Informatika va axborot texnologiyalari fani haqida



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/225
Sana31.12.2021
Hajmi3,34 Mb.
#237591
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   225
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

Savol va topshiriklar 
1. Tizim tushunchasiga ta‘rif bering. 
2. Tizimga misollar keltnring. 
3. Kuyosh sistemasi xakida nimalarii bilasiz? 
4. Axborot tizimiga ta‘rif bsring. 
5. Boshkarish deganda nimani tushunasiz? 
6. Boshkaruv tizimi komponentlari va ularning vazifalariii aytib bering. 
7. Tugri va aks alokalarni tushuntirib bsring. 
8. Axborot tizimlarining kanday turlarini bilasiz? 


49 
 
 
 
Mavzu: Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari.Axborot tizimlarining tashkil etish va 
boshqarish. 
Reja: 
1.  Axborot tizimlarining turlari. 
2.  Axborot tizimlarining rivoji. 
3.  Sun‗iy intellekt haqida 
4.  Sun‗iy intellekt sohadagi tadqiqotlar yo‘nalishi haqida 
5.  Ekspert tizimlari 
 
 
Tayanch iboralar: Sun‗iy intellekt, sun‗iy sohasidagi tadqiqotlar, ekspert tizimlar,  inspektsiya, 
identifikatsiya, intelektual tizimlar 
Adabiyotlar: 4, 5, 6, 10, 36, 37 
 
Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma‘lum. 
Avtomatlashtirilgan  axborotlar  tizimida  boshkarish  yoki  ma‘lumotlarni  kayta  ishlash 
funkpiyalarining bir Kismi avtomatik ravishda, kolgani esa inson tomonidan bajariladi. 
Avtomatik axborotlar tizimida boshkarish va ma‘lumotlarni kayta ishlashning barcha funksiyalari 
texnik  vositalarda,  inson  ishtirokisiz  amalga  oshiriladi    (masalan,  texnologik  jarayonlarni  avtomatik 
boshkarish). 
Kullanish soxasiga karab axborot tizimlarini kuyidagi sinflarga ajratish mumkin: 

  ilmiy tadkikotlarni avtomatlashtirish va boshkarish; 

  loyixalashtirishni avtomatlashtirish; 

  tashkiliy jarayonlarni boshkarish; 

  texnologik jarayonlarni boshkarish.   
Ilmiy tadkikotlarni avtomatlashtirish va boshkarish-da axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini 
avtomatlashtirish, statistik axborotni taxdil etish, tajribalarni boshkarish uchun muljallangan. 
Loyixalashtirishni  avtomatlashtirishda  axborot  tizimlari  yangi  texnika  (texnologiya)  ishlab 
chikaruvchilar va muxandis loyixachilar mexnatini avtomatlashtirish uchun muljallangan. 
Tashkiliy  boshkaruvda  axborot  tizimlari  —  shaxslar  funksiyalarini  avtomatlashtirish  uchun 
muljallangan.  Bu  sinfga  xdm  sanoat  (korxonalar),  xam  nosanoat  obyektlari  (bank,  birja,  sugurta 
kompaniyalari,  mexmonxonalar  va  xokazolar)  va  ayrim  ofislar (ofis  tizimlari)ni boshkarishning  axborot 
tizimlari kiradi. 
Texnologik 
jarayonlarni 
boshkarishda 
axborot 
tizimi 
turli 
texnologik 
jarayonlarni 
avtomatlashtirish  uchun  muljallangan  (moslashuvchan  ishlab  chikarish  jarayonlari,  metallurgiya, 
energetika va xokazolar). 
Dastlabki  axborot  tizimlari  50-yillarda  paydo  buldi.  Bu  yillarda  ular  maosh  xisob-kitoblarini 
kayta  ishlash  uchun  muljallangan  bulib,  elektromexanik  buxgalterlik  xisoblash  mashinalarida  amalga 
oshirilgan. Bu kogoz xujjatlarni tayyorlashda mexnat va vaktni bir kadar kiskartirishga olib kelgan. 
60-yillarda  axborot  tizimlariga  munosabat  butunlay  uzgardi.  Bu  tizimlardan  olingan  axborot 
davriy  xisobot  uchun  kupgina  parametrlar  buyicha  kullana  boshlandi.  Buning  uchun  tashkilotlarga 
kupgina funksiyalarga ega bulgan EXM lar talab etila boshlandi. 
70—80-yillarda axborot tizimlari karorlarni kullab-kuvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega 
bulgan nazorat boshkaruvi vositalari sifatida keng foydatanila boshlandi. 
80-yillar  oxiridan  boshlab,  axborot  tizimlaridan  foydalanish  konsepsiyasi  yanada  uzgarib 
bormokda. Ular axborotning strategik manbai bulib kolmokda va istalgan soxada tashkil etishning barcha 
darajalarida  foydalanilmokda.  Bu  davrning  axborot  tizimlari  axborotni  uz  vaktida  berib,  tashkilot 
faoliyatida muvaffakiyatga erishishga yordam bermokda. 
Sun‗iy intelektni yaratish masalasi insoniyat aqlini alakachonlar egallab olgan. Texnikani xar bir 
rivojlanish okimida masala xal kilinganga uxshaydi. Hattoki xatosiz mantiqiy jarayonlarni bajaradigan, 
shaxmat  uynaydigan  yoki  spektrlarning  murakkab  analizini  bajaradigan  kompyuterlar  insonga  yordam 
beradigan boshqa asboblardan ko‘ra inson intelektiga yaqinlasha olmadi.  


50 
 
Sun‗iy  intelekt  sohasidagi  tadqiqotlar  yo‘nalishi  sun‗iy  intelekt  bo‘yicha  ishlarning  ikki 
yo‘nalishiga  bo‘linishi,  qanday  qilib  sun‗iy  intelekt  tizimlarni  ko‘rish  masalasida  ikki  xil  nuqtai  nazar 
mavjuddir. 
1.  Avvalo natija muhimdir, ya‗ni sun‗iy yaratilgan va tabiy intelektual tizimlar mayillarining yaxshi 
kelishuvi,  sun‗iy  intelektni  ishlab  chikuvchi  nusxa  kuchirmasligi  yoki  hattoki  tabiy  tirik 
analoglarning  maylini  tashqil  qiluvchi  ichki  mexanizmlarga  tegishli  xususiyatlarini  e‗tiborga 
olmasligi kerak. 
2.  Aynan  insoning  aqliy  mayillarni  shakillantiruvchi  usullar  haqidagi  ma‗lumotlar  taxlili  va  tabiy 
fikirlash mexanizmlariniurganish sun‗iy intelektni ko‘rish uchun asos yaratish mumkin, nimagaki 
bu  kurilishlar  avvalo  modellashtirish  kabi  tamoyillarni  kabul  qilishning  texnik  vositalari  va 
biologik ob‗ektlarni vazifalashning konkret xususiyatlarida amalga oshirish kerak. 
SHunday  qilib,  birinchi  yo‘nalish insonni intellektual  faoliyatining  maxsulotlarini  kurib  chikadi, 
uning  tarkibini  intelektual  faoliyatini  turli  kurinigshlarini,  masalalarini  yechish,  teoremalarni  dalillari, 
uyinlarini  ajratib  urgandi,  bu  maxsulotlarni  zamonaviy  texnika  vositalari,  ya‗ni  EHM  lar  bilan  ishlab 
chiqarishga  intilishadi.  Agar  EHMni  konkret  masalalarni  muvoffaqiyatli  yechadigan  qilib  dasturlash 
udalansa, intelektual faoliyatning tegishli turi avtomatlashtirilgan hisoblanadi. 
Sun‗iy  intelektning  bu  yo‘nalishi  muvoffaqiyati  EHM  va  sun‗iy  dasturlash,  kompyuter  fani  deb 
ataladigan  ilmiy-texnik  tadqiqotlarning  kompleksi    rivoji  bilan  bog‘liqdir.  Sun‗iy  intelektning  ikkinchi 
yo‘nalishi intellektual faoliyatning neyrofiziologik va psixologik mexanizmlari haqidagi ma‗lumotlarni 
yanada  kengrok  planda  insonning  aqliy  mayli  karab  chikadi.  Ishlab  chiqaruvchilar  bu  mexanizmlarni 
texnik qurilmalarni texnik qurilmalar yordami bilan ishlab chikishga intilishadi, ularning mayllari inson 
mayillari  bilan  ma‗lum  bir,  oldindan  berilgan  chegaralarga  mos  kelishadi.  Buning  natijasida  insoniy 
faoliyatning  tegishli  turli  avtomatlashtirilgan  hisoblanadi.  Intelektual  robortlarning  yaratilishi  va 
foydalanish bilan bog‘liq muammolarni yechish bunga misoldir. 
Sun‗iy  intellektda  1  avlod  EHMlari  paydo  bulishi  bilan  bir  vaktning  uzida  boshkotirmalarni 
yechadigan,  xar  xil  uyinlarni  uynaydigan  va  teoremalarni  isbotlaydigan  dasturlarni  ishlab  chiqarish 
boshlandi.  Rejalashtiruvchi  tizimi,  uzi  yuruvchi  robort-apparat  xarakatlarini  boshqarish  uchun 
ishlatiladigan  STRIPS  tizimi  hisoblandi.  Bu  robot  xonalarda  xarakatlanishi,  mavjud  ob‗ektga 
yaqinlanishi, ularga tegishli eshiklar orqali utish mumkin. 
Mashinani  intelekt  bo‘yicha  tadqiqotlardan  obrazlarni  tanlab  olish  muommosiga  muhim  e‗tibor 
beriladi. Robototexnikada ko‘rinishli obrazlarni tanlab olish usuli ko‘proq rivojlangan hisoblanadi. 
Bu usullarni amalga oshiruvchi algoritmlar, mashinani yoki texnik ko‘rish tizimining asosiy qismi 
hisoblanadi.  Ular  uchun  turli  optik  tizimlar,  vidiokamera  va  boshqalar  axborot  manbai  hisoblanadi. 
Texnik  ko‘rish  tizimi  yechadigan  asosiy  vazifalarni  ikki  sinifga  ajratish  mumkin;  Inspektsiya  va 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish