Bank faoliyati uchun litsenziyalar berish chog‘ida ustav kapitali
to‘g‘ri tashkil etilganligi va uning manbalari, uning belgilangan
talablarga muvofiqligi tekshiriladi, bank bajarishni nazarda tutayotgan
bo‘lajak operatsiyalar doirasi, shuningdek, bankning maqsadi, vazifalari
va strategiyasi aniqlanadi.
Banklarning iqtisodiy normativlarga rioya qilishi ustidan
nazoratni nazorat organlari taqdim etilayotgan hisobotlarni tahlil qilish
orqali amalga oshiradi. Belgilab qo‘yilgan normativlarga rioya qilinma-
ganda nazorat organlari iqtisodiy jazo choralarini qo‘llaydi.
Nazorat organlari tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni joylarda
tekshiruv ishlarini tashkil etish yo‘li bilan olib boradi. Tekshiruvlar ikki
xil bo‘lishi mumkin (18-chizma).
18-chizma. Banklarni tekshirish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |