373
Sotish bilan bog‘liq
vaziyat
Yangi xizmat aynan qaysi iste’molchiga yo‘naltirilganini aniqlash
va u qayerda eng yaxshi sotilishini hal qilish
Reklama
Reklama siyosatiga sotuvning yangi yo‘nalishiga muvofiq tuzatish
kiritish. Assotsiativ aloqa yaratish: bu mahsulot – bo‘lishi mumkin
bo‘lgan eng yaxshi mahsulot. Nufuzli reklama kampaniyasi
Hamkorlar uchun
aksiyalar
Sotuv bo‘yicha hamkorlarni raqobatchilardan «tortib olish»,
ularning yangiliklar kiritish va sotuvdan manfaatdorligini oshirish.
Distribyutorlar va ulgurji savdogarlar bilan seminar va maslahatlar
o‘tkazish. Hamkorlar uchun rag‘batlantirish dasturlari ishlab chiqish
(bonuslar, mukofotlar, chegirmalar, konkurslar va h.k.)
Butun dunyoga mashhur Britaniya brendlari ko‘rgazmasi - POSH
Brendlarni tiklashning quyidagi usullari mavjud:
➢ yangi materiallar va texnologiyalar paydo bo‘lishi oqibatida mahsulot
(xizmat) o‘zgarishi;
➢ brendning iste’molchi ta’biga moslashuvi;
➢ brend bilan jadal o‘sish kuzatilayotgan bozorga tomon yo‘l olish;
➢ firma uslubi, nomi, xizmat ko‘rsatish jarayoni va b. o‘zgarishi;
➢ narx o‘zgarishi;
➢ yangi xaridorlar segmentlarini izlab topish;
➢ tarqatish usulining o‘zgarishi;
➢ yangicha foydalanish usullari namoyish etilishi.
POSH Britaniyaning zamonaviy savdo markalari ko‘rgazmasi sifatida
rejalashtirilgan edi. So‘nggi qator yillar davomida doimo sifa va uzoq muddatlilik
bilan bog‘liq ravishda tasavvur qilinadigan brendlar yosh va iqtidorli dizaynerlar
bilan qalin aloqada bo‘lib, hamkorlik qilmoqda. Bunday ittifoq natijasi o‘zini uzoq
kuttirib qo‘ymadi - klassik britaniya markalari urf bo‘lgan tendensiyalarning old
qatorlaridan ishonch bilan o‘ri oldi.
Ko‘rgazmada
«Moda/bagaj»,
«Uy-ro‘zg‘or
asboblari»,
«Mebel»,
«Avtomobillar», «Grafik dizayn/uslub» toifalarida savdo markalari namoyish
etildi.
Buyuk Britaniyada dizayn so‘nggi besh yil ichida Uyg‘onish davridagi kabi
o‘zgarishlarni boshidan kechiirb, buning natijasida ko‘plab modelerlar ilgari misli
ko‘rilmagan darajada jamiyata obro‘ topdi. Lekin shunga qaramay, Buyuk
374
Britaniyaning obrazi ko‘plab mamlakatlarda haligacha konservativ deb qabul
qilinadi, bunda, ko‘plab an’anaviy markalarning tijorat muvaffaqiyatlariga
qaraganda, u ijobiy tusga ega bo‘lib, hech qanday salbiy konnotatsiya (qo‘shimcha
ma’no) kuzatilmaydi.
Avvalboshdan «posh» so‘zi Hindiston bo‘ylab kemada sayohat qiladigan
xonimlarga nisbatan qo‘llangan (port out, starboard home). Endilikda esa bu
barcha uzoq muddatli, biror uslubga xos, qimmat bo‘lgan yoki shunday bo‘lib
ko‘ringan har qanday narsalarni qamrab oladigan tavsif hisoblanadi.
POSh ko‘rgazmasi Britaniya kengashi tomonidan dizaynerlik yechimlari va
tendensiyalarini tadqiq etishni ham, jamoatchilik fikrini o‘rganish va bu talqinlarni
ommaviy axborot vositalari yordamida talqin qilishni ham qamrab oladigan ushbu
fenomenni o‘rganish bo‘yicha dasturlar doirasida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: