Tadqiqot maqsadi. Asosiy maqsad va vazifa milliy dasturda nazarda tutilgan
masalalar, ya`ni grafik fanlarni aktual muammolari: jumladan, chizmachilikda tasvir
va uni chizishni takomillashtirish hamda aksonometrik proyeksiya yasashda kreativ
yondashuv asosida o’quvchilarda fazoviy tasavvurini oshirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
1. Chizmachilikdan aksonometrik proyeksiyalash mavzusi bo`yicha dastur,
darsliklar, standartlar va qo`shimcha adabiyotlar mazmunini tadqiq qilish.
2. Chizmachilik darslarida talabalarning fazoviy tasavvurni aksonometrik
proyeksiya orqali rivojlantirish usullarini ishlab chiqish.
3. Aksonometrik proyeksiyalashni AKT asosida o’qitish mazmunini ishlab
chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |