Microsoft Internet Explorer brauzeri bilan tanishish Internetda ishlash uchun bizga maxsus dasturlar «internet yulovchilari» yordam
berishadi. Uni ishga tushirish uchun biz Pusk menyusiga kirib Programm bo‘limni tanlaymiz va
shu bo‘limda Internet Explorer dasturni tanlaymiz.
Har bir dastur oynasiga uxshab bu dastur ham uzining menyusi va yordamchi tugmalariga
ega. Dasturda ishlash uchun biz ularni har bittasini bilishimiz shart. Oynaning eng yuqorisida
menyu satri joylashgan. Bu dasturni ishlash holatlarini to‘g‘ri o‘rnatish uchun biz menyudan
foydalanamiz. Quyida biz shu menyuning har bir bo‘limini alohida ko‘rib chikamiz.