Tayanch iboralar: Internet, Elektron pochta, multimedia elektron darsliklar, On-layn
darsliklar, Audio va video darsliklar, Video va audio konferentsiyalar, Internet masofaviy ta‗lim
portali
Adabiyotlar: 4, 5, 6, 9, 19, 25, 28, 29, 40
Masofaviy ta„lim haqida
Masofadan o‘qitishga o‘tgan asrlardayoq, poydevor qo‘yilgan. Hozirgi davrga kelib,
telekommunikativ texnologiyalar vositasida masofadan o‘qitishning keskin sur‗atlarda
rivojlanishi sirtqi ta‗limning bir shakli sifatida alohida e‗tiborga molikdir.
Masofadan o‘qitish metodlari shakllanayotgan va rivojlanayotgan hozirgi bosqichni bu soha
bo‘yicha tajriba to‘plash davri deb nomlash mumkin. Masofadan o‘qitish kurslarini tashqil etgan
va turli sohalar bo‘yicha ta‗lim berishni yo‘lga qo‘ygan pedagoglar jamoasi bu kurslarda
mashg‘ulotlar olib borish bo‘yicha tajriba orttirmoqdalar. Ta‗limni yanada samaraliroq yo‘llarini
izlamoqdalar. Pedagoglarning bu yo‘nalish bo‘yicha izlanishlari masofadan o‘qitishni yangidan
tashqil etuvchi turli soha mutaxassislari uchun foydali bo‘lishi va kelajakda yaxshi samara
berishi mumkin.
Ma‗lumki, masofadan o‘qitish ochiq ta‗lim jarayoniga asoslangan bo‘lib (mashg‘ulot joyining,
vaqti va ta‗lim shaklining erkinligining ta‗limlanganligi), kompyuter vositasida ta‗lim dasturlari,
zamonaviy axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi va yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlashni talab darajasida malaka oshirishning tashqil etilishi pedagoglardan yuksak darajada
bilim va mahorotni talab etadi.
Shu sababli ham masofadan o‘qitish metodikasining istiqboli zamonaviy axborot va
telekommunikativ texnologiyalar va ilmiy-texnikaviy hamda o‘quv-metodik axborotlarni ta‗lim
jarayonida qo‘llanilishiga bevosita bog‘liqdir. Ular masofadan o‘qitish metodlarining kengayishi,
aholining ma‗lum qismi uchun ta‗limning sifatli holda yetkazilishi darajasining o‘sishi,
harakatlari chegaralangan insonlarga ta‗lim berish, kunduzgi ta‗lim tizimidan foydalana
olmaydigan shaxslar uchun qulay ta‗lim tizimi yaratishga mo‘ljallanmog‘i lozim.
Masofadan o‘qitishni amalga oshirish uchun aniq tanlangan va o‘zaro ta‗sirda bo‘lgan, bir-biriga
muvofiq quyidagi uch omillar bo‘lishi zarur:
1.
O‘quv va metodik adabiyotlar
82
2. Nazariy tizim
3. Tashqiliy shakllar
Masofadan o‘qitish tizimi an‗anaviy ta‗lim tizimi shakllariga nisbatan o‘quv kurslarining
qulayligini, doimiy ravishda ta‗lim sifatini ko‘tarib borilishi, masofadan o‘qitish metodlarining
qo‘llanilish sohalarining kengayishi, mustaqil ta‗lim hajmining kattaligi, o‘quv-metodik ta‗minot
shakllarining turli-tumanligi masofadan o‘qitish jarayonining samaradorligini keskin sur‗atda oshirib,
ta‗lim oluvchining qaysi joydaligidan qat‗iy nazar katta ahamiyatga molik bo‘ladi. Boshqa tomondan
masofadan o‘qitish tizimining qulayligi tufayli o‘quv, auditoriya, o‘quv-metodik qo‘llanma va
elektron kutubxonalardan foydalanish, zamonaviy hisoblash texnikasi, global va lokal kompyuter
tarmoqlarini qo‘llash tyunerni tayyorlash, ma‗muriy bo‘linmalarning xodimlarini tayyorlash va
moliyaviy ta‗minot kabi muammolar ham o‘z yechimini topdi.
Masofadan o‘qitish tizimidan foydalanishida o‘tgan yillarda orttirilgan jaxon tajribasi
ma‗lumotlarini taqqoslash, tahlil etish vositasida masofadan o‘qitish metodlarining alohida ahamiyat-
jihatlarini ajratib olishga imkon yaratib, quyidagi ta‗lim metodlari belgilab berildi:
fundamental ta‗limning sifatini ko‘tarish;
axborot va telekommunikativ texnologiyalarni qo‘llanib amalga oshiriladigan ommaviy ta‗lim
metodlarining o‘sishi;
insonlarda ijodiy tafakkurning rivojlanishi va shaxslarning shakllanishi;
olamning yaxlit manzarasini shakllanishida fundamental tabiat qonunlarini va ijtimoiy qonunlarni
o‘rganish.
Insonning o‘z-o‘zini anglab borishida ta‗lim tizimi islohotlari va unda haqiqatdan ham o‘quv
jarayoni markaziy o‘rinni egallashi kabi masalalardir. Bunda ta‗lim oluvchidan mustaqillik,
tashqilotchilik hamda mas‗uliyatlilik talab etiladi.Universitetdagi an‗anaviy ta‗limda talaba unga
o‘qituvchi bergan topshiriqlarnigina bajaradi (masalan, yangi mavzuni tinglaydi, uy vazifalarini bajaradi).
Bunday ta‗lim jarayonida o‘qituvchining o‘zi faol buladi. U mashg‘ulotning qanday olib borilishi, o‘quv
matereali va topshiriqlarni, savollarni tayyorlaydi talabalarning murakkab vaziyatdan chiqib ketishiga
yo‘llanma beradi. Dars jaraenida qulay muhit yaratishga harakat qiladi.
Masofadan o‘qitish an‗anaviy ta‗lim tizimini har qanday insonni o‘qita olishi, har qanday
vaziyatlarda va uning o‘zi istagan vaqtda muloqot bo‘lishi jihati bilan ham yanada to‘ldiradi. Masofadan
o‘qitish tizimining taraqqiyoti quyidagilarga bog‘liq:
Qulay sharoit - ta‗limning muntazamliligi, eng zamonaviy o‘quv vositalaridan foydalanishi,
ta‗limning kutilayotgan darajasiga intilishi.
Modullik - Har bir alohida fanning, turli o‘quv dasturlari asosida shakllananishidan qat‗iy nazar
umumiy yaxlitlikning tashqil etilishi. Bu o‘quvchilarning ta‗limiy ehtiyojlarini individual yeki guruhiy
ravishda yondoshgan holda amalga oshirishni ta‗minlaydi.
Masofadan o‘qitishda o‘qituvchi pedagogning yangi, muhim vazifalari bo‘lib, talabaning mustaqil
ta‗lim olishida ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish, shaxsiy o‘qituvchi-maslahatchi rolini bajarishi
hisoblanadi.
Jahon tajribasining bu sohadagi tahlili masofadan o‘qitish tizimining iqtisodiy samaradorligi
an‗anaviy ta‗lim shaklidan 50 foiz yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |