3. 9500 – Moliyaviy faoliyat natijasida olingan daromadlarni hisobga oluvchi
schyotlar:
•
9510 – "Royalti ko’rinishidagi daromadlar"
175
•
9520 – "Dividend ko’rinishidagi daromadlar"
•
9530 – "Foiz ko’rinishidagi daromadlar"
•
9540 – "Valyuta kursi farqidan olingan daromadlar"
•
9550 – "Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar"
•
9560 – "Qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar"
•
9590 – "Boshqa moliyaviyfaoliyatlar natijasida olingan daromadlar"
4. Favqulodda foydani hisobga oluvchi schyotlar:
•
9710 – "Favqulodda foyda"
Umumxo’jalik faoliyatining natijalarini – foyda yoki zarar summasini aniqlaydigan
asosiy oqimlardan biri faoliyat bo’yicha olinadigan daromadlar yoki amalga oshirilgan
xarajatlardir (davr xarajatlari). Chunki ushbu daromad summalari foydaga qo’shiladi va
xarajatlar esa foyda hisobidan qoplanadi, natijada umumiy foyda summasini kamaytiradi.
Xo’jalik faoliyat ko’rsatish jarayonida bir nechta xarajatlarni amalga oshirish zarurati
keladiki, lekin ushbu xarajatlar maxsulot tannarxiga qo’shilmaydi, balki Nizom
ko’rsatmasiga asosan sub’ektning hisobot davrida olgan foyda summasi hisobiga qoplanadi.
Ushbu xarajatlar davr xarajatlari deb nomlangan bo’lib, unga ishlab chiqarish jarayoni bilan
bevosita bo g’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi, ya’ni:
•
maxsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
•
ma’muriy – boshqaruv xarajatlari;
•
umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar va zararlar.
Ushbu xarajatlarning aniq va ularning tegishli moddalari va elementlari Nizomning
tegishli 2, 2.1, 2.2, 2.3 va 2.4 bo’limdagi moddalarida batafsil keltirilgan.
Yuqorida qayd qilingan xarajatlarni hisobga olish davrining oxirida sub’ektning
foydasiga olib borish yoki zarariga o’tkazish uchun 9400 – "Davr xarajatlarini hisobga
oluvchi" tranzit schyotning guruhi qo’llaniladi. Ushbu schyotda davr xarajatlarini hisobga
olish maqsadida schyotlarning guruhi ochilgan:
9410 – "Mahsulotlarni sotish bilan bog’liq xarajatlar"
9420 – "Ma’muriy xarajatlar"
9430 – "Boshqa operatsion xarajatlar"
9440 – "Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davridagi
xarajatlar".
Maxsulotlarni, xizmatlarni sotish bilaan bo g’liq xarajatlarga quyidagi xarajatlar kiradi:
176
•
mahsulotlarni, xizmatlarni transportda tashish xarajatlari va ushbu transportlarning bekor
turib qolgan vaqti uchun to’langan jarima summalari;
•
mahsulotni o’rash, saqlash, jo’natish joyigacha etkazish va trasportga yuklash xarajatlar
(agarda ushbu xarajatlar iste’molchi – xaridorlar tomonidan qoplanmasa);
•
tasdiqlangan me’yordagi reklama xarajatlari – bozor va ko’rgazmalarda qatnashishi,
shartnomaga asosan xaridorlarga bepul berilgan tovarlarning qiymati;
•
marketing xarajatlari – tovar bozorlari va iste’molchilarning talab va xohishlarini
o’rganish, vakolatxonalar ochish xarajatlari.
Davr xarajatlari turkumining 2 - qismi ma’muriy xarajatlar yig’indisidan iborat bo’lib,
bu bo’limda umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan ma’muriyat va boshqaruv
xodimlarining mehnat haqlari, imorat va inshootlarni asrash va ulardan foydalanish va
boshqa tegishli xarajatlar kiradi. Bu xarajatlarni bir tizimga keltirish va yig’ib borish uchun
9420- "Ma’muriy xarajatlar nomli schyotlarning guruhi ochilgan.Ushbu schyotda xarajatlar
quyidagi moddalar bo’yicha hisobga olib boriladi:
•
boshqaruv xodimlariga hisoblangan mehnat haqi;
•
ushbu hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
•
xizmat yuzasidan oliingan avtomobillar, ijaraga olingan transport vositalarini asrash, ijara
haqi va ta’mirlash xarajatlari;
•
xo’jalik yurituvchi sub’ekt va uning tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish va boshqarish
xarajatlari;
•
boshqaruvning texnik va aloqa vositalari, hisoblash texnikasini asrash va ulardan
foydalanish xarajatlari;
•
aloqa uzellariga xizmat haqi (ATS, yo’ldosh, uyali, reyding) shaharlararo va xalqaro aloqa
xizmati haqi xarajatlari;
•
ma’muriy – boshqaruv uchun zarur bo’lgan imorat va inshootlarning ijara haqlari;
•
asosiy vositalarni asrash, ta’mirlash va amortizatsiya ajratmalari;
•
yuqori tashkilotlar – birlashma, kontsernlar va vazirliklarni asrash uchun ajratmalar;
•
xodimlarni va mulkni majburiy sug’urta qilish xarajatlari;
•
xizmat safarlari xarajatlari;
•
xo’jalik yurituvchi sub’ektning vakillik xarajatlari;
•
binolarni tekinga berish va kommunal xizmat haqlari;
•
ekologiya xarajatlari.
Hisobot davrining oxirida 9410 – "Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bog’liq
xarajatlar" va 9420 – "Ma’muriy xarajatlar" schyotlarida yig’ilib kelingan ushbu xarajatlar
tegishli 9910 – "Yakuniy moliyaviy natija" schyotining debet tomoniga olib boriladi.
177
Sub’ektning foydasi hisobidan qoplanadigan xarajatlarga boshqa muomala yuzasidan
xarajatlangan xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlarning turlari Nizomning 2.3 bandida
keltirilgan va hisobot davrida tegishli 9430 – "Boshqa operatsion xarajatlar va zararlar"
schyotlarida hisobga olib boriladi va ushbu xarajatlar quyidagi guruhlardan tashkil topadi:
•
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yangi tashkil qilingan sub’ektda ishlash uchun
tayyorlanadigan kadrlar uchun xarajatlangan xarajatlar bunga kirmaydi;
•
loyiha va qurilish – montaj ishlarida aniqlangan chala ishlarni bartaraf etish, ob’ekt
yonidagi omborgacha uskunalarni tashishi vaqtida ularning shikastlanishini tuzatish va
shunga o’xshash sub’ekt zimmasiga olinadigan xarajatlar;
•
maslahat va axborot xizmatlariga haq to’lash;
•
auditorlik xizmatlariga haq to’lash;
•
o’zinig xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlari va xo’jaliklarining faoliyati natijasida ko’rilgan
zararlar;
•
salomatlikni muxofaza qilish va dam olishlarni tashkil qilish;
•
vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini asrash xarajatlari;
•
bank va depozitariy xizmatlari to’lovlari;
•
byudjetga majburiy to’lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari
maxsus jamg’armalarga to’lovlar;
•
ekologiya, madaniy – maishiy tashkilotlar va hayriya jamg’armalariga o’tkaziladigan
badal summalari;
•
zararlar, jarimalar va penyalar;
•
hukumat qaroriga asosan qoplama (kompensatsiya) to’lovlari;
•
ko’p yillik xizmatlari uchun bir vaqtda beriladigan mukofot, rag’batlantirish va to’lovlar;
•
vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun qo’shimcha to’langan summa;
•
nafaqaga qo’shilgan summa;
•
ishchi va xodimlarga to’langan moddiy yordam;
•
sud xarajatlari;
•
da’vo muddati o’tgan debitor qarzi bo’yicha ko’rilgan zararlar;
•
joriy yilda aniqlangan, o’tgan yillarda sodir bo’lgan muomalalar bo’yicha ko’rilgan
zararlar;
•
sub’ektninig mulklarini sotishdan ko’rilgan zararlar;
•
bepul berilgan mulklar bo’yicha ko’rilgan zararlar;
•
to’lanishi shubhali qarzlar bo’yicha zahiraga ajratmalar;
•
tabiiy ofatlar natijasida ko’rilgan zararlar;
•
soliq kodeksi va boshqa qonunlarni buzganligi uchun jarimalar va penyalar.
178
Ushbu xarajat va xarajatlar hisobot davri mobaynida tizimga solingan holda 9430 –
"Boshqa operatsion xarajatlar va zararlar" schyoti guruhining debet tomonidan yig’ib
boriladi va davr oxirida 9910 – "Yakuniy moliyaviy natija" schyotining debet tomoniga
o’tkazildi (D-t 9910, K-t 9430).
Do'stlaringiz bilan baham: |