Utilita va drayverlar. Kompyuter ishlashini tezlashtirish, disklarni defragmentatsiya qilish,
xotira va vinchesterlarni tekshirish, qisqa qilib aytganda
kompyuterni
optimizatsiya
qilish
uchun
ko‘p
foydalanuvchilar bir necha dasturlardan foydalanishadi. Bu
o‘z navbatida, kompyuterga o‘rnatilgan dasturlarning
ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Windows tizimini sozlash va optimizatsiya qilish
uchun mo‘ljallangan, bir necha utilitlarni o‘zida jamlagan,
ko‘p tillik, «Delphi (Object pascal) dasturlash tilida yozilgan
utilita hisoblanadi. Bu utilita quyidagi asosiy vazifalarni
bajarishi mumkin:
— disklar bilan ishlash;
— avtozagruzkalarni boshqarish;
— keraksiz fayllarni o‘chirish; — dasturlarni o‘chirish; — reyestrlar bilan ishlash.
Utilita Windows 95 (dastlabki versiyasi) operatsion tizimi davridan beri ishlatilib
kelinmoqda, bundan ko‘rinib turibdiki, utilita ishonarli va foydalidir. Rus tilidagi versiyasi
o‘rnatib, qiyinchiliksiz o‘z tizimingizni sozlashingiz mumkin bo‘ladi. Eng asosiysi, optimizatsiya
uchun kerakli ko‘p funksiyalar stabil ishlashidadir. TuneUp utilitasini o‘rnatsangiz, quyidagi
TuneUp utilitalar avtomat o‘rnatiladi va har birini alohida ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.
TuneUp 1-Click Maintance (Bistroye resheniye problem) —reyestrni tozalash, reyestrni
defragmentatsiya qilish, kerak bo‘lmagan «yarlik»larni o‘chirish, vaqtinchalik fayllarni o‘chirish
va diskni defragmentatsiya qilish kabi vazifalarni bajarish kerak yoki kerak emasligini tekshirib
chiqadi va bitta Click orqali barcha vazifalarni ishga tushirishingiz mumkinligini ko‘rsatadi.
TuneUp Gain Disk Space —vaqtinchalik va kerakmas fayllarni o‘chirish.
TuneUp Registry Cleaner — Windows reyestrini tozalash.
TuneUp Registry Defrag — Windows reyestraini defragmentatsiya qilish
TuneUp Shortcut Cleaner — keraksiz «yarlik»larni o‘chirish.
TuneUp Drive Defrag —disklarni defragmentatsiya qilish.
TuneUp StartUp Optimizer — Windows protsesslarini ishga tushish va ishini to‘xtatish
funksiyalarini optimizatsiya qilish.
TuneUp Disk Doctor —qattiq diskning mantiqiy xatolarini topadi.
TuneUp Repair Wizard — Windowsning umumiy muammolarini yechadi.
TuneUp Undelete —qo‘ldan kelgancha o‘chgan fayllarni qayta tiklaydi.
TuneUp StartUp Manager— Windows dasturlarini avtomat o‘chib yoqilishini boshqaradi.
TuneUp Styler — Windowsning umumiy ko‘rinishini o‘zgartiradi.
TuneUp System Control —tizim sozlashlarini amalga oshiradi.
TuneUp Uninstall Manager —dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish bilan shug‘ullanadi.
TuneUp Disk Space Explorer —tizim administratoriga qattiq disk haqida ma’lumot
beradi(grafik ko‘rinishda).
TuneUp Process Manager — «Dispetcher zadach» o‘rnida ishlatish mumkin(vazifalarni
ko‘rish).
TuneUp Registry Editor —reyestrlar bilan ishlash(topish, o‘chirish,…).
TuneUp Shredder —fayllarni umuman tiklab bo‘lmaydigan darajada o‘chirish.
19.TuneUp System Information —butun tizim va qurilmalar haqida ma’lumot beradi.
20. TuneUp Optimization Report —hisobotlar tayyorlaydi.
21.TuneUp Rescue Center —boshqa utilitlar orqali qilingan o‘zgartirishlarni, o‘z holiga
qaytarishni amalga oshiradi.
22.TuneUp Update Wizard — internet orqali utilitaning yangi versiyalarini qidiradi.
Ko‘rib turganingizdek juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshiradi. Bitta shu utilit orqali
butun tizimni sozlash, boshqarish, hisobotlarni statistika uchun ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
Utilitni o‘rnatish va har bir funksiyani qanday ishlatishni ko‘rsatib o‘tishga hojat yo‘q,
hammasi oddiy va bir-ikkita click orqali bajarish mumkin.
5.4-rasm
Ba’zi operatsion tizimlar induvidial foydalanuvchi va bir vaqtning o‘zida amalga
oshiriladigan yagona dasturni bajaradi. Boshqalari minglab foydalanuvchilar tomonidan
bajariladigan ko‘plab dasturlarni amalga oshiradi. Operatsion tizim dasturlari sizning ishingiz
samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Yagona foydalanuvchi/yagona vazifali operatsion tizim
bir vaqtning o‘zida faqat bitta foydalanuvchiga bitta dastur bilan ishlash imkonini beradi.
Masalan, agar siz grafik dastur bilan ishlayotgan bo‘lsangiz va elektron pochtangizga kelgan
xatni tekshirmoqchi bo‘lsangiz, siz avval grafik dasturdan chiqishingizga to‘g‘ri kelad. Oldingi
tizimlarda yagona foydalanuvchi va yagona vazifa mavjud edi. Smartfonlar va boshqa mobil
qurilmalarda ko‘pincha bitta foydalanuvchi/bitta vazifali operatsion tizim ishlatiladi. Bugungi
kunda ko‘pgina operatsion tizimlar ko‘p masalali.
5.5-rasm.TuneUp Registry Editor
Drayverlar - tashqi qurilma bilan ishlash imkoniyatini yaratadi, operatsion tizimning
imkoniyatlarini kengaytirib beradi.
Yagona foydalanuvchi / ko‘p masalali operatsion tizim foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida
bir yoki bir nechta dasturlar bilan ishlash imkonini beradi. Agar siz yagona foydalanuvchi / ko‘p
masalali operatsion tizim bilan ishlayotgan bo‘lsangiz elektron pochtangizni ko‘rish uchun grafik
dasturdan chiqishingizga hojat yo‘q. Siz har ikki dasturni bir vaqtda ishga tushirishingiz mumkin.
Iste’molchilar bugungi kunda bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturlar bilan ishlashadi. Bunday
tizimlarda Word dasturi kabi amaliy dasturlar yoki grafik muharrirlar bilan ishlash jarayonida
bir vaqtning o‘zida elektron pochtadan foydalanishingiz yoki web-brauzer dasturlar bilan
ishlashingiz mumkin. Misol uchun siz Windows Media Player dasturida film yaratish jarayonida
musiqa eshitishingiz mumkin. Oldingi pozitsiyadagi dastur-faol dastur, ya’ni joriy dastur, siz
hozirda foydalanayotgan dastur bo‘ladi, boshqalari esa orqadagi fonda joylashadi.
Ushbu rasmda Windows Movie Maker Live dasturi faol dastur, qolgan uchta dastur (Windows
Media Player, Microsoft PowerPoint, va shaxmat o‘yini) orqa fondagi dasturlardir.
5.6-rasm. Film yaratish dasturi oldingi fonda ish stolida va qolgan uchta
dasturlar (Windows Media Player, Microsoft PowerPoint, va Шахматние
taxtasi) orqadagi fonda.
Faol dastur odatda ish stolida ekranda namoyish etiladi, boshqa dasturlar faol dastur
orqasiga qisman yoki to‘liq yashiringan bo‘ladi.
Siz osonlik bilan ish stolidagi faol dastur va orqa fondagi dasturlar o‘rnini almashtirishingiz
mumkin. Windowsda dasturni aktivlashtirish uchun masalalar panelidagi dastur tugmasini
bosing. Bunday holda qolgan barcha dasturlar orqa fonga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Amaliy
dasturlar bilan bir qatorda operatsion tizim boshqa jarayonlarni ham nazorat qiladi. Tarmoqlar,
serverlar, super kompyuterlar bir vaqtning o‘zida yuzlab, minglab foydalanuvchilarga bog‘lanish
imkonini beradi-bu ko‘p foydalanuvchili operatsion tizim bo‘ladi. Ba’zilari doimiy xotira.
Boshqalari talab qilinganda bajariluvchi dasturlar.
Tizimli utilitalar. Tizimli utilitalar kompyuterning apparat vositalariga, ayniqsa
tashuvchilariga, operastion tizimlar va boshqa ilovalarga xizmat qilishga mo‘ljalangan.
Testlash va diagnostika dasturlari. Bu dasturlar kompyuter va har bir uzellarining ishlash
imkoniyatlarini tekshirish, mavjud, yuzaga kelgan yoki potenstial nosozliklarni aniqlash uchun
xizmat qiladi.
Yig‘uvchilarga xizmat qiluvchi dasturlar. Diskli yig‘uvchilar va ularda saqlanadigan
axborotlarga xizmat qilishga mo‘ljallangan dasturlar sinfi.
Diagnostika dasturlari disk yig‘uvchilarida joylashtirilgan axborotlarning mantiqiy
tarkibidagi nosozliklarni aniqlaydi va bartaraf qiladi.
Дефрагментатор dasturlari disklarda axborotlarni joylashtirishni shunday tartiblayki,
natijada ularga murojaat qilish yoki kirishning maksimal tezligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |