74
oltinning qat’iy belgilangan jahon bahosi bekor qilindi. Ungacha to‘la
qiymatga ega oltin tangalar haqiqiy muomalada bo‘lar, qog‘oz pullar
chiqarish esa Markaziy bank yoki xazinadagi markazlashtirilgan oltin
zaxirasining miqdori bilan qonunan bog‘lab qo‘yilgan edi.
Oltin andoza sharoitida pul muomalasini tartibga solish tizimi
o‘zining ancha kam harakatliligi va moslanuvchan emasligi bilan ajralib
turar edi. Pul chiqarish jarayoni mamlakat aholi va xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning pulga bo‘lgan obyektiv ehtiyoji bilan emas, mamlakatga
nodir metallarning kelish yoki mamlakatdan chiqib ketishi bilan mexa-
nik tarzda belgilanar edi.
Oltin standart mexanizmining amal qilishi xalq xo‘jaligida pulning
yetishmasligini kuchaytirar edi, chunki tanglik davrida mamlakatdan
oltinning chiqib ketishi pul emissiyasiga ehtiyoj eng yuqori nuqtaga
chiqqan ayni vaqtda muqarrar sur’atda keskin qisqarishiga olib kelar edi.
Shunga qaramay, oltin andoza davridagi pul tizimi milliy pul
birligining barqarorligini o‘z-o‘zidan ta’minlab turganligini qayd etish
kerak. Bu barqarorlik quyidagicha ta’minlanar edi:
Oltin andoza oltinning barqaror va qat’iy belgilab qo‘yilgan narxini
taqozo etadi. Agar pul belgilarining soni haddan tashqari ko‘payib ketgan
bo‘lsa, biroq oltinning narxi belgilab qo‘yilgan darajada qolaversa, mijozlar
uchun «ortiqcha» pulga xazinadan nisbatan arzonlashgan oltinni sotib olish
foydali edi va shu tariqa xazina ortiqcha pul belgilarini muomaladan
chiqarib olar edi.
Aksincha, pul belgilarining soni haddan tashqari kamayib, ular normal
xo‘jalik aylanmasi uchun yetarli bo‘lmay qolganida oltinning narxi oshar va
odamlar xazinaga o‘zlarining qimmatlashgan oltinlarini sotar edilar.
1976-1978-yillarda Yamaykada to‘rtinchi jahon valuta tizimini
yuzaga keltirish maqsadida o‘tkazilgan davlatlararo kelishuvga asosan
oltinni demonetizatsiya qilish, ya’ni uning pulning barcha vazifalarini
bajarishdan mahrum etishga qaror qilindi. Uning o‘rnini Markaziy
banklarning pul siyosati tamoyillariga asoslangan murakkab va ko‘p
bosqichli «pulni boshqarish» tizimi egalladi.
[53]. «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi
qonunning 40-moddasida valutani tartibga solish xususida quyidagilar
yozilgan.
Markaziy bank valutani tartibga solish va valutani nazorat qilish
davlat organidir. Markaziy bank:
– O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar uchun majburiy
75
bo‘lgan valutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi;
– banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valutasida
operatsiyalar o‘tkazish uchun litsenziyalar beradi va litsenziyalarni qaytarib
oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;
– banklar uchun ochiq valuta mavqeyi limitlarini va boshqa iqtisodiy
normativlarni belgilaydi;
– milliy valutaning chet el valutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini
belgilaydi;
– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini tasarruf etadi va
boshqaradi.
Markaziy bank o‘z nomidan yoki hukumat topshirig‘iga ko‘ra
O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet elda joylashgan kliring
(tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, xizmatlar uchun o‘zaro majburiyat
talablarini, ya’ni bir-biriga beradigan pullarni hisobga olish bilan naqd
pulsiz hisob-kitob qilish tizimi) muassasalari bilan kliring hamda to‘lov
bitimlari, shuningdek, har qanday shartnomalar tuzishga haqlidir (41-
modda).
Markaziy bank o‘zining balans hisobvaraqlarida O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Bu rezervlar
quyidagilarni:
– oltin va boshqa qimmatbaho metallarni;
– naqd chet el valutasini;
– chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va
depozitlarda bo‘lgan chet el valutasi qoldiqlarini;
– chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari
chiqargan yoki kafolatlagan chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlarni o‘z
ichiga oladi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududi va uning tashqar-
isida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga hamda xalqaro
amaliyotga muvofiq chet el valutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish-
ga haqlidir (43-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: