Davriy jadval, Mendeleyev davriy sistemasi


Mendeleyev davriy sistemasi



Download 78,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi78,55 Kb.
#237119
1   2   3
Bog'liq
Kimyoviy elementlar davriy sistemasi - Vikipediya

Mendeleyev davriy sistemasiKimyoviy elementlar davriy sistemasi — 

D. I.


Mendeleyevning

 oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi,

davriy qonunning grafik ifodasi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasi s. mavjud elementlarning

hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obʼyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi

va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi.

OʻzMEdan



Mendeleyevgacha ham kimyoviy elementlarni sistemaga solishga urinib koʻrilgan (fransuz

kimyogari J. Dyuma, nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L. Meyer, ingliz kimyogari U. Odling,

amerikalik olim J. Nyulends va boshqalar).

J. Nyulends 1863 yilda elementlarni atom ogʻirliklari ortib borishi tartibida ketma-ket

joylashtirib, har qanday elementdan hisoblaganda sakkizinchi element birinchi elementning

xossalarini, muzikadagi sakkizinchi notaga oʻxshash, maʼlum darajada takrorlashini topdi.

Nyulends bu qonuniyatni „oktavalar krnuni“ deb atadi va unga asoslanib, oʻziga maʼlum

elementlarni guruh (sakkizlik)larga boʻlishga urinib koʻrdi. 1864 yilda L. Meyer kimyoviy

elementlarni valentliklariga qarab olti guruhga boʻldi. Shunday qilib, Mendeleyevdan oldin

elementlarni kimyoviy oʻxshashliklari asosida guruhga boʻlishdan nariga oʻtilmadi. Bu olimlar har

qaysi elementni boshqa elementlardan mutlakr ajralgan holda olib qarashdi. Mendeleyev,

oʻzidan ilgari oʻtgan tadqiqotchilarning aksicha, elementlarning atom massasi qiymatlariga, fizik

va kimyoviy xossalariga katta eʼtibor berdi. Mavjud elementlarni atom massasi ortib borishi

tartibida joylashtirib, elementlarning xossalari va ularning birikmalari ham oʻsha tartibda asta-

sekin oʻzgarib borishini va maʼlum xossalarning oʻzi elementlar qatorida davriy suratda, yaʼni bir

necha elementdan keyin takrorlanishini aniqladi. Bu krnuniyat davriy qonunda oʻz ifodasini topdi.

Mendeleyev davriy qonunni quyidagicha taʼrifladi: oddiy moddalar (elementlar)ning xossalari,

shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom massasilariga

davriy ravishda bogʻliq boʻladi. U barcha elementlar boʻysunadigan davriy qonunni toʻliq

namoyon qildi va baʼzi elementlar (chunonchi: berilliy, lantan, indiy, titan, vanadiy, erbiy, seriy,

uran, toriy)ning oʻsha vaqtda qabul qilingan atom massasini 1,5—2 marta oʻzgartirish, baʼzi

elementlar (kobalt, tellur, argon)ning joylashish tartibini oʻzgartirish va nihoyat 11 elementning

(fransiy, radiy, aktiniy, skandiy, galliy, germaniy, protaktiniy, poloniy, texnetsiy, reniy, astat) kashf

qilinishi kerakligini oldindan aytib berdi.

Elementlarning xossalari kuyidagi tartibda oʻzgaradi (jadvalga k,.). Faol 

ishqoriy metall

 — 

litiydan


soʻng faolligi kamrok, 

metall


 — 

berilliy


, undan keyin kuchsiz 

metalloidlik

 xossalarga va

metallarning baʼzi xossalariga ega boʻlgan 

bor

 turadi. Qatorda bordan keyin 4 valentli



metalloid — uglerod, soʻng metalloidlik xossalari yanada ravshanroq ifodalangan azot, yaqqol

metalloid — kislorod va niho-yat eng faol metalloid, yettinchi element — ftor keladi. Yuqorida

aytib oʻtilgan 7 ta element xossalarining qisqacha taʼrifidan koʻrinadiki, litiyda ifodalangan

metallik xossalari bir elementdan ikkinchisiga utishi bilan asta-sekin zaiflashib, metalloidlik

xossalari kuchayib boradi va ftorda eng yuqori darajaga yetadi. Shu bilan birga atom massasilari

ortib borgan sari elementlarning kislorodga nisbatan valentligi litiyda birdan boshlab, undan

keyingi har qaysi elementda muntazam suratda bittadan ortib boradi. 

Ftordan


 keyin keladigan

element — neon boshqa elementlar bilan birikmaydigan inert gazdir.

Neondan

 soʻng (keyingi qatorda) litiyga oʻxshash bir valentli metall — 

natriy

 keladi. 



Natriydan

keyin elementlar xossalarining oʻzgarib borishi tartibga qarab joylashadi, yaʼni yuqoridagi holat




takrorlanadi. Darhaqiqat natriydan soʻng berilliy analogi boʻlgan magniy keladi; undan keyin

alyuminiy turadi. 

Alyuminiy

, garchi bor kabi metalloid boʻlmay, balki metall boʻlsa ham, u baʼzida

metalloidlik xossalarini namoyon qiladigan elementdir. Alyuminiydan keyin koʻp jihatdan

uglerodga oʻxshash toʻrt valentli metalloid — kremniy, undan soʻng kimyoviy xossalariga koʻra,

azotga oʻxshash besh valentli fosfor, soʻngra metalloidlik xossalari kuchli ifodalangan

element — oltingugurt undan keyin juda faol metalloid boʻlgan xlor, va, nihoyat, yana inert gaz —

argon keladi. Maʼlum sondagi elementlardan keyin, goʻyo orqaga, dastlabki nuqtaga qaytish yuz

beradi; shundan keyin, maʼlum darajada, undan oldingi elementlarning xossalari xuddi oʻsha

tartibda, ammo sifat jihatidan farq qilgan holda takrorlanadi.

1869


 yilda Mendeleyev davriy sistemaning birinchi variantini tuzdi. Bu sistemada u barcha

elementlarni davrlarga boʻldi (u paytda 63 element maʼlum boʻlib, ular 19 ta gorizontal va 6 ta

vertikal qatorga joylashtirilgan edi) va xossalari bir-biriga oʻxshagan, hosil qiladigan birikmalari

oʻxshash boʻlgan elementlarni bir-birining ostiga tushadigan qilib, bu davrlarni birining ostiga

ikkinchisini joylashtirish yoʻli bilan jadval tuzdi. Mendeleyev oʻsha vaqtda hali maʼlum boʻlmagan

elementlar uchun bush joy qoldirdi va uch elementning (u bu elementlarni ekabariy,

ekaalyuminiy, ekasitsiliy deb atadi) mavjudligini aytibgina qolmasdan, balki ularning xossalarini

ham oldindan aytib berdi. Bu elementlar (galliy, skandiy, germaniy) keyinchalik kashf qilindi.

Ularning xossalari Mendeleyev ba-shorat kilganiday boʻlib chiqdi. Bu variant uzun davrli variant

hisoblanadi. 1871 yilda Kimyoviy elementlar davriy sistemasis. ning ikkinchi varianti eʼlon qilindi.

Bu variantda uzaro oʻxshash elementlar vertikal qatorlarga joylashgan boʻlib,’ qisqa davrli

variant hisoblanardi. Unda 8 ta vertikal, 10 ta gorizontal qator bor edi. Bu variantga asoslanib,

Mendeleyev urangacha 11 ta elementning va urandan keyin bir nechta element kashf etilishini

ba-shorat qildi. Mendeleyevning davriy qonuni tajribada tasdiklandi va kimyoning rivojlanishida

katta rol uynadi. Davriy sistema jadvalining hozirgi koʻrinishi keyingi yillardagi kashfiyotlar va

maʼlumotlar bilan toʻldirilgan.

Ayni vaqtda davriy sistemaning 500 dan ortiq varianti chop etilgan. Ulardan eng keng tarqalgan

shakllari quyidagilardir: 1) Mendeleyev taklif etgan davriy sistemaning kiska varianti (shu jadval

keltirildi). 2) Kimyoviy elementlar davriy sistemasis.ning shveysariyalik kimyogar A. Verner

tomonidan 1905 yilda takomillashtirilgan uzun varianti. 3) Daniyalik fizik N. Bor chop etgan

(1921 yil) davriy sistemaning zinapoyasimon shakli.

Soʻnggi yillarda koʻrinishi va amaliy jihatdan qulayligi sababli Kimyoviy elementlar davriy

sistemasis.ning qisqa va uzun variantilari keng kullanadi.

Maʼlum boʻlgan 109 ta element (110-elementning sintez qilinganligi haqida maʼlumotlar bor,

104—109 elementlar IUPAC tomonidan hali tasdiqlanmagan) atom massasilarning ortib borishi

tartibida vertikal va gorizontal katorlarda joylashtirilgan. Vertikal qatorlar guruhlar deb

nomlangan. Jadvalda I—VIII va 0 guruh mavjud. I—VII guruhlarning har biri ikki — asosiy va



qoʻshimcha guruhchadan iborat. Har qaysi guruhcha va guruh (VIII, 0)da joylashgan elementlar

bir-biriga oʻxshaydi, mas, 1 guruhning asosiy guruhchasida ishqoriy metallar, II guruhning asosiy

guruhchasida — ishqoriy-yer metallar va VII guruhning asosiy guruhchasida — galogenlar va

nolinchi guruhchadagi inert gazlar. Bir guruhda, asosiy yoki qoʻshimcha guruhchada joylashgan

elementlarning xossalari bir-biriga uxshaydi, ammo baʼzi xossalari farq qiladi. Gorizontal qatorlar

davrlar deb ataladi. Birinchi 3ta (kichik) davrning har birida 2 ta, 8 ta va 8 ta element bor. 4, 5 va

6 (katta) davrlarda 18 ta, 18 ta va 32 ta element mavjud. 7 davrda 23 ta element boʻlib, u hali

tugallanmagan. 1940 yildan beri bu davr sunʼiy yul bilan olingan radioaktiv (transuran) elementlar

bilan tulib bormoqda. Bular tabiatda uchramaydi (qarang 

Radioaktiv elementlar

). Kimyoviy

xossalari va elektron kavatlarining tuzilishiga koʻra, barcha transuran elementlar bir-biriga,

shuningdek, toriy, protaktiniy, uranga oʻxshaydi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasis.da

aktiniydan soʻng keladigan (90—103 raqamlardagi) elementlar aktinoidlar oilasiga birlashtirilgan

va jadvalda lantanoidlar (58—71 raqamdagi elementlar)dan ke-yinda joylashtirilgan. Kimyoviy

xossalari va elektron kavati tuzilishiga koʻra, bu ikkala oila birbiriga Uxshaydi. Ular III guruhga

mansub. Har bir 2 ta davr, yaʼni 2 va 3, 4 va 5, 6 va tugallanmagan 7davrlardagi elementlar soni,

ularning joylanish tartibi bir xil ekanligi sistemadan aniq koʻrinib turibdi. Shunga qarab 7davrdagi

hali nomaʼlum elementlarning urnini kursatib berish mumkin. Ammo davriy sistema kaysi

element bilan tugashini aytish qiyin. Sunʼiy radioaktiv kimyoviy elementlarning atom massasini

izotoplar tabiiy aralashmasining oʻrtacha massasi deb hisoblash mumkin emas. Shuning uchun

bu elementlarning kimyoviy formulasi ostidagi son boshka elementlardagi kabi uning atom

massasiini emas, balki eng uzoq mavjud buladigan izotopning massa sonini kursatadi. Davriy

sistemadagi elementlarning xossalari qonuniy ravishda uzgarib boradi. Mas, ishqoriy metallar

guruhchasida yuqoridan pastga, yaʼni litiydan seziyga tomon metallarning elektron berish

qobiliyati ortib, shu bilan birga ularning kimyoviy faolligi ham kuchayib boradi. Galogenlar

guruhchasida esa, aksincha, pastda joylashgan element yuqoridagi elementga Karaganda

elektronni qi-yinlik bilan biriktiradi. Demak, galogenlar guruhchasida metalloidlarning faolligi

yuqoridan pastga tomon pasayib boradi. Davrlardagi qonuniyat shundayki, Ungda joylashgan

elementlarga qaraganda chapda turgan elementlar elektronlarni oson yoʻqotib, qi-yinlik bilan

biriktiradi. Shunga muvofiq, chapdan oʻngga (faol ishqoriy metallardan yaqqol metallmaslar —

galogenlarga) tomon oddiy moddalarning xossalari oʻzgaradi, ayni vaqtda elementlar

birikmasining xossalari ham davriy ravishda uzgarib boradi.

Mac, davrlar boshidagi elementlar asosli oksidlar va shularga toʻgʻri keladigan gidroksidlar

(asoslar) hosil qiladi. Tartib raqamining ortib borishiga qarab gidroksidning asos tavsifi amfoter,

soʻng kislota tavsifi bilan almashadi. Guruhchalarda elementlar gidroksidlarining tavsifi

yuqoridan pastga tomon kuchayib, kislota tavsifi zaiflashib boradi. Kimyoviy elementlar davriy

sistemasis. ki-myoviy elementlar va birikmalarning fizikkimyoviy xossalarini oʻrganishda, bu

xossalar orasidagi qonuniyatlarni ochishda, yadroviy reaksiyalarni oʻtkazishda hamda radioaktiv

izotoplarni sintez qilish sohasidagi tadqiqotlarda qisqa va aniq ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi

[1]

.



Mendeleyev D. I., Periodicheskiy zakon. Osnovnie stati, M., 1958;

Rahimov X., Gulboyev T., D. I. Mendeleyevning elementlar davriy qonuni va atomlar tuzilishi, T.,

1968;

Melnikov V. P., Dmitriyev I. S, Dopolnitelnie vidi periodichnosti v periodicheskoy sisteme D. I.



Mendeleyeva, M., 1988.

1. Sayfullo Hamroyev, Rustam Maʼrupov. 




Download 78,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish