Toshkent davlat iqtisodiyot


Bozorni  gorizontal  segmentlash



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

Bozorni  gorizontal  segmentlash  bu  –  maqsadli  mijozlarni  turli  tarmoqlarda 

aniqlash  va  tanlash  jarayoni.  Korxonalar  gorizontal  segment  doirasida  mahsulotdan 

yakuniy foydalanish borasida o‘xshash usullarga ega bo‘ladi. 

Bozorni  vertikal  segmentlash  bu  –  mijozlar  guruhlarini  maqsadli  tarmoqda 

aniqlash  va  tanlash  jarayoni.  Bozorni  vertikal  segmentlash  «ta’minotchi-mijoz» 

munosabatlari  xususiyatlarini  va  uladan  biridan  boshqasiga  o‘tishda  mahsulot 

modifikatsiyalarini  aniqlab  beradi.  Shuningdek,  vertikal  segmentlashda  ushbu 




 

105 


 

jarayonning  har  bir  bosqichida  zarur  bo‘lgan  texnik  ko‘nikmalar  va  raqobat  xarakteri 

o‘rganiladi.  Bularning  barchasi  har  bir  bosqichda  olish  mumkin  bo‘lgan  foyda  va 

qo‘shilgan  qiymat  hajmini  belgilab  beradi.  Innovatsion  mahsulotni  ilgari  surish  bilan 

shug‘ullanuvchi  marketolog  har  bir  bosqichda  omadsizlik  riskiga  yoki  mijozlarning 

mahsulotdan noto‘g‘ri foydalanishiga duch kelishi mumkin. 

Ko‘pincha  yangi  mahsulotni  ilgari  surayotgan  marketolog  quyidagi  muammoga 

duch keladi. Bir tomondan, u  yakuniy  foydalanuvchilarga  yetkazib berish  uzluksizligi 

va  sifat  standarti  amal  qilinishini  kafolatlash  uchun  ishlab  chiqaruvchilar  kuchli 

guruhini  rivojlantirishga  vaqt  va  pul  sarflashi  lozim  bo‘ladi.  Shunday  qilib,  yangi 

bozorni  rivojlantirish  bilan  bog‘liq  asosiy  vazifa  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  umumiy 

risk  va  mukofotlar  borasida  aniq  o‘zaro  tushunishga  erishishdir.  Boshqa  tomondan, 

mahsulot qo‘llash sohasini kengaytirish va ularning sodiqligini oshirish uchun yakuniy 

foydalanuvchilar  darajasida  sotuvni  rag‘batlantirish  va  mahsulot  qo‘llash  bo‘yicha 

yordam  zarur.  Ishlab  chiqaruvchi  ayniqsa,  muzokaralar  jarayonida  umumiy  risklar  va 

mukofotlar  bilan  bog‘liq  barcha  masalalar  aniqlashtirib  bo‘linmagan  bo‘lsa, 

ta’minotchini  o‘zining  raqobatchisi  sifatida  qabul  qilishi  mumkin.  Marketolog  uchun 

muammo shundan iboratki, bir tomondan u yakuniy mahsulot sifatini nazorat qilish va 

yakuniy  foydalanuvchilar  o‘rtasida  talabni  rag‘batlantirish  zaruratiga,  boshqa 

tomondan  - zarur kompensatsiya (tovon puli) olish va ishlab chiqaruvchida go‘yoki u 

mijozlar  sodiqligi  uchun  kurashda  raqobatchi  sanaladi  degan  taassurot  uyg‘otmaslik 

zaruratiga duch keladi. 

Marketing  harakatlarini  yakuniy  foydalanuvchilar  va  ishlab  chiqaruvchilar 

o‘rtasida muvozanatli taqsimlash har bir pog‘onada taklif etiladigan mahsulot foydasi 

bilan  belgilanishi  lozim.  Harakatlarning  katta  qismini  eng  foydali  va  istiqbolli 

yo‘nalishlarga  mujassam  etish  zarur.  Har  bir  bozor  pog‘onasida  olinadigan  foyda 

xarakteri  ishlab  chiqaruvchining  bir  qator  strategik  qarorlari,  jumladan,  narx 

shakllantirish,  mahsulotni  loyihalash,  bozor  strukturasining  har  bir  pog‘onasida 

korxonalarga taklif etiladigan marketing ko‘magi va h.k. bilan belgilanadi. 

Ishlab chiqaruvchi yakuniy foydalanuvchi va tayyorlovchilar guruhining kuchli va 

kuchsiz  tomonlarini  baholashi,  shuningdek,  har  bir  pog‘onada  o‘zining  bozor 



 

106 


 

imkoniyatlarini  baholashi  shunga  olib  kelishi  mumkinki,  ishlab  chiqaruvchining  o‘zi 

o‘z  mijozlari bilan raqobatlashishga qaror qilishi  mumkin. Boshqacha qilib aytganda, 

sanoat  materiallari  ishlab  chiqaruvchisi  yangi  bozorni  rivojlantirishning  yagona  usuli 

bu  –  o‘zi  tayyorlovchiga  aylanish,  ya’ni  «iste’mol  tovari»  yaratish  deb  qaror  qilishi 

mumkin.  Bunday  qaror  natijasi  ushbu  bozor  pog‘onasida  boshqa  korxonalar  bilan 

hamkorlikdan  to‘liq  chetlashish  bo‘lishi  mumkin,  bunda  ishlab  chiqaruvchi  ushbu 

pog‘onada  bozorning  rivojlanishi  uchun  to‘liq  javobgarlikni  o‘z  zimmasiga  olishdan 

boshqa  iloj  qolmaydi.  O‘z  mijozlari  bilan  raqobat  bu  –  doimo  riskli  harakat  bo‘lib 

chiqadi. 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish