Davriy o`zgarishlarga tashqi muhitdagi sutkalik, mavsumiy va yillik
o`zgarishlar kiradi. Sutkalik o`zgarishlar organizmlarning aktivligiga ta'sir qiladi.
Masalan, O`rta Osiyo cho`llarida yozning jazirama kunlarida tush payti aktivlik
keskin pasayadi, kechqurun va ertalab u keskin oshadi.
Mavsumiy o`zgarishlar organizmlarning nafaqat aktivligiga, balki ularning
soniga ham ta'sir qiladi. Bunga hayvonlarning bahorda ko`payishi, ko`zda
ko`pchilik qushlarning issiq mamlakatlarga ketib qolishi kabilar misol bo`ladi.
Biotsenozlardagi ilgarilama o`zgarishlar undagi organizmlar soni va
tarkibini qisman yoki to`liq o`zgatirishga olib keladi. Ular organizmlar jamoasiga
muhit omillarining uzoq davom etadigan bir tomonlama ta'siridan kelib chiqadi.
Bunga misol qilib atrof muhiti o`ta ifloslangan joydan aholining ko`chib ketishini
keltirish mumkin.
Ilgarilama o`zgarishlar ba'zi hollarda ancha chuqur bo`lib, biotsenoz
butunlay o`zgarib ketadi. Masalan, havoning davomiyli kuchli ifloslanishi u
joyning suvi va tuprog`ini ham ifloslanishga olib kelishi mumkin. Bunday
hodisaga digressiya ya'ni biotik jamoalar holatining yomonlashuvi deyiladi.
Buning natijasida u joydan nafaqat odamlar ketib qoladi. Balkim suv va tuproqdagi
organizmlar ham qirilib ketib, biotsenoz kambag`allashib qoladi. Bunday chuqur
o`zgarishlarga ekzogen o`zgarishlar ham deyiladi.
Bundan tashqari tabiatda endogen o`zgarishlar ham bor-ki, ularning
natijasida biotsenozning tarkibi birin-ketin o`zgara boradi. Masalan, tog`dagi
yalong`och toshlar tabiiy omillar ta'sirida sekin-asta yemrilaboshlaydi. Bunga
sabab, ularning sirtida paydo bo`lgan lishayniklar quyosh radiatsiyasi, harorat va
namlik ta'sirida toshni yemiradi. Yemirilgan tosh ustida dastavval petrobiont
(toshsevar) o`simliklar o`sadi. Keyinchalik toshlar to`liq yemirilib adirlar paydo
bo`lgach, bu yerlarning tuprog`iga mos keladigan boshqa o`simliklar o`sadi. Bu
joylarning hayvonot dunyosi ham o`simliklarga mos ravishda o`zgarib boradi.
Biotsenozlarning ma'lum tartibda almashinishi ekotizimlar suktsessiyasi deyiladi.
Ekotizimlar suktsessiyasi geobotanikada ekogenetik suktsessiya deyiladi, chunki
bunda o`sha joyning ekologik sharoitlari birin-ketin o`zgaraborib, natijada bu
joyda oldingisidan butunlay farq qiladigan ekotizimlar vujudga keladi.
Barcha holatlarda ham suktsession o`zgarishlar tezligi keyinchalik
sekinlashadi va nihoyat to`xtaydi. Bu vaqtda u joydagi biotsenoz to`liq shakllangan
bo`ladi. Suktsession o`zgarishlarning to`xtab qolishga suktsessiyaning klimaksi
deyiladi. Bunday biotsenozlarda organizmlar o`rtasidagi raqobat pasayib, moddalar
aylanish tartibga tushadi.
Ekotizimlar
dinamikasini,
undagi
suktsession
holatlarni
o`rganish
ekotizimlarni boshqarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: