60-rasm. Nizomiddin Tursunaliyev.Doira shaklida naqsh
ishlash bosqichlari.
(barg, bofta, paxta, gajak) navbatma-navbat chi-
zib, ishni qalamda tugallaysiz. Dastlab kompozitsi-
yaning to‘rtdan bir qismini hosil qilib bo‘lgach, uni
kalka qog‘oziga tushirib, aylananing qolgan qismlari-
ga ko‘chirib chiqasiz. Naqsh kompozitsiyasi hosil qi-
lib olingandan so‘ng uni rangda ishlashga o‘tasiz.
Naqsh bosqichma-bosqich bo‘yab tugatiladi. Rang
berishda to‘rtburchak naqsh ishlashda ko‘rsatilgan
57
qoidalarga rioya qilinadi. Ish jarayonida 60-rasm-
da ko‘rsatilgan bosqichlarga amal qiling. Naqshni
bo‘yash jarayonida ranglarning mutanosibligiga, issiq
yoki sovuq ranglar munosabatiga e’tibor qarating.