Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet436/500
Sana31.12.2021
Hajmi1,71 Mb.
#233999
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   500
Bog'liq
bank ishi

Daromad keltiruvchi aktivlarga ishlayotgan aktivlar (barcha kredit 

qo‘yilmalar va qimmatli qog‘ozlar) kiradi. Daromad keltirmaydigan 

aktivlarga nomoddiy xarajatlar, binolar, kapital xarajatlar va to‘lov 

muddati 90 kundan oshgan kreditlar, shuningdek, kreditlar va amal 

qilmaydigan deb tan olingan kreditlar bo‘yicha foizlar taalluqlidir. 

Daromad keltiruvchi aktivlar kredit salohiyatining asosini va 

bankning ssuda portfelini tashkil etadi. Shu bois bank kapitalini oshirish 

va kredit potensialini mustahkamlash ham uning daromadliligiga 

bog‘liq. Bankning daromadi, asosan, kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi, 

kredit qo‘yilmalar hajmi va bank likvidliligiga bog‘liq. 

Bank daromadlarni quyidagi manbalardan oladi: 

 

operatsiyalardan (olingan foizlar); 



 

qimmatli qog‘ozlar savdosidan; 

 

foizsiz daromad hisobidan; 



 

mulkni va boshqa aktivlarni sotishdan; 

 

boshqa manbalardan. 



«CAMEL» tizimi daromadlarni miqdor va sifat tomonlarini hisobga 

olgan holda baholashni tavsiya etadi. Daromadlilik darajasi quyidagi 

ikki ko‘rsatkichni tahlil qilishni taqozo etadi: 

 

balans foydasining aktivlarga nisbati; 



 

soliqlar chegirib tashlangan foydaning aktivlarga nisbati. 

Daromad yo‘nalishining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilish va 

baholashda dastlab quyidagi masalalar: 

 

tushumning o‘zgarmasligi yoki jami aktivlarga nisbatan foiz 



hisobida kamayishi; 

 

operatsion xarajatlarning operatsion daromadlarga nisbatan 



o‘zgarishi; 

 

foizli xarajatlar bilan foizli daromadlar o‘rtasidagi marjaning 



o‘zgarishi; 

 

foizsiz xarajatlar va daromadlarlarning o‘zgarishlari inobatga 



olinadi. 

Bank daromad va xarajatlarining salbiy va ijobiy moddalarini 

aniqlashda asosan quyidagi omillarga ahamiyat beriladi: 

 

aktivlarning foydaliligi; 



 

kapitalning foydaliligi; 

 

aktivlar va passivlar asosiy kategoriyalarining o‘sish koef-



fitsiyenti; 

 

daromadning asosiy manbalari; 




 

481


 

xarajatlarning barcha asosiy kategoriyalari. 

Qayd qilingan barcha ko‘rsatkichlar boshqa o‘xshash banklarga 

taqqoslangan holda qiyosiy tahlil qilinadi. 



 [307]. Likvidlik ko‘rsatkichi to‘rtinchi tahlil qilinadigan omil 

hisoblanadi. CAMEL tizimiga muvofiq, likvidlik bankning 

majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida bajarish layoqati va 

xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning kreditga bo‘lgan ehtiyojini 

qondirishga tayyorlik darajasini ifodalaydi. Likvidlik darajasi ham 

shular orqali baholanadi. 

Baholashda likvidlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ya’ni: 

 

aktiv va passivlarning tarkibi; 



 

aktiv va passivlarni boshqarish sifati; 

 

depozit bazasining holati kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. 



Bankning majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida bjarish 

layoqati, pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojning qondirilishi ko‘p 

jihatdan aktiv va passivlar tarkibiy tuzilishining muvofiqlik darajasiga 

bog‘liq. Bank tomonidan likvidlikni yetarli darajada saqlab turish foyda 

olishga qaratilgan harakat bilan muvozanatlashgan holda amalga 

oshirilishi darkor, ya’ni ko‘proq foyda olish maqsadida aktivlarning 

samarasiz joylashtirilishi likvidlik holatining yomonlashuviga olib 

keladi. 



Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   500




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish