Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi
Ilmiy tekshirishning bu metodi tekshiruvchining o’zi tomonidan uyushtirilgan bo’lib, uning
o’zini aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metodda tekshiralayotgan jarayon maxsus sharoitda
yoki tajribani yana qaytadan takrorlash uchun imkoniyat yaratiladi. Ushbu tadqiqot uslubining
qulay yoki qimmatli tomoni ham ana shunda.
Jismoniy tarbiya jarayonida olib borilayotgan tajribani maxsus sharoitni hisobga olmay yoki
sun’iy qaytadan o’sha sharoitni yaratishda nazoratdagi masalaga oid bo’lmagan muammolar ham
yuzaga kelishi mumkin. Bu ilmiy tadqiqot usuliyatining salbiy tomonidir. Eksperimentni ob’ektiv
o’tkazish amaliyotida tabiiy, modulli va laboratoriya eksperi-mentlari deb nomlangan eksperiment
xillaridan foydala-niladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |