Xan davri
Xitoyda boshqa qadimgi sharq mamlakatlaridan farq qilgan holda xalq qo`zg`olonlari tez-tez
bo`lib turgan. Xalq qo`zg`olonlari ijtimoiy tabaqalanishni kuchayishi, dehqonlarni ommaviy
yersizlanishi, turli xil soliqlarni oshib ketishi, yerni sudxo`rlar, katta yer egalarini qo`lida to`planib
qolishi, harbiy va mehnat majburiyatini o`sib ketishi dehqonlarni qo`zg`olonloariga sabab bo`ldi.
Qadimgi Xitoydagi eng kuchli ikki qo`zg`olonni aytish mumkin “Qizilqoshlilar” (eramizning 18-25
yillari) va “Sariq peshonabog`lilar” (184-207 yillar).
Dehqonlarni xonavayron bo`lishi, ijtimoiy tabaqalar o`rtasida keskinlikni kuchayishi
mamlakatda islohotlar o`tkazish orqali ularni yumshatish ko`zda tutiladi. Shunday islohotlardan
birini ilk Xan sulolasi taxt vorisi shahzodaning regenti
1
katta amaldor Van Man o`tkazdi u ilk Xan
sulolasi hukmronligiga eramizning 8 asrida chek qo`ydi va 9 yilda o`zini imperator deb e`lon qilib
yangi Sin sulolasiga asos soldi. Yangi imperator (eramizni 9-23 yillarida) qator islohotlarni e`lon
qildi. Barcha yerlar imperatorni mulki deb e`lon qilindi, xususiy qullar – “xususiy qaram” deb
ya`ni ular davlat qullariga aylantirildi, lekin xususiy kishilarga qaram bo`lib qoldilar. Yer va qul
oldi-sottisi taqiqlandi. Van Man yersiz dehqonlarni yer bilan taminlashga hamma uchun teng yer
ulushi ajratishga va`da berdi, lekin bu amalga oshmadi. U davlat daromadlarini oshirish uchun
sudxo`rlikka qarshi kurash bahonasida sudxo`rlik operatsiyalarini davlat qo`l ostida to`plashga
urindi, bir necha marta pul zarbini o`zgartirdi, soliqlarni oshirdi. Islohotlarga yirik yer egalari
qattiq qarshilik ko`rsatdilar. Van Man 12 yilda yerni qayta bo`lishdan va xususiy qulchilikni bekor
qilishga majbur qildi. U eramizning 17-yilida har bir qul uchun 3600 tanga hajmida bir yillik
soliqni joriy qildi. Eramizning 18-yilida mamlakatda ochlik boshlandi. Eramizning 11-yilida
Xuanxe oqimini o`zgartirdi. 14-yil mamlakatda qurg`oqchilik boshlanib, chigirtka bosdi.
Hokimiyatdan chetlashtirilgan Xan sulolasi tarafdorlari Van Manni ochlikni aybdori deb
aybladilar. G`alayonlar kuchli xalq qo`zg`oloniga aylanib ketdi. Eramizni 58-75 yillarida saroy
tarixchisi Ban Gu uning otasi Ban Byao va singlisi Ban Chjao bilan birga yozgan “Ilk Xan
tarixidan” parchalar keltirilgan. Hamda eramizni V asrida Fan. E. tomonidan yozilgan “So`ngi
Xan tarixi” eramizni 25-220 yillaridagi voqealarni qamrab olgan asardan parchalar bu mavzuda
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |