallangan marketing har doim ham butun bozorni qamrab 

olishni ko‘zda tutavermaydi. Differensiallangan marketing strategiyasi 

yuqori investitsiya, ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab 

qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun zarur. 

Mahsulot differensiatsiyasi turli bozorga chiqishning keng imko-

niyatidir. Bubirinchi navbatda tovar taqsimlashda diversifikatsiya 

strategiyasini olib borishga asoslanadi. 



«Konsentrlangan yoki fokuslangan marketing» strategiyasiga 

ko‘ra firma o‘z resurslarini bir yoki bir necha segmentlarning ehtiyoj-

larini qondirishga qaratadi. Ushbu ixtisoslashuv strategiyasi ma’lum bir 

funksiyaga (funksional mutaxassis) yoki iste’molchilarning biror bir 

guruhiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Masalan, Moskvadagi «Diasoft» 

firmasi o‘z faoliyatini tijorat banklari segmentini dasturiy mahsulotlar 

bilan ta’minlashga yo‘naltirgan. 

Bozorni qamrab olish strategiyalarining uchalasidan birortasini 

tanlab olishda aniqlangan va potensial rentabel bo‘lgan segmentlar soni 

va firmaning resurslariga e’tibor beriladi. Agar bu resurslar cheklangan 

bo‘lsa, fokuslangan marketing strategiyasi amalga oshirish mumkin 

bo‘lgan yagona strategiya bo‘ladi. Konsentratsiyalangan marketing 

strategiyasi korxonalardan bozorning foydali segmentiga, ya’ni bitta 

yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni talab qiladi. Bu bozor 

segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli 


140 

 

marketing dasturi bilan yondashadi. O‘z mazmuniga ko‘ra bu strategiya 



bozor chuqurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor 

segmentida ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning yetkazib berish 

imkoniyatlari uchun ko‘proq mos keluvchi bo‘lib hisoblanadi. Konsentr-

langan marketing strategiyasi ko‘proq bozorning barcha segmentlarida 

ishlash uchun hamda yetarli katta moliyaviy vositalarning bo‘lishi talab 

etilmaydigan kichik va o‘rta korxonalar uchun mos keladi. 



 

Raqobatli marketing strategiyalari 

 

Firma rahbariyati mijozlar talabini hisobga olib faqat raqobat 

ustuvorligini ta’minlashga mo‘ljallangan marketing strategiyasini 

qo‘llab qo‘ya qolmaydi. Raqobatchilar strategiyasi haqida olingan 

hamda o‘zining raqobat muhitidagi holati haqidagi ma’lumotlarga 

asoslanib, firmaning raqobatli marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. 

Bozordagi raqobat muhitida firma to‘rtta roldan birini o‘ynashi 

mumkin: 


–  bozor yetakchisi; 

–  yetakchilikka da’vogar; 

–  lider;  

–  ma’lum bozor qismiga ixtisoslashuv (mutaxassis nisher). 

Bozorda egallab turgan raqobatli o‘rni va firmaning o‘z imkoniyat-

lariga bog‘liq holda rahbariyat raqobatning birorta strategiyasini afzal 

ko‘radi. 

Turli raqobat pozitsiyalarida turgan holda firmalar, agar ular 

o‘sishning aynan bir xil strategiyalarida, masalan, o‘sishning jamlangan 

strategiyasida bo‘lishsa ham raqobatning turli xil strategiyasini 

tanlashadi. 

O‘sishning jamlangan strategiyasida turgan bozor yetakchisining 

strategiyasi himoya (mudofaa) va bozor ulushini oshirish muammolari 

bilan bog‘liq. 

O‘zining bozordagi yetakchilik pozitsiyasini mudofaa qila borib, 

yetakchi: 

–  jami mavjud tovarlar eskiradi, raqobatchilar o‘z tovarlarini 

yangilash harakatiga tushgunga qadar o‘z tovarlarini ma’nan eskirgan, 

deb bilib, avvalroq uni yangilashga o‘tish asosida innovatsiyalar 

strategiyasini qo‘llay boshlashi; 



141 

 

–  imkoniyatli narxlarni asrab qolish va mahsulotlarni yangi 



o‘lchamlar, dizayn va markalar hisobiga yangilash yo‘li bilan bozordagi 

yetakchilik holatini saqlab qolishga imkon beruvchi mustahkamlash 

strategiyasidan foydalanishi; 

–  tashlangan undov (chaqiriq)ga nisbatan tez javob harakatlarini 

ko‘zda tutuvchi qarama-qarshi zarbalar strategiyasini realizatsiya qilishi: 

narxlarni sezilarli pasaytirishi, o‘z mahsulotini ilgari surish siyosatini 

kuchaytirish, raqobatchilarni tanqid qilishni tashkil etish, uning asosiy 

ta’minotchilariga ta’sir o‘tkazishga urinib ko‘rish, uning asosiy 

xodimlarini o‘ziga og‘dirishni boshlashi mumkin. 

Bozor ulushini oshirish uchun kurash olib borish bilan yetakchi 

bozor muhitiga undov (chaqiriq) tashlovchi strategiyani tanlaydi. 

Yetakchilikka da’vogarlik strategiyasini o‘ziga yarasha kuchli, lekin 

yetakchi pozitsiyasini egallamaydigan firmalar tanlaydilar. Bozor 

muhitiga undov (chaqiriq) tashlay borib, bunday firmalar masalan, 

jamlangan o‘sish strategiyasini qo‘llay borib, asosiy strategik maqsadi 

boshqa firmalardan “jang bilan” yutib olish hisobiga bozorning 

qo‘shimcha qismini “bosib olish” (bozor ulushini oshirish)ga intiladi. Bu 

kurashni u yetakchi yoki ancha sustroq va mayda raqobatchilari bilan 

olib boradi. Yetakchiga hujumni firma o‘zida aniq raqobat ustuvorligi 

mavjud bo‘lsa, yetakchida esa firma raqobat kurashida foydalanishi 

mumkin bo‘lgan kamchiliklar bo‘lgandagina boshlashi mumkin. 

Hujumning beshta strategiyasi bo‘lishi mumkin. 

1.Yetakchiga ro‘paradan hujum “kuch-kuchga qarshi” prinsipi 

bo‘yicha boradi, bunda yetakchilikka da’vogar yetakchining ojiz emas, 

kuchli tomoniga hujum qiladi, bu bilan u o‘zini kuchli deb hisoblay-

digan va yetakchilik qiladiganni kutilmaganda yengishga urinadi. Bu 

“jang”da odatda, kimning resurslari ko‘p bo‘lsa va kim kuchli 

ustuvorlikka ega bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. 

2.Yetakchiga yon tomonidan hujum uning ojiz yo‘nalishiga: yoki 

yetakchi kuchli pozitsiyaga ega bo‘lmagan regionga yoki yetakchining 

mahsuloti qoplay olmaydigan talabga nisbatan qilinadi. 

3. Hamma yo‘nalish bo‘yicha hujum qilayotgan firmaning yetakchi 

ishtirok etadigan hamma bozorlar va yetakchi chiqaradigan mahsulot-

larning hamma turlari bo‘yicha harakatlanishini ko‘zda tutadi. 

4. Hujumkor firma yetakchiga aylanib o‘tib, bevosita hujumni 

ko‘zda tutmaydi. Firma yangi bozor yaratadi, keyin unga yetakchini 

“aldab” kiritadi va bu bozordagi ustuvorlikka ega bo‘lgach, uning 


142 

 

ustidan g‘alaba qozonadi. Masalan, o‘rnini bosuvchi mahsulot yaratish 



yoki yangi geografik bozorlarni ochish. 

5. Partizanlik urushini odatda, uncha katta bo‘lmagan, yetakchiga 

boshqa metod bilan hujum qila olmaydigan firmalar amalga oshiradi. 

Bunday raqobat strategiyasida firma tanlab, narxni pasaytirish, yangilik 

taklif qilish, savdoni jadal rag‘batlantirish kabi kutilmagan tez “oshib 

o‘tish”larni amalga oshiradi. Bu usul hujumni kutmaganlar uchun 

tasodifan boshlanishi va shunday kutilmaganda tugashi zarur. 

Yetakchi yoki hujum qiluvchining mudofaa strategiyasi yetakchi-

likka da’vogarning bozor ulushini saqlab qolish yoki ko‘paytirishga 

yo‘naltirilgan. Bu strategiyani marketingda “harbiy” strategiya, deb 

ataladi. Bunday strategiyaning yana bir turi chekinish strategiyasi, 

deyiladi. Bu bozor ulushining qisqarish strategiyasi bo‘lib, mahsuloti 

eskirgan firmalar unga amal qilishga majbur. Unga ertami-kechmi 

bozorda faoliyat yurituvchilar murojaat qiladilar. Chunki mazmuniga 

ko‘ra u qisqartirish strategiyasidir. 

Ergashuvchi strategiyasi yetakchisiga ergashishni bildiradi. Unga 

ko‘plab kompaniyalar amal qiladi, chunki yetakchi ancha chidamli va 

unga hujum qilishga urinishni javobsiz qoldirmasligini bilishadi. Erga-

shuvchi kompaniyalar tanlangan strategiyadan yetakchining mahsuloti-

dan nusxa ko‘chirish, bozorga tovar olib chiqishda kam xarajat qilish, 

yangilikni bozorga olib chiqish bilan bog‘liq raqobat, ancha past risk 

kabilar ko‘rinishida ma’lum ustuvorlik bo‘lishi mumkinligini biladilar. 

Ko‘rib chiqilayotgan strategiyalar asosida faoliyat natijasida 

ergashuvchilarga, agar bu firma o‘z mijozlarini tutib qolishga ijodiy 

yondashsa, unga yetarlicha katta foyda olib kelishi mumkin. 

Ma’lum bozor o‘rniga ixtisoslashuv strategiyasi bozordagi ancha 

kuchli raqobatchilar vaqtincha band qilmagan yoki ularda qiziqish 

uyg‘otmaydigan joylarni qidirib topish va egallab olishga mo‘ljallangan.  

Rossiyalik iqtisodchi A.Yudanov bitta bozorda harakatlanuvchi 

hamma firmalarni o‘z raqobat strategiyasi xarakteriga ko‘ra farqlanuvchi 

to‘rtta turga bo‘ladi: violentlar, patiyentlar, kommutantlar, eksplerentlar. 

Ulardan har biri biologik muomalaning ma’lum turiga keltirilgan va mos 

ravishda o‘xshashlikka ega. 

Violentlar – standart yirik biznes sohasida harakatlanuvchi, 

boshlang‘ich kuch strategiyasiga ega firmalar. Bu firmalarning turli 

xilligi safarbarligiga bog‘liq: – “kekkaygan sherlar”, “qudratli fillar”, 

“qayrilmas begemotlar”. 


143 

 

Violent strategiyasini tutib turuvchi firmalarning kuchi shundaki, 



bir-biridan kuchli farqlanuvchi mahsulotlarning uncha katta bo‘lmagan 

partiyalarini tayyorlashdan samarasi ko‘p va kam chiqimli yirik ishlab 

chiqarishni yo‘lga qo‘ygan ma’qul. Bundan tashqari violentlar yangi 

mahsulot ishlab chiqish, savdo tarmog‘ini rivojlantirish va 

harakatlanishning kuchli siyosati bilan bog‘liq keng ko‘lamli ilmiy-

tadqiqotlar tomonidan yaratiladigan ustuvorliklardan ham foyda-

lanadilar. 

O‘zining bahaybat kuchiga tayanadigan violentlar strategiyasi – 

imkon qadar raqobatchilarini surib chiqarib, kengaytirilgan bozorga 

egalik qilish. Violent firmalar xaridorlarni nisbatan arzon baholari va 

tovarlarining o‘rtacha darajali sifati bilan jalb etadilar. Xaridorlar haqida 

g‘amxo‘rlik gigant-violentlarning xayriyasi emas: ular ko‘pincha 

bozorda monopolist pozitsiyasini egallab turadi, ular ommaviy talab 

qonunlarini yaxshi biladi: yomon yoki qimmat mahsulot bunday talabni 

keltirib chiqarmaydi. 

Zamonaviy uskunalardan foydalanuvchi mayda firmalar rollarining 

o‘zgarishi va yirik firmalarning ayrim pozitsiyalarini yo‘qotishi odamlar 

o‘zlarining kundalik ehtiyojlarini yirik firmalar mahsulotlari hisobiga 

qondirishining dalilidir. Ular “Microsoft” ning dasturiy ta’minotlaridan, 

“Erich Krause” kanstovarlaridan foydalanishadi, “Rossiya” fabrika-

sining konfetlarini iste’mol qilishadi. Agar bunday kompaniyalar 

boshqalar bilan (joy) talashishsa, siqib chiqarilsa, firmalar bilan ham 

shunday holat yuz beradi. 

Rossiya iqtisodiyoti rivojlanishi aynan yirik kompaniyalar 

tomonidan ishlab chiqilgan samarali bozor siyosatiga bog‘liq va uning 

asosini tashkil qiladi.  Patiyentlar – ixtisoslashuv yo‘liga o‘tgan firmalar. 

Ular iste’molchilarning ma’lum tor doirasi uchun antiqa (oddiy bo‘lma-

gan) mahsulotlar ishlab chiqaradilar. Bu turdagi kompaniyalarning 

mahsulotlari mos keluvchi guruh mijozlari uchun almashtirib bo‘lmas – 

bebahodir. Bunday kompaniyalar kengaytirilgan bozorning uncha katta 

bo‘lmagan qismini nazorat qila borib, tarqalib ketmaslikka harakat 

qiladi. Ular o‘zlarining qimmat va yuqori innovatsiyali mahsulotlarini 

qoidaga ko‘ra standart mahsulotlardan qanoatlanmaydiganlarga 

sotishadi. Masalan, “Fin-press” nashriyoti professional menejerlar va bu 

kasbga tayyorlanayotganlarga yoki jahonda noyob gidroaviatexnika 

ishlab chiqaruvchi Taganrogdagi Beriyev nomli konstruktorlik byurosi 

uchun marketing va menejment haqida axborotlar taqdim etadi. 


144 

 

Bozordagi ayrim maxsus joylarda xizmat ko‘rsatuvchi patiyent 



firmalarning muvaffaqiyati xaridorlarning tor doirasini, ularning o‘ziga 

xos talablarini hisobga olgan holda yaxshi bilishi va ularga o‘ta yuqori 

iste’mol qiymatini taqdim eta olishidadir. Agar violent firmalar (gigant 

o‘lchamdagi) muvaffaqiyatga savdoning katta hajmi bilan erishsalar, 

patiyent firmalar o‘zlarining noyob tovarlariga yuqori baho qo‘yib, 

yuqori foyda olish hisobiga muvaffaqiyatga erishadilar. Patiyent 

firmalarni “ayyor tulkilar”, deb ataladi. 

Tulki kompaniyalar bozorga turli-tuman mahsulotlar olib keladilar. 

Gigantlar tomonidan qurshovga tushib qolishdan qochib, ular o‘ziga xos 

bo‘lgan iste’mol tovarlarni faol qidirib topadilar va jamiyatni iqtisoddagi 

bir xil stnadartlardan qutqarib, ularni shakllantiradilar. Bozordagi 

ma’lum bir joyda, uning yo‘qolib ketish xavfi (riski) bilan ishlash bir 

vaqtning o‘zida bir necha ana shunday joylarda ishlashni talab qiladi. 

Mamlakatimizdagi firmalar uchun patiyent strategiyasi tadbirkorlik 

falsafasi sifatida alohida qadrli. U yetakchi yirik kompaniyalar bilan 

to‘g‘ridan to‘g‘ri kurashmaslikka, faoliyatning o‘sha sohalari uchun 

imkoniyatsiz, foydasiz bo‘lgan tomonlarini qidirib topishga chaqiradi. 

Bunday “ayyorona” yondashuv ojizlarning kuchlilar bilan raqobatidagi 

imkoniyatlarini jiddiy oshiradi, bu esa firmalar uchun ortiqchalik 

qilmaydi. 

Patiyent strategiyasi ko‘plab mudofaaga oid ishlab chiqarish uchun 

istiqbolli bo‘lishi mumkin. Buning uchun ularda yaxshigina dastlabki 

pozitsiyalar mavjud: yuqori malakali iste’dodli xodimlar, zamonaviy 

uskunalar, mayda seriyali, ba’zan esa ustuvor hisoblanuvchi noyob 

mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqalar. 

Kommutantlar oddiy biznesda mahalliy miqyosga ega bo‘ladi. 

Mayda, ixtisoslashmagan korxonaning kuchi aniq mijozlarning hajm 

bo‘yicha uncha katta bo‘lmagan ehtiyojlarini qondirishga moslashgan-

ligi hisoblanadi. Ommaviy (violent) ishlab chiqarish uchun iste’molchi-

larning katta guruhining talablari, ixtisoslashganlar uchun (patiyent-

larga) – iste’molchilarning alohida qatlamlar talablari tuziladi. 

Kommutant firmalar kichik biznesni amalga oshirishadi va mahalliy 

bozor talablarini qondirishga mo‘ljallangan. Har gal har bir aniq holat 

uchun yaratiladigan sanoqsiz mayda korxonalar biznes uchun har bir 

imkoniyatdan foydalanishga tayyor, violentlar va patiyentlar esa o‘z 

ishlab chiqarish qiyofalarida qat’iy turadilar. Yirik ishlab chiqarish 

quvvatlarining, ilmiy-texnika bazasi yoki tor sohadagi alohida 


145 

 

bilimlarning yo‘qligi (ya’ni violentlar kuchlimi yo patiyentlar) 



aniqlovchi kommutantlar uchun nima bilan shug‘ullanishlarining aha-

miyati yo‘q. 

Bu holat kommutantlarni “kulrang sichqonlar” deb atalishiga olib 

keldi. Sichqon – firmalarning ustuvorligi, boshqa firmalar qodir 

bo‘lmagan tijorat faoliyati sohasini shunchalik oson o‘zgartira olishidir. 

Yuqori darajadagi ochiq-oydinlik – kommutantlarning raqobat kurashi-

dagi kuch manbasi. Doimiy ravishda foyda olishga intilish va u tufayli 

har qanday vositani o‘zlashtira olishga tayyorgarlik kommutantlar 

faoliyatida o‘ta sof shaklda ko‘rinadi. 

Kommutant strategiya yangi xususiy firmalar orasida mavjud. 

Xususiy tadbirkorlar boj to‘lovlari va valuta kurslaridagi har qanday 

o‘zgarishlar va turli xil mahsulotlar bilan ishning o‘rtacha rentabelligiga 

qarab faoliyat turini zumda o‘zgartiradi. 

Eksplerentlar – bu yangisini yaratish va bozorning eski 

segmentlarini tubdan qayta shakllantirishga ixtisoslashgan firmalar. Ular 

ITTKIning eng ahamiyatli yutuqlarini yaratishda muhim rol o‘ynashadi. 

Gap faqat mahsulotni mukammallashtirish haqida emas, inqilobiy 

qarorlarning o‘ta xavfli qidiruvi haqida ham bormoqda. 

Eksplerent firmalarning raqobatdagi ustuvorligi bunday firmalarni 

“birinchi qaldirg‘ochlar” bilan taqqoslash uchun asos bo‘lib xizmat 

qiluvchi innovatsiyalar, yangi texnologiyalar va tovarlar bilan bog‘liq. 

Bunday pioner kompaniya (frans. pioneer – faoliyatning qaysidir 

sohasiga yangi yo‘l ochuvchilar) yangi bozor yaratish va unda shaxsan 

o‘zi ishtirok etib, foyda olishga intiladi. 

Yangi mahsulotni chiqarish juda qimmat turuvchi ommaviy ishlab 

chiqarishda, xato qilishga yo‘l yo‘q va violentlar tekshirilmagan loyiha-

lardan qochishga urinadilar. Ko‘pincha, eksplerent firmalarda bozorni 

o‘zlashtirish va undagi keng marketing faoliyati uchun yetarlicha 

mablag‘ bo‘lmaydi. Shuning uchun ular ko‘proq yirik firmalarning yoki 

ularning sho‘ba korxonalarining venchur (riskli) bo‘limlari sifatida 

ancha samarali harakat qilishadi. Pioner firmalari o‘z ochilishining 

bozorda muvaffaqiyat qozonishiga ishonadi, lekin 100 tadan 85 ta 

holatda muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Biroq eksplerentlarning 

bizneslariga yangi-yangi qaldirg‘ochlarni jalb etish uchun 15 ta 

holatdagi muvaffaqiyat yetarli. 

Zamonaviy eksplerentlar kam, lekin iqtisodiyoti rivojlangan mam-

lakatlarda ham ularning soni uncha ko‘p emas. Shuning uchun ushbu 


146 

 

firmalar davlat tomonidan maksimal qo‘llab-quvvatlashdan foydalana-



dilar, chunki ular iqtisodiyotning turli sohalarida ITTKIning 

kuzatuvchilari hisoblanadilar. 

 

6.4.  Marketing nazorati va uning turlari 

 

Marketingning murakkab masalalaridan biri nazorat hisoblanadi. 

Nazorat–marketing sohasida holatlar va jarayonlarni doimiy, muntazam, 

uzluksiz tekshirish va baholashdir. O‘z mohiyatiga ko‘ra nazorat 

me’yorlarni va haqiqiy holatni taqqoslashni bildiradi. Muhit 

sharoitlarining tez o‘zgarishi, bozor vaziyatlariga tez e’tibor berish 

zarurligi marketing nazoratini muhim ahamiyat kasb etishiga olib keldi. 

Marketing nazoratining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 

- maqsadlarga erishish darajasini belgilash; 

- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash; 

- korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‘zgarish-

lariga qanchalik mos kelishini aniqlash. 

Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalarida marketing xizmat-

larini tashkil qilish marketingga tayangan boshqaruv tizimini yaratishga 

imkon beradi. 

Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni sotish ustidan na-

zorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatining 

foydaliligini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va 

strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi. 

Marketingning nazorati va taftishining asosiy vazifasi korxonalar, 

assotsiatsiyalarning ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyati 

samaradorligini oshirishdan iborat. 

Qoidaga ko‘ra marketing faoliyatining nazorati o‘z ichiga 

quyidagilarni oladi: 

- sotishni amalga oshirish va uning imkoniyatlari ustidan nazorat; 

- foydalilikning nazorati va marketing xarajatlari tahlili; 

- strategik nazorat va marketingning taftishi. 

Sotish faoliyatini nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiya-

larini rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish 

yo‘li bilan amalga oshiriladi. 

Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish 

alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, 



147 

 

hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va 



boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 

Marketingning strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish, 

sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy muammolari va 

istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalar, marketing 

tezkor tadbirlari va marketing tashkilotlari baholarini belgilaydi. 

Marketingning taftishi qoidaga ko‘ra o‘z ichiga marketingning 

makro va mikro muhiti, marketing xizmatlarining faoliyat yuritish 

samaradorligi tahlilini hamda marketing siyosati: tovar, narx, reklama, 

xodimlarni o‘z ichiga oladi. 

Nazoratni tashkil qilish korxonaning kattaligi, xodimlarning 

malakasi, nazorat vazifalarining murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. 

Korxonada marketingning tashkil qilinishi o‘sishi bilan uning 

ixtisoslashuviga va marketing nazoratining alohida birligini yaratishga 

ehtiyoj ortib boradi. 

Marketingning rejasini hayotga tatbiq qilishda ko‘pgina kutilmagan 

hodisalar bo‘lishi mumkin. Firma o‘zining tadbirlarini nazorat qilishi 

shart, o‘zining maqsadlariga erishish uchun marketing nazoratini uch 

turga bo‘lish mumkin: 

1. Yillik rejalarining bajarilishi ustidan nazorat. 

2. Daromad nazorati. 

3. Strategik rejalar ustidan nazorat. 

 

Yillik rejalarning bajarilishini nazorat qilish masalasi - bu 



firmaning hamma ko‘rsatkichlarga chiqishiga ishonch hosil qilish.  

Daromad nazorati - bu har xil tovarlardan keladigan daromadlar, 

iste’molchilar bozori tahlilini o‘zida aks ettiradi.  

Strategik rejalar ustidan nazorat - bu «orqaga chekinish», firmani 

bozorga yondashtirishni tanqidiy baholash uchun kerak bo‘ladi. 


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish