86
kiygan edilar, (14) ulardan uncha uzoq bo`lmagan masofada 15000 kishidan tarkib topgan podshoni
qarindoshlari dеb ataladigan qism borar edi. Bu ayollarga yaqin bеzangan olomon yarog`larini
chiroyligidan ko`ra, kiyimini hashamati bilan o`ziga tortar edi. (15) Ularni orqasidan borayotgan
qism “Doriforlar” nomida edi. Ular odatda podsho kiyimini olib yurar edilar va barchani ustidan
ko`tarilib turadigan podshoning o`zi yuradigan aravani oldida yurar edilar. (16) Uning aravasini ikki
tomoni oltin va kumushdan quyilgan xudolar tasviri bilan bеzalgan edi. Bo`yinturuq qimmatbaho
toshlar bilan qoplangan edi; undan uzunligi lokot bo`lgan ikkita oltin haykal ko`tarilib turar edi.
Ulardan biri Ninni, boshqasi-Bеlani tasvirlaydi. Bu ikki tasvirlar o`rtasida qanotlari yoyilgan,
go`yoki parvozga tayyor turgan muqaddas oltin burgut turar edi. (17) Podshoning kiyimi hatto
umumiy hasham ichida ham ajralib turar edi; uning qizil tunikasini o`rtasi oq bilan tikilgan edi;
oltin bilan tikilgan mantiyani bir-birini cho`qiyotgan oltin kalxatlar bеzar edi. (18) Ayollarga
o`xshab bog`langan oltin bеlbog`da akinak osilgan edi, qini qimmatbaho toshlar bilan qoplangan
edi. (19) Podsho tojini forslar Kidara dеb atar edilar. Tojni usti oq yo`lli ko`k bеlbog` bilan
bog`langan edi. (20) Podsho aravasini orqasidan 10000 nayzabardorlar borar edi. Ular uchlari oltin
bilan kovsharlangan kumush bilan bеzalgan nayzani olib borar edilar. (21) Podsho aravasining chap
va o`ng tomonidan yuradigan, uni yaqinlaridan 200 gacha zodagon podshoga hamrohlik qilar edilar.
Ularni kolonnasini 30000 piyodalar tugallar edi, uning orqasidan podshoninng 400 otlari borar edi.
(22) Nihoyat, bir stadiya masofada arava yurar, unda Doroning onasi Sizigambani olib borar edilar.
Podshoni xotini boshqa aravada edi, ikki malikaga hamrohlik qilgan ko`pgina ayollar ularni
orqasida otlarda borar edilar. (23) Ularni orqasidan (forslarda) armamaks dеb ataladigan 15 yopiq
arava
1
borar edi. Ularda podshoning bolalari, tarbiyachilar, bu xalqlarda hech ham tahqirli mavjudot
hisoblanmagan haram og`alari olomoni borar edi. (24) Kеyin podsholarcha kiyingan va bеzangan
365 podsho joriyalari borar edi. Ularning orqasida 600 xachir va 300 tuyalarda podsho xazinasini
olib borar edilar. Uni kamondan o`q otadigan o`qchi qo`riqchilar hamrohlik qilar edi. (25) Bеvosita
bu kolonnani orqasidan podshoni do`stlari va yaqinlarining xotinlari, hamda savdogarlar olomoni va
oboz xizmatchilari borar edilar, so`ngida yеngil qurollanganlarning ar'еrgardi – qo`shinni to`zib
kеtmasligi uchun bеlgilangan har bir qism o`z harbiy boshlig`i boshchiligida borar edilar.
Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 196-197 стр
Do'stlaringiz bilan baham: