Chizmachilik


 Fanning maqsadi, vazifalari va mohiyati



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

2. Fanning maqsadi, vazifalari va mohiyati 
Chizmachilik  fanining  maqsadi  model,  detal  va  buyumlarning  tekislikdagi 
ko‘rinish  (ortogonal  proyeksiya)larini  taxt  qilish  va  ularni  o‘qish  qoidalarini 
o‘quvchi  va  talabalarga  o‘rgatishdan  iborat.  Chizma  bu  qayta  tiklanish 
xususiyatiga  ega  bo‘lgan  konstruktorlik  hujjatidir.  Ya’ni,  bajarilgan  chizmadagi 
ma’lumotlar  orqali  buyumning  asli  qanday  ekanligi  to‘g‘risida  to‘liq  tasavvurga 
ega bo‘lish ta’minlanadi yoki uni ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. 
Geometrik 
chizmachilikda 
geometrik 
yasash 
qoidalari, 
proyeksion 
chizmachilikda 
model 
va 
detallarning 
koʻrinishlarini 
va  aksonometrik 
proyeksiyalarini  bajarish  qonuniyatlari,  mashinasozlik  chizmachiligida  mashina 
detallari  va  buyumlarning  ishchi  chizmalarini  taxt  qilish  qoidalari,  qurilish 
chizmachiligida  bino  va  inshootlarning  plani,  fasadi,  qirqimi,  bosh  plani  va 
xaritalarini  tuzish  hamda  ularni  o‘qish  qoidalari,  topografik  chizmachilikda 
geometrik  va  tabiiy  sirtlarning  son  belgili  proyeksiyalarini  bajarish  va  bu  orqali 
                                                 
10
 Ro‘ziyev E., Ashirboyev A. Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi. –T.: “Fan va texnologiya”, 2010-246 
bet. 
11
 Rahmonov I. Chizmachilik 8, Chizmachilik 9. –T.: “O‘qituvchi”, “O‘zbekiston”. 2010 va 2014 yy. 
12
 Ashirboyev A. Chizmachilik. -T.: “Yangi nashr”, 2008-192 b. 
13
 Ro‘ziyev E.I., Latipov R.A. Chizmachilik (topshiriqlar to‘plami). –T.: “ILM ZIYO”, 2015-304 b.
 


15 
 
Yer  sirti  ustida  amalga  oshiriladigan  qurilish  ishlarining  chizmalarini  taxt  qilish 
qoidalari o‘rganiladi.  
Chizmachilik fanining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
-  chizmachilik  fanining  rivojlanish  tarixiga  oid  materiallarni  talabalarga 
o‘rgatish; 
- fanning maqsad va vazifalarini, amaliy ahamiyatini ochib berish; 
- davlat standartlari, chizmalarni taxt qoidalarini talabalarga o‘rgatish; 
-  chizma  qurollari  va  ulardan  amaliy  foydalanish  imkoniyatlarini  talabalarga 
o‘rgatish; 
- geometrik yasash usullari va ulardan amalda foydalana olishni ta’minlash; 
- buyumlarning ko‘rinishlarini bajarish qoidalarini talabalarga o‘rgatish; 
-  mashina  detallari  va  yig‘ma  birliklarning  ishchi  chizmalarini  tuzish  va 
o‘qishni talabalarga o‘rgatish;  
-  birikmalarning  ishchi  chizmalarini  taxt  qilish  qoidalarini  talabalarga 
o‘rgatish; 
-  model,  detal  va  moslamalarning  aksonometrik  proyeksiyalarini  qurishni 
talabalarga o‘rgatish; 
- buyumlarning sxematik chizmalarini bajarishni talabalarga o‘rgatish; 
-  turar  joy  va  sanoat  binolarining  chizmalarini  taxt  qilish  qoidalarini 
talabalarga o‘rgatish; 
-  binoning  asosiy  konstruktiv  va  arxitekturaviy  elementlari  to‘g‘risida 
talabalarga ma’lumot berish; 
- bino tarxlari chizmalarini bajarishni talabalarga o‘rgatish; 
- bino qirqimlari chizmalarini bajarishni talabalarga o‘rgatish;  
- bino fasadlari chizmalarini bajarishni talabalarga o‘rgatish;  
- g‘isht-tosh konstruksiyalar chizmalarini bajarishni talabalarga o‘rgatish; 
- temir-beton konstruksiyalari chizmalarini bajarishni talabalarga o‘rgatish; 
- metall konstruksiyalari chizmalarini bajarishni talabalarga o‘rgatish; 
- yog‘och konstruksiyalari chizmalarini bajarishni talabalarga o‘rgatish; 
- bosh tarxlar chizmalarini bajarishni talabalarga o‘rgatish; 


16 
 
-  nuqta,  toʻgʻri  chiziq  va  tekisliklarning  son  ishorali  proyeksiyalarini 
bajarishni talabalarga o‘rgatish; 
-  geometrik  va  tabiiy  sirtlarning  son  ishorali  proyeksiyalarini  bajarishni 
talabalarga o‘rgatish; 
-  geometrik  shakl  va  sirtlarga  oid  pozitsion,  metrik  masalalarni  son  ishorali 
proyeksiyalash usulida bajarishni talabalarga o‘rgatish; 
-  topografik  sirtlarda  qurilish  ishlarini  bajarishga  oid  chizmalarni  taxt  qilish 
qoidalarini talabalarga o‘rgatish. 
 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish