Talabaning o’qish motivlari
1. Motiv – kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi ichki ruhiy kuch, da’vat, turtki
hisoblanadi. Motiv atamasi ehtiyoj, intilish, mayl, qiziqish kabi ma’nolarni ham anglatadi.
Pedagogik, psixologik adabiyotlarda ta’kidlanganidek, agar o’quv ishi (o’quv- biluv vazifasi)
talaba uchun biror shaxsiy va ijtimoiy qimmatga ega bo’lsagina, kishida unga qiziqish, motiv
uyg’onishi va ta’limning maqsadi talabaning o’z ehtiyojiga aylanishi mumkin. Professor –
o’qituvchilar talabada o’qishga motiv hosil qilishga intilishlari, ta’lim jarayonini mavjud
motivlarni hisobga olib va rivojlantirib tashkil etishlari, boshqarishlari zurur.
2. Biror ish-harakatga, faoliyatga motiv hosil qilish – bu, murakkab ruhiy jarayondir.
Motivlarni shakllantirish malakasi individual - shaxsiy xususiyatga ega bo’lib, ta’limning
maqsadi, shart-sharoiti, vaziyati bilan o’qishni tashkil etish shakllari, usullari mutanosibligini
taqozo qiladi.
3. Talabada bilim egallashga intilish (motiv) uyg’otish - ilg’or, ijodkor o’qituvchilarga xos
xususiyatdir. Kishida o’qishga motiv hosil bo’lgani (mavjudligi)ni ko’rsatuvchi muhim
belgilardan biri – o’quv topshirig’ini bajarishga tezda va astoydil kirishib ketishi, o’qishga
bo’lgan qiziqishining barqarorligidir. Talabaning bilim olish motivlari kuchli yoki kuchsiz
bo’lishi mumkin. Motivlar o’z-o’zidan paydo bo’lavermaydi. Motiv hosil qilishning turli
yo’llari, usullari mavjud.
4. Motiv hosil qilishning oddiy usullaridan biri – o’quv mashg’uloti yoki darslikdagi
matnning qiziqarliligidir. “Qiziqarli fizika”, “qiziqarli himiya”, “mo’’jizasiz mo’’jiza” kabilar
bunga misol bo’la oladi. Demak, talabada shu fanni o’rganishga motiv hosil bo’lishi uchun
professor-o’qituvchi, avvalo, o’quv mashg’ulotini qiziqarli, faol shakl-usullarda tashkil eta
bilmog’i lozim.
5. O’quv mashg’ulotlari jarayonida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish yoki shu
fanni, mavzuni o’rganishda talaba uchun shaxsiy qimmatli, ahamiyatli o’quv-biluv vazifalarini
qo’ya bilish – motiv hosil qilish yo’llaridan biridir.
Talaba o’zi tanlagan kasbini chuqurroq, puxtaroq egallashi, kelajakda raqobatbardosh
mutaxassis, jamiyatda obro’li kishi bo’lishi uchun bu predmetni yaxshi, mukammal egallashi
zarurligini anglashi ham motiv hosil qilishning muhim usullaridan hisoblanadi.
6. Ta’limning maqsadi real, aniq va diagnostik bo’lishi – motiv hosil qilishning muhim
omillaridan hisoblanadi. O’qitish va bilim o’zlashtirishning maqsadi mavhum, noaniq bo’lsa,
talaba o’qishga, bilim egallashga qiziqmay qo’yadi. Domlalar, ota-onalar uning o’qigisi
kelmaydi deb nolib yuradilar. Aslida bu, talabada motiv hosil bo’lish darajasi bo’shligidan
dalolatdir. Bunday vaziyatda talaba professor-o’qituvchining talablarini to’g’ri tushunmay,
o’quv topshiriqlarini hafsalasiz, nomigagina bajarib yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |