4- mavzu: Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. Baholash va tahlil qilish


-Ona  tilidan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  tekshirish  hamda



Download 400,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi400,69 Kb.
#232438
1   2   3   4
Bog'liq
4. maruza.ona

           1-Ona  tilidan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  tekshirish  hamda 

baholash 

           Bilimlarni  o‘zlashtirishda  didaktik  talablardan  biri  bilimlarni  o‘quvchilar 

qanday o‘zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi. 

           Tekshirish  o‘quvchilarning  bilim  sifatlarini,  shakllantirilgan  malakalardan 

qanchalik foydalanishini aniqlashni ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida, o‘quvchilaming 

yangi materialni o‘rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo‘llanilgan metod 

va usullarning samarador- ligini baholashga, ish metodlariga ayrim o‘zgartirishlar 

kiritishga  imkon  beradi.  Tekshirish  o‘quvchilar  uchun,  birinchidan,  to‘g‘ri 

shakllantirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini 

yaxshilaydi, o‘z-o‘zini tekshirishni o‘stiradi. 

          Maktab  tajribasida  tekshirish  og‘zaki  va  yozma  shaklda  amalga  oshiriladi; 

bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tatbiq etiladi. 

          Boshlang‘ich  sinflarda  ona  tilidan  bilim,  ko‘nikma,  malakalar  og‘zaki  va 

yozma  shaklda  tekshirilsa-da,  bir  umumiy  baho  qo‘yiladi.  Bunda  o‘quvchilarning 

grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so‘zni va gapni tahlil qila olishlari, 

bilimni yozma nutqqa (diktant, bayon, inshoga) tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. 

O‘quvchilar  yozma  ishlarni  qanday  bajarganliklari  muntazam  tekshirib  boriladi. 

O‘qituvchi  1-sinfda  o‘quvchilarning  barcha  yozma  ishlari  (uy  va  sinf  ishlari)ni 

tekshiradi.  Boshqa  sinflarda  yangi  mavzu  o‘rganilgan  davrdagi  yozma  ishlarni 

tekshiradi, boshqa vaqtda tanlab tekshiradi. 




            Ona  tilidan  yozma  tekshirish  uchun  asosan  diktant,  bayon,  insho, 

shuningdek,  grammatik,  so‘z  yasashga  oid,  leksik  va  imloga  oid  topshiriqlarni 

bajarish,  tekshiruv  ko‘chirib  yozishdan  foydalaniladi.  Yakunlovchi  tekshirish 

uchun  har  bir  chorakda  bir  marta  tekshiruv  ishi  o‘tkaziladi.  Bulardan  tashqari, 

o‘quv  yili  davomida  bir  necha  martadan  diktant,  grammatik  topshiriqli  yozma 

ishlar,  test,  bayon  va  insho  o‘tkaziladi.  Tekshirish  ishlarining  hajmi  quyidagicha 

bo‘lishi mumkin:   

 

 



 

 



1-sinf 

2-sinf 


3-sinf 

4-sinf 


Nazorat diktant 

O‘quv  yilining  I 

yarmida 

25-30 



40-45 

55-70 


O‘quv 

yilining 

11 yarmida 

15-20 


35-40 

45-50 


75-80 

Bayon 


           - 

45-60 


70-80 

100-110 


 

           Tekshiruv diktanti, grammatik topshiriq, bayon va insho uchun baho 

me’yori boshlang‘ich sinflar ona tili dasturida aniq berilgan. 

           Tekshirish    diktanti    dasturning    biror    bo‘limi    o‘rganilib,  xilma-xil   

ta’limiy  mashqlar  bilan  mustahkamlangach, ular o‘quvchilar tomonidan  qay  

darajada o‘zlashtirilganligini sinash  maqsadida  o‘tkaziladi.  

          Matn    sinf    o‘quvchilarining  saviyasiga    mos,  sintaktik  tuzilishi  

me’yorlashgan,  o‘rganilgan    imlo    qoidalari    asosidagi  so‘zlar    va    tinish  

belgilari  ko‘poq  bo‘lishi lozim. Unda o‘rganilmagan qoida asosida yoziladigan 

va imlosi qiyin so‘zlar bo‘lmasligi kerak.  

 

O‘quv yili oxirida  o‘tkaziladigan diktantdagi so‘zlar soni  keyingi  o‘quv  



yili boshida  o‘tkaziladigan diktantdagi so‘zlar soniga teng keladi va asta-sekin 

ortib boradi. O‘qituvchi    mavzuga    aloqador    matnni  bir  necha  kun  oldin 

tanlaydi.Matnda shu sinf o‘quvchilari uchun imlosi qiyin so‘z bo‘lsa, (yaxshisi 

matnda  o‘rganilmagan    so‘zlar  bo‘lmagani  ma’qul),  shu  so‘zlarning  ma’nosi, 

talaffuzi  va  yozilishi  diktant  yozganga  qadar  bo‘ladigan  ona  tili  darslarida 



tushuntirilishi    va  mashqlar  bilan  mustahkamlanishi  lozim.  Shuning  uchun  

imlosi  qiyin  so‘zni  qatnashtirib  gap  tuzish,  so‘zning  talaffuzi  va    yozilishini  

tushuntirish, imlosi qiyin so‘z qatnashgan  gapni grammatik  tahlil  qilish, shu 

so‘zni  bo‘g‘in  ko‘chirish  qoidalariga  ko‘ra  qismlarga  ajratish  kabi  mashq 

turlaridan foydalanish mumkin.  

 

O‘quvchilar tekshirish diktanti yozishlari haqida 2-3 kun oldin, o‘tilganlarni 



takrorlash darsida ogohlantiriladi, tinish belgilariga oid qoidalarni o‘qish lozimligi 

ta’kidlanadi.  Ba’zan  o‘quvchilarni  oldindan  ogohlantirmasdan  ham  tekshirish 

diktanti o‘tkazish mumkin. Bu ularni ziyraklikka, darslarga muntzam tayyorgarlik 

ko‘rib  yurishga undaydi va odatlantirib boradi. Bunda esa matnga alohida e’tibor 

berish lozim. Unda imlosi qiyin so‘zlar bo‘lmasligi, agar shunday so‘zlar uchrasa, 

uni  o‘qituvchi  yozuv  taxtasiga  yozib  berishi  talab  etiladi.  Biroq  ular  soni  ikki-

uchtadan oshmasligi kerak.  

 

Tekshirish  diktanti  quyidaicha  amalga  oshiriladi:  O‘quvchilarning  darsga 



hozirligi ko‘zdan kechirilgach, o‘qituvchi o‘quvchilar diqqat-e’tiborini jalb qilgan 

holda,  diktant  matnini  shoshmasdan  bir  bora  o‘qib  beradi.  Matndagi  gaplarning 

ohangiga rioya qilib o‘qish, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga , matnning mazmuni 

va  tarbiyaviy  ahamiyatini  bolalar  ongiga  singdirishga  yordam  beradi.Ba’zan 

ovozni  baland  yoki  pasaytirib,  hatto  shivirlab  o‘qib  berish  ham  mumkin.Bu 

o‘quvchilarga biroz bo‘lsa-da, yordam beradi. 

 

 

O‘qituvchi  matndagi  ma’nosi  yoki  imlosi  qiyin  so‘zlarni  yozuv  taxtasiga 



yozib,  talaffuzi  va  imlosini  qisqa  izohlaydi.  Keyin  o‘qituvchi  yozuv  taxtasiga, 

o‘quvchilar  esa    o‘z  daftarlariga  sana,ish  turi  (tekshirish  diktanti)  va  sarlavhani 

tartib  bilan,har  birini  xat-  boshidan  yozadilar.Shundan  so‘ng  matn  aytib 

turiladi.O‘qituvchi  sodda  yig‘iq  gaplarni  butunicha,  sodda  yoyiq  gaplarni  so‘z 

birikmasiga  va  qo‘shma  gaplarni  sodda  gaplarga  bo‘lib  aytib  turadi.Shuni 

ta’kidlash  zarurki,  so‘zni  bo‘g‘inlab  yoki  so‘zma-so‘z  aytish  yaramaydi.  Har  bir 

gap  yoki  so‘z  birikmasi  ko‘pi  bilan  uch  marta  takrorlanishi  lozim.  Aytish  sur’ati 

shu sinf o‘quvchilarining gaplarni yozib ulgurishlarini hisobga olgan holda bo‘lishi 

kerak. 



 

Tekshirish  diktanti  yozib  bo‘lingach,  o‘quvchilar  diqqatini  jalb  etib, 

o‘qituvchi  matnni  sekinroq  sur’at  bilan  yana  bir  marta  o‘qib  turadi.O‘quvchi  o‘z 

xatosini  topsa,  uni  to‘g‘rilashga  yoki  tushirib  qoldirgan  so‘zni  yozishga  imkon 

beradi.O‘quvchilar  o‘z  yozuvlarini  mustaqil  ravishda  tekshirishlari  uchun  matn 

o‘qib bo‘lingach, biroz  vaqt (2-3 daqiqa) beriladi. Bu vaqt ichida  o‘quvchilar o‘z 

ishlarini 

tekshiradilar,xatolarini 

topadilar, 

to‘g‘rilaydilar.O‘qituvchi 

esa 

o‘quvchilarning har birini diqqat bilan kuzatib, ularning e’tiborini diktant matnidan 



boshqa narsalarga bo‘linmasligiga ahamiyat beradi. 

 

O‘quvchilar  o‘rtoqlari  ishini    ko‘rishga  ,  u  yoki  bu  so‘zni  ular  qanday 



yozganlarini  bilishga  qiziqadilar,ba’zan  o‘rtog‘i  ishini  ko‘rib,o‘zining  to‘g‘ri 

yozgan  so‘zini  o‘zgartirish    hollari  ham  uchraydi.  O‘qituvchi buning  oldini  olish 

uchun  o‘quvchilarni  ziyraklik  bilan  kuzatib  turishi  ,    ularning  bunday  ishlarga 

chalg‘ishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. 

 

O‘quvchilar  imlo  va  tinish  belgilarga  oid  qoidalarni  qay  darajada 



o‘zlashtirganliklarini,ulardan  amaliy  foydalana  olishlarini  ,ko‘nikmalarini  sinash 

bilan  birga  grammatik  mavzularni  ongli  o‘zlashtirishlarini  tekshirish  maqsadida 

grammatik topshiriqli tekshirish diktanti ham o‘tkaziladi. 

 

Grammatik    topshiriq    darsdan  oldin  yozuv  taxtasiga  yozib,  parda  bilan 



to‘sib qo‘yiladi (ko‘chma yozuv taxtasi yoki katta qog‘ozga yozib foydalansa ham 

bo‘ladi).  O‘quvchilar  tekshirish  diktanti  matnini  yozib  bo‘lgach,  o‘rganilgan 

mavzular  yuzasidan  berilgan  grammatik  topshiriqlarni  bajaradilar  (grammatik 

topshiriqni  o‘quvchilar  daftarlariga  yozmaydilar).    Grammatik  topshiriqlar 

quyidagi mazmunda bo‘lishi mumkin: bir gapda qatnashgan so‘zlardagi unli yoki 

undosh harflarning tagiga  chizish; berilgan so‘zlarni  bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga 

ko‘ra  bo‘laklarga  ajratib,  chiziqcha  bilan  yozish;  talaffuzida  va  yozilishida  farq 

qilgan undoshlarni aniqlab tagiga chizish; talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni 

tagiga  chizish;  gaplarning  (gaplar  aniq  ko‘rsatiladi)  ega  va  kesimini  aniqlab, 

eganing  tagiga  bir,  kesimning  tagiga  ikki  to‘g‘i  chiziq  chizish;  bir  gapdagi 

so‘zlarning o‘zak va qo‘shimchalarini aniqlab, chiziqlar bilan belgilab (o‘zak – ish, 

so‘z yasovchi qo‘shimcha – ish+la; so‘z o‘gartiruvchi qo‘shimcha – ish+dan kabi) 




ko‘rsatiladi,  sifatlarni  aniqlab,  tagiga  to‘lqinli  chiziq  chizish,  matndagi  bo‘lishsiz 

fe’llarning    tagiga  ikki  to‘g‘ri  chiziq  chizish,  matndagi  biror  so‘zga  (so‘z  aniq 

ko‘rsatiladi)  o‘zakdosh  so‘zlar  tanlash;  ikki  yoki  uch  gapdagi  (gaplar  aniq 

ko‘rsatiladi) ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklarni aniqlab, eganing tagiga bir, 

kesimning tagiga  ikki to‘g‘ri chiziq, ikkinchi darajali bo‘laklarning tagiga to‘lqinli 

chiziq  chizish;  kelishiklar  bilan  turlangan  otlarni  aniqlab,  kelishik  nomini  yozish; 

egalik  qo‘shimchasi  tagiga  chizish    va  ustiga  shaxs-sonini  yozish;  matndagi 

kishilik  olmoshlarining  tagiga  chizib,  ustiga  shaxs  –  sonini  yozish;  shaxs  –  son 

bilan tuslangan fe’llarni aniqlab, shaxsi, soni, zamonini yozish.  

 

Grammatik  topshiriqli  diktantda  shu  sinf  o‘quvchilarining    eshitib  yozish 



sur’atini  hamda  berilgan  grammatik  toshiriqni  bajarishga  sarflanadigan  o‘rtacha 

vaqtni  hisobga  olgan  holda  matn  tanlanadi  va  grammatik  topshiriq  beriladi; 

o‘quvchi  45  daqiqalik  bir  darsda  matnni  eshitib  yozish  va  berilgan  grammatik 

topshiriqni bajarishi lozim.     

 

O‘quvchilarga  diktantni  yozdirgandan  so‘ng  uni  tekshirish,  baholash  va 



navbatdagi  yozuv  darsida  uni  tahlil  qilish  muhim  ta’lim-tarbiyaviy    ahamiyatga 

ega. Chunki o‘quvchilar diktantni yozganlaridan keyin yo‘l qo‘ygan kamchiliklari 

va olgan baholarini bilishga qiziqadilar. Tekshirilgan diktantni belgilangan vaqtda 

tahlil  qilish  bilan  o‘quvchilarning  ana  shu  istaklari  qondiriladi.  Bundan  tashqari 

diktantda yo‘l qo‘ygan xatolarini takrorlashning oldini oladi.  

            2-Ona tilidan yozma ishlarni tekshirish va baholash. 

          O‘quvchilarning  barcha  turdagi  yozma  ishlarini  tekshirishda  imlo  va  tinish 

belgilaridagi xatolar bilan bir qatorda husnixatiga ham e’tibor beriladi.  

 

1-2 – sinflarda o‘quvchi xato  yozgan so‘zni chizib, to‘g‘risini ustiga yozib 



ko‘rsatiladi. Tinish belgilari ham shu tartibda to‘g‘rilanadi.  

 

3-4  –  sinflarda  o‘quvchi  xato  yozgan  so‘zining  tagiga  chizib  qo‘yilishi 



kifoya.  Tinish  belgilari  qo‘yilmagan  bo‘lsa,  qo‘yiladi,  xato  qo‘yilgan  bo‘lsa, 

tuzatiladi.  

 

O‘quvchilar  yozma  ishini  baholashda  quyidagi  me’yorlardan  foydalanish 



mumkin.  


           Agar  o‘quvchi  xatosiz,  chiroyli  yozib,  ongli  bajargan  bo‘lsa,    ,,5“  baho 

qo‘yiladi.  

          Agar  o‘quvchi  yozma  ish  va  qo‘shimcha  topshiriqlarning  to‘rtdan  uch 

qismini to‘g‘ri va ongli bajarsa,    ,,4“  baho qo‘yiladi.  

         Agar  o‘quvchi  yozishi  va  bajarishi  kerak  bo‘lgan  ishning  yarmidan  

ko‘prog‘ini to‘g‘ri bajarsa,   ,,3“ baho qo‘yiladi.  

     Agar  o‘quvchi  yozishi  va  bajarishi  kerak  bo‘lgan  ishning  yarmini  to‘g‘ri  va 

ongli  bajara  olmasa,  bunday  o‘quvchilar  bilan  o‘qituvchi  yakka  tartibda  ish  olib 

boradi.  

 

Tekshiruv diktanti uchun baho me’yori alohida belgilanadi. 



          1  –  sinf  o‘quvchilarining  ishlariga  baho  qo‘yilmaydi.  Ishdagi  xatolar 

miqdoriga  qarab  ,,qoniqarli“yoki,,qoniqarsiz“  deb  og‘zaki  baholanadi.Keyin 

ishdagi xatolar aniq ko‘rsatiladi.  

  

2-4 – sinf o‘quvchilarining ishlari quyidagicha baholanadi: 



        Agar  o‘quvchi  diktantni  to‘g‘ri  va  chiroyli  yozgan,  tuizatishlarga  yo‘l 

qo‘ymagan bo‘lsa, faqat ayrim harf shakllarini buzib tuzatgan bo‘lsa,  ,,5“   baho  

qo‘yiladi.  

         Agar  o‘quvchi  diktantda  2  ta  imlo    va  1  ta  tinish  belgilarida  xatoga  yo‘l 

qo‘ygan  bo‘lsa,  shuningdek  ayrim  harf  shakllarini  buzgan  yoki  buzib  tuzatgan 

bo‘lsa,  ,,4“ baho qo‘yiladi.  

        Agar  o‘quvchi  diktantida:    a)  3  ta  imlo  va  2-3  ta  tinish  belgilarida;    b)  4  ta 

imlo va 2 ta tinish belgilarida; d) 5 ta imlo va 1 ta tinish belgilarida xatoga yo‘l 

qo‘ygan bo‘lsa, yozuv sifati talabga javob bermasa va tuzatishlar bo‘lsa,  ,,3“  baho 

qo‘yiladi.  




Download 400,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish