93
mak, ishni rasm daftarining o‘rtasiga aylana chizish-
dan boshlaysiz. Uning diametri 12 santimetr bo‘lishi
mumkin. Undan kattasi rasm daftari ngiz sathiga
mos kelmasligi, kichigi esa naqsh ishlashda qiyin-
chilik tug‘dirishi mumkin. Navbatdagi ish aylananing
ichida dastlabki aylanadan kichikroq yana bir ayla-
na chizishdan iborat bo‘ladi. 97-d rasmda usta ku-
lol xuddi shunday yo‘l tutgan. Hosil bo‘lgan katta
va kichik aylanalar o‘rtasidagi yo‘lsimon joyga girih
usulida, ichki aylana yuzasiga esa islimiy naqshlar
berilgan. 97-a rasmda esa laganning yuzasi aylana-
lar bilan uch qismga bo‘lib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: