Қадимги юнон-рим тарихи



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

YU.V.Andreev tarjimasi) 
 
Ikki  o`lchov  toza  anjir,  3  yosh  vino,  kimki  agar  hammasini  bera  olmasa  yarmisini  bersin. 
Agar garopogastlar yashirib qo`yilgan yoki taqsimlanmagan mevalarni topsalar, ularni olsinlar, ular 
bu uchun jazolanmaydilar. Aybdor mevalarni qiymatini va jarimani yozilganidek to`lasin. 
 
 
                                                Aristotel 
Kritning davlat qurilishi haqida(siyosat II e. Per.SА Jebeleva) 
  
2. 
Krit davlat qurilishi lakedemonlarga yaqin. Uning ba`zi belgilari yolg`on emas, ko`p qismi 
esa  ozroq  san`at  bilan  yaratilgan.  Ehtimol  –bu  rivoyatlar  bilan  tasdiqlanadi.  Lakedemon  davlat 
qurilishi  o`zining  ko`p  qismlarida  Krit  davlatiga  taqlid  qilingan.  Ma`lumki,  ko`p  hollarda  eski 
muassasalar keyingilarga qaraganda kamroq ishlangan bo`ladi. 
Rivoyatlarga 
ko`ra 
Likurg 
podsho  Xarill  ustidan  homiylikdan  bosh  tortgandan  keyin  sayohatga  jo`nab  qarindosh  bo`lgani 
uchun ko`p vaqtini Kritda o`tkazadi.  
Likta  aholisi  lakedemeon  kolonistlari  edi;  ular  koloniyalar  barpo  qilishga  borib,  mahalliy 
aholidan ularda mavjud bo`lgan qonunlarni qabul qildilar.   
Hozir  ham  perieklar  birinchi  bor  Minos  o`z  qonunlarida  o`rnatgan  qoidalar  bo`yicha 
boshqariladilar.  
3. 
Krit  oroli  tabiatan  Yunoniston  ustidan  hukmronlik  qilishga  buyurilgan.  Uning  geografik 
joylashuvi  ajoyib,  u  dengiz  bilan  tutashgan,  uning  atrofida  barcha  yunonlar  o`z  manzilgohlariga 
ega.  Bir  tomondan  u  Peloponnesdan  boshqa  tomondan  Osiyodan,  aynan  Trioniya  hududi  va 
Rodosdan  uzoq  bo`lmagan  oraliqda  turadi.  Mana  shu  sababli  Minos  dengiz  ustidan  o`z 


 
 158 
 
 
hukmronligini  orollardan  birlarini  o`z  hokimiyatiga  bo`ysundirdi,  qolganiga  aholini  joylashtirdi, 
oxirida Sitsilyaga hujum qilib u yerda Kamika yonida o`z xayotini tugatdi.  
4. 
Krit  va  Lakedemon  tartiblari  o`rtasidagi  o`xshashlik  quyidagicha:  spartaliklar  uchun 
perieklar  ishlaydilar.  Spartalik  va  kritliklarda  sissitiyalar  mavjud.  Ilk  vaqtda  lakedemonlarda 
kritliklarda kabi fiditiya emas u yerdan o`zlashtirilgani yaqqol dalili sifatida andriya deyilgan. Yana 
siyosiy tuzum. Kritliklarga kosma deb ataladiganlarga tegishli hokimiyatga eforlar ham ega. Farqi 
shundaki  eforlar  soni-  beshta,  kosmalar-  o`nta.  Gerontlar  kritliklar  kengash  deb  ataydigan 
gerontlarga  to`g`ri  keladi.  Qadimda  podsho  hokimiyati  mavjud  edi.  Lekin  kritliklar  uni  bekor 
qildilar. Urushda yo`lboshchilik qilish ularda kosmalarga tegishli. 
5.  Xalq  yig`inida  barcha  qatnashadi,  lekin  xalq  yig`ini    biror  bir  mustaqil  qaror  chiqarish 
huquqiga  ega  emas,  faqat  geront  va  kosmalarni  qarorlarini  tasdiqlaydi.  Kritliklarda  sissitiya 
lakedemonlarga  qaraganda  yaxshi  ahvolda.  Lakedemonlarda  har  bir  kishi  tegishli  to`lovni  amalga 
oshirishi  kerak-aks  holda  qonun  uni  fuqarolik  huquqidan  mahrum  qiladi.  Bu  to`g`rida  yuqorida 
aytilgan  edi.  Kritda  sissitiyalar  umumxalq  jihatiga  ega.  Barcha  hosildan,  barcha  mevadan  davlat 
oladigan  barcha  daromadlardan,  perieklar  to`laydigan  badallardan,  diniy  marosim  va  umumdavlat 
xarajatlariga bir qism, boshqa qismi sissitiyalarga ajratiladi. Shunday qilib hamma, ayollar, bolalar 
va erkaklar davlat hisobidan ovqatlanadilar.  
Qonunshunos  o`z  foydalariga    kam  yeyishlari  uchun  ko`p  chora  tadbirlarni  o`yladi.  Ayollar 
ko`p bola tug`masligi uchun ayollarni erkaklardan ajratish uchun, erkaklarni erkak bilan yashashini 
kiritdi, bu ish yomonmi, yomon emasmi boshqa muhokama qilish uchun qulay payt keladi.  
5.  Sissitiya  kritliklarda  lakedemonlarga  qaraganda  yaxshi  ekanligi  aniq.  Aksincha  ularni 
kosmalari  bilan  ishi  Sparta  Eforlariga  qaraganda  yanada  yomon  ahvolda.  Eforlar  muassasiga  xos 
bo`lgan  salbiy  xususiyatlar  kosmalarga  ham  tegishli,  ularning  safiga  tasodifiy  odamlar  tushib 
qoladi.  Bu  yerda  davlat  tuzumi  uchun  foydani  topa  olmaymiz.  U  yerda  eforlar  hammani  ichidan 
saylanadi, shu bilan xalq oily hokimiyatga ega bo`ladi, mavjud davlat tartiblarini saqlashni istaydi. 
Bu  yerda  esa  kosmalar  hammadan  saylanmaydi,  faqat  ma`lum  bir  ulug`lar  gerontlarni  esa  avval 
kosma bo`lganlardan saylaydi.  
6.  Ular to`g`risida ham Lakedemon gerontlari to`g`risidagilar haqida aytilishi mumkin. Ularni 
masulyatsizligi va almashtirilmasligi, ularni g`ururiga nisbatan o`ta yuqori faxr, ular boshqaradilar 
bu xavfsiz emas. Bu boshqaruvning to`g`riligidan dalolat bermaydi. Eforlardan aksincha kosmalarni 
sotib  olib  bo`lmaydi,  chunki  ularni  sotib  olish  mumkin  bo`lganlar  uzoqda,  orolda  yashaydilar. 
Kritliklar  xatolarni  tuzatish  uchun  foydalanishga    urinayotgan  vositalar  esa  politiya  tuzumi  uchun 
yaroqli bo`lmay sulola tuzumi uchun yaroqlidir.  
7.  Aynan  ko`p  hollarda  kosmalarga  qarshi  ularni  o`zlarini  hamrohlari  yoki  xusususiy  kishilar 
qarshi  chiqib  ularni  haydab  yuboradilar,  hamda  kosmalarni  o`ziga  o`z  vazifalarini  bajarayotgan 
vaqtida undan voz kechishga ruxsat beradilar. Albatta bularni barchasi odamlarni nuqtai nazaridan 
emas  qonuniy  asosda  yuz  bersa  yaxshi  bo`lar  edi,  chunki  bu  tadbir  xavfsiz  emas.  Eng  yomoni 
tartibni  to`la  bekor  qilinishi  ehtimoli  mavjudligidir.  Bu  o`zlariga  tahdid  solayotgan  sudga 
bo`ysunishni  istamagan  qudratli  kishilar  tomonidan  tez  -  tez  amalga  oshiriladi.  Shundan  yaqqol 
ko`rinadiki, Krit tuzumi politiyadan ko`ra   qandaydir  bir  nimaga  ega,  ammo  bu  politiya  emas, 
balki  suloladir.  Zodagonlar  odatda  xalq  va  do`stlarini  o`zlariga  ergashtirib  anarxiyani  yaratadilar, 
o`zaro kurash va nizolarni keltirib chiqaradilar. 
8.  Bunday holat davlat hayotini vaqtinchalik to`xtalishidan umuman nima bilan farq qiladi? Bu 
bilan  davlat  muloqoti  buzilmaydimi?  qaysiki  davlat  yuqorida  bayon  qilingan    ahvolda  tursa,  katta 
xavf tug`iladi. Agarda kim istasa unga hujum qilish qobiliyatiga ega bo`ladi. Yuqorida aytilganidek 
bu tuzum davlatni geografik joylashuvi, tufayli qutulib qoladi; uzoqda joylashganlik chet elliklarni 
haydab yuborishiga qaratilgan tadbir-oqibatlarga olib keladi. Shu sababli kritliklarda perieklar  tinch 
turadilar, shu bilan birga ilotlar tez-tez qo`zg`olon ko`taradilar. Kritliklar o`z orollaridan  tashqarida 
mulkka ega emaslar, faqat yaqinda ularga begona yerni urushi yetib bordi. Bu mahalliy qonunlarni 
zaifligini ko`rsatdi. Qayta davlat qurilishi to`g`risida aytilganlar yetarli deb hisoblayman. 
9. 
Kritda  bir  necha  shaharlar  bor:  eng  katta  va  mashhurlari  uchta:  Knoss,  Gortina  va 
Kidoniya. Ayniqsa  Knossni  Gomer  “Buyuk va  Minosni poytaxti” deb aytadi, hamda keyingi davr 


 
 159 
 
 
yozuvchilari  ko`klarga    ko`taradilar.  Haqiqatda  ham  shahar  uzoq  vaqt  orolda  qudrati  bo`yicha 
birinchi  edi.  Keyinchalik  u    o`zining  ko`pgina  qonuniy    afzalliklaridan  mahrum  bo`lib  o`z 
ahamiyatini yo`qotdi, uning shuhrati Gortina va Liktaga o`tdi. 
10.  Kritga kelganda qadimda orol yaxshi qonunlarga ega edi, yunonlarni eng yaxshisi birinchi 
navbatda lakedemonlar bu munosabatda uning taqlidchilari edilar. Platon bu haqda o`z “Qonunlar” 
ida,  hamda  Efor  “Yevropa”  asarida  uning  davlat  qurilishi  to`g`risida  bayon  qiladi.  Oqibatda  Krit 
qonunlari  salbiy  tomonga  o`zgardi.  haqiqatdan  ham  boshqalardan  ko`ra  bosqinlari  bilan  “bizni  
dengizni”  ko`p  bezovta  qilgan  tirrenlardan  keyin  dengiz  qaroqchiligini    mashg`ulotini  meros  qilib 
oldilar. 
11.  Knossdan  keyin  mening  fikrimcha  ahamiyati  jihatidan  ikkinchi  gortinlikalar  shahri  deb 
o`ylayman.    Amalda  bu  ikki  shahar  sirtdan  harakat  qildilar,  ba'zida  ular  boshqalarni  bo`ysundirib 
turdilar,  qachonki ular arazlashganda oroldagi barcha ishlar yomonlashdi. Kidoniya qaysi tomonga 
qo`shilgan bo`lsa,  o`sha tomon keskin boshqalardan yuqori bo`ldi. Gortinaliklar shahari tekislikda 
yotadi, qadimda u Gomerni aytishicha devorlar bilan o`rab olingan.  
12.  Devorlar  bilan  mustahkamlangan  Gortina  (il.  II.  646).  Keyinchalik  esa  shaharning 
devorlari asosigacha buzib tashlandi va umrbod devorsiz qoldi. Ptolemey Filopator devor qurilishini 
yangidan  boshlagan  bo`lsada,  faqat  8  stadiya  atrofida  yetkazishga  ulgurdi.  Shahar  qo`rg`oni 
qachonlardir aylanasi 50 stadiya atrofidagi maydonni egallagan edi. Liviya dengizidan Lebengacha 
uning  savdo  porti-shahar  90    stadiyada  turadi.  Yana  boshqa  130  stadiyadagi  Matal  -  gavani  bor. 
Lefey daryosi butun shahar orqali oqib o`tadi.  
13.  Minos  tomonidan  bir  metropoliyaga  birlashtirilgan  uch  shahardan  oxirgisi  bu  Fest  edi. 
Goritnaliklar uni buzib tashladilar. Fest Gortinadan 60 stadiya, dengizdan 20, Matal kema bekatidan 
40  stadiyada  turadi.  Shahar  hududiga  endilikda  uni  buzgan  gortinaliklar  egalik  qiladilar.  Ularga 
yana Fest bilan birga Rittiy keng va Fest (il II. 648)/ … 
14.  Efor  tasvirlagan  kritliklarni  davlat  qurilishiga  kelganda eng muhimlariga to`xtash yetarli. 
Eforning  so`ziga  ko`ra  qonunshunos  ko`rinishidan  erkinlik  barcha  davlatlar  uchun  oliy  baxt 
tushunchasini qoida asosida qabul qiladi. Faqat birgina erkinlik kimni baxtga egaligini ta'minlaydi, 
qachonki qullikda olingan baxt boshqariluvchilarga emas, hokimlarga tegishli. Kim  erkinlikka ega 
bo`lsa uni  himoya  qilishi lozim. Yana kelishuv  g`arazli  manfaat  va  hashamatdan kelib  chiqadigan 
kelishuvchiliklar bartaraf qilingan joyda paydo bo`ladi. haqiqatan agar fuqarolar mo`tadil va oddiy 
hayot  kechirsalar  ularda  hasad  ham,  dimog`dorlik  ham  o`ziga  teng  bo`lganlarga    nisbatan  nafrat 
ham  bo`lmaydi.    Shu  sababli  qonunshunos  o`smirlar  “qismlar”  deb  ataladiganga,  kattalar  umumiy 
ovqatlanadigan  “andriya”  deb  ataladigan  to`plansinlar,  qaysiki  jamoa  hisobidan    ovqatlanadigan 
kambag`allar  boylar  bilan  teng  ulushga  ega  bo`lsinlar.  O`smirlar  dovyurak,  qo`rqoq  bo`lmay 
yetishlari  qaysiki ular issiq va sovuqni, toshloq, og`ir yo`llarni mensimaslikni gimnasiya va safda 
kurashni o`rganishlari uchun  ularni bolaligidan quroldan foydalanishga va og`ir mehnatga  o`rgatar 
edilar.  Ularga  nafaqat  kamondan  o`q  otish  mashqlari  kiritilib  qolmay,  shuningdek  harbiy  raqs 
mashqlarini o`rgandilar. Keyinchalik uni tartibga solgan kishi nomi bilan raqs pirrixa degan nomda 
ham  mavjud  edi,  shunday  qilib  hatto  ularning  o`yinlari  ham  urush  uchun  foydali    bo`lgan 
mashqlardan  xoli  emas  edi,  qo`shiqlarda  ham  Falet  tomonidan  kashf  etilgan  qahramonlik  Krit  
ohanglaridan  foydalanish  kerak  edi,  Faletga  Kritlikliklar  peanlar  va  boshqa  mahalliy  qo`shiqlar  
to`plamlarini  to`qiganini,  hamda  ko`pgina  odatlarni  kiritilishini  taqadilar.  Ular  harbiy  ko`ylak  va 
poyafzal kiyishga majbur edilar, ular uchun eng qimmatli sovg`a  qurol edi. 
15.   Eforni  aytishiga  ko`ra  va  ba'zilar  tasdiqlashicha  kritliklarniki  deb  sanalgan  ko`pgina 
odatlar kelib  chiqishi lakedemonlarnikidir.  Haqiqatda esa ularni birinchi bo`lib kritliklar  kiritdilar. 
Spartaliklar  esa  takomillashtirdilar.  Qachonki  Krit  shaharlari,  asosan  knossliklar  shahri  bosqinga  
uchragach,  ular  harbiy  ishni  tashlab  qo`ydilar.  Knossliklarning  ba'zi  qoidalari  o`zlaridan  ko`ra 
liktiyaliklar, gortinaliklar va boshqa bir necha shaharchalarda saqlanib qoldi. haqiqatan ham lakon 
qonunlarini  eng  qadimgi  deb  tasavvur  qilib  liktiyaliklarni  odatlarini  dalil  qilib  ko`rsatadilar. 
Shuning uchun liktiyaliklar kolonistlar sifatida metropoliyani urf-odatlarini saqlab qoldilar deb ular 
gapiradilar.  Biroq  alo  tartib-qoida  va  davlat  qurilishiga  ega  bo`lganlar  bilan  yomon  muassasa 
o`xshatuvchilarini tasvirlash noqulaydir. 


 
 160 
 
 
16.  Eforni  tasdiqlashi  bo`yicha  bu  notog`ri,  bir  tomondan  hozirgi  mavjud  bo`lgan  narsalar 
asosida ularni  qadimgi holati to`g`risida xulosa chiqarish kerak emas, chunki uning ham boshqasi 
ham o`z qarama-qarshiligiga aylanadi. Misol uchun avvalgi vaqtlar kritliklar dengizda hukmronlik 
qildilar, hatto o`zlariga ma'lum bo`lgan narsalarni bilmaydiganlar kritliklar haqida “Kritlik dengizni 
bilmaydi” degan gap yurar edi. Biroq, endilikda ular dengizchilik ishini tashlab qo`ydilar. Boshqa 
tomondan  albatta  Kritdagi  sparta  urf-odatlarini  saqlab  turish  kerak  degani  emas.  Ko`pincha 
koloniyalar o`z vatanlari urf-odatlarini saqlab qolmaganlar. Sparta koloniyalari bo`lmagan Kritdagi 
boshqa ko`pgina shaharlar u bilan o`xshash urf-odatlarga ega. 
17.  Keyin  Efor  hikoya  qiladi:  Likurg  Kritda  koloniya  barpo  qilgan  Alfemendan  beshinchi 
avlod  spartalik  qonunshunos.  Tarixchilarni  xabar  berishicha  Prokl  yangidan  Spartani  aholi  bilan 
to`ldirgan  bir  paytda  Argosga  asos  solgan  Kissni  o`g`li  Alfemen  edi.  Likurg  boshqalar  tan 
olganidek  Proklning  oltinchi  avlodi  edi.  Nusxalar  aslidan,  yangi  eskidan  oldin  bo`lmaydi. 
Lakedemon  odatlaridan bo`lgan raqs qonun bo`yicha ijro etiladigan ohang va  peanlar va  ko`pgina 
boshqa  urf-odatlar  ularda  Kritdan  ekanligi,  go`yoki  ular  Kritda  paydo  bo`lgan.  Spartani  ba'zi  oliy 
davlat lavozimlaridan  ba'zilari Kritdagidek boshqaruv va nomlarga ega, misol uchun “oqsoqol” va  
“suvoriylar” lavozimlari. Kritda  “suvoriylar” haqiqatda otlarga ega. Shundan xulosa kelib chiqadi. 
Kritda  “suvoriy”  lavozimi  qadimiyroq,  u  o`zini  haqiqiy  nomini  saqlab  qoldi.  Sparta  “suvoriylari” 
otlarni  saqlamaydilar.  Biroq  Sparta  eforlari  Krit  kosmalari  bilan  bir  xil  funksiyalarni  bajarsalarda, 
boshqa nomga ega. Kritliklarda umumiy ovqatlanish hozir ham “andriya” deb nomlanadi, qachonki 
spartaliklarda  avvalgi    nomi  saqlanib  qolmagan.  Alkmanda  har  ehtimolga  qarshi  quyidagilarni 
topamiz. 
  

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish