O‘tilgan mavzularni mustahkamlash uchun savollar:
1. Kuz fasli boshqa fasllardan nimasi bilan farq qila-
di?
2. Kuzgi gullarning nomlarini aytib bering.
3. Rasmdagi buyumlar tasviri mutanosibligi qanday
ta’minlangan?
Uyga topshiriq:
«Kuzgi gullar» naturmortini rangtasvirda tugallab
kelish.
1-NAZORAT ISHI
I. Nazariy bilimingizni mustahkamlang.
1. Tasviriy san’atning tur va janrlarini aytib bering.
2. Naturadan rasm ishlash nima?
3. «Komponovka» deb nimaga aytiladi?
4. «Perspektiva» nima?
5. «Byust» nima?
II. Zehningizni sinab ko‘ring.
1. Tasviriy san’atning turlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) grafika, haykaltaroshlik, ku lolchilik
B) haykaltaroshlik, rangtasvir, zargarlik
C) rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik
D) rangtasvir, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi
Do'stlaringiz bilan baham: |