1.
N-1 shaklidagi dalolatnoma bo‘yicha rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz hodisalar hisobotga
kiritiladi.
2.
N-1 shaklidagi dalolatnomalar asosida ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar
chog‘ida jabrlanuvchilar to‘g‘risida statistika organi tasdiqlagan shakllarda hisobot tayyorlaydi
va uni tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etadi.
3.
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qilishi, ularning mehnat
jamoasida ko‘rib chiqilishini ta’minlashi va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olishga
oid chora-tadbirlarni amalga oshirishi shartdir.
4.
Vazirlik, korporatsiya, uyushma, konsern barcha baxtsiz hodisalar ning hisobini va tahlilini
olib boradi, uni o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarga ma’lumot uchun yuboradi. Tegishli
kasaba uyushmasi yoki boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda baxtsiz hodisalarning
oldini olishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
5.
O‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuqori turuvchi kasaba uyushmasi yoki xodimlarning
boshqa vakillik organi bilan birgalikda yuqori turuvchi xo‘jalik organlarida va
«O‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo‘mitasi hay’atida (agar baxtsiz hodisa shu organ nazorati
ostidagi ob’ektda yuz bergan bo‘lsa) (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi ishtirokida
muhokama qilinadi.
6.
Ikki va undan ziyod kishi halok bo‘lgan Baxtsiz hodisa Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Mehnat vazirligi hay’atida, viloyat (Toshkent shahar) Mehnat boshqarmasi kengashida va
«O‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo‘mitasi hay’atida baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi
korxona (ob’ekt)da yuz bergan bo‘lsa, (bosh) davlat mehnat bo‘yicha texnika nazoratchisi
ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi hay’ati, viloyat
(Toshkent shahar) Mehnat boshqarmasi kengashi chiqargan qaror bajarilishi shartdir.
7.
Baxtsiz hodisa yuzasidan maxsus tekshirish olib borayotgan (bosh) davlat mehnat bo‘yicha
texnika nazoratchisi talabiga binoan prokuratura sog‘liqni saqlash organlari (sud tibbiy
ekspertiza) davlat avtomobil nazorati, davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari 3 sutkadan
kechiktirmay, Baxtsiz hodisaga taalluqli hujjatlar va materiallar nusxalarini taqdim etishlari
shartdir.
8.
Prokuratura organlari davlat mehnat bo‘yicha texnika nazoratiga, «O‘zsanoatkontexnazorat»
davlat qo‘mitasi organiga ishning borishi to‘g‘risida axborot berib turadilar.
Ushbu qoidalarni buzishda ayblanuvchilar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka
tortiladilar.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi
davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
2. “Sanoatkontexnazorat” agentligi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya
nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
5. O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika
xavfsizligi bo‘yicha me’yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda
mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o‘z texnik
inspektoriga ega.
“Sanoatkontexnazorat” agentligi bug‘ qozonlarining to‘g‘ri ishlashini, bosim ostida
ishlaydigan idishlarni, yuk ko‘tarish mashinalari (ko‘tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz
uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish
ishlarini nazorat qiladi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan
ogohlantirish, shovqin va titrashni yo‘qotish, tsexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash
(harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
Davlat yong‘in nazorati yong‘inga qarshi tadbirlarni, ut o‘chirish vositalarining holatini,
yong‘in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati
korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi
qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog‘onali nazorat amalga oshiriladi.
I pog‘ona – har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikda tsexdagi ish joylarini aylanib chiqib,
uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radilar.
II pog‘ona – har hafta tsex boshlig‘i katta jamoatchi nazoratchi bilan birgalikda tsexdagi
ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radi.
III pog‘ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi
bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo‘yicha korxonada qaror
chiqariladi.
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi
qonunlari bajarilishining oliy nazorati. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga
yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: