Xorijiy adabiyotlar
1.Bcunen G., Claessens A., Lefere J., Ostyn M, Reuson R., Simons J. So-matotype as related to age
peak velosity in height, weight and static strength in boys // Hum. Biol.- 1987.- №4.- P.
2.Campboll S.B. Benaviour problems in preschool children: clinical and developmental issues. New
York: Guilford Press, 1990.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3.
www.ziyonet.uz
82
Mavzu. So'z, grafik, matematik-statistik uslublaridan foydalanishni takomillashtirish.
Reja:
1.Dars jarayonida so'z, grafik moduli eksperement metodi, labaratoriya eksperementi.
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy izlanish uslublaridan foydalanadi.
Hozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo’lib, qo’shma fanlarning tadqiqot
uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va ijtimoiy-tarixiy izlanish
uslublariga ko’proq ehtiyoj sezilayotganligi ahamiyatga molik.
Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy tahlil va
umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik hisoblashdan iboratdir.
Ilmiy tadqiqotda nazariy tahlil va umumlashtirish usuliyati
Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to’la tahlil qilish va
umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to’liq o’rganib chiqish juda qiyin. U har 4-5
yilda yana shunchadanga ko’payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqidagi
maqolalar bir necha marotaba ko’paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - “bibliografiya” fani
tadqiqotchining ishini engillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro’yxatini
tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma’lum davr ichidagi mavjud
adabiyotlarning ilmiy yo’nalishi bo’yicha yangiliklarga qisqa izoh beradi.
Bundan tashqari, tadqiqotchi “bibliografik tavsifno-ma”dan ham foydalaniladi. Tavsifnoma
yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirgan
holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi.
Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi bo’lib,
tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri
bilan taqqoslaydi.
Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir usuliyati hujjat materiallari ustida ishlashdir.
Jismoniy tarbiyaning ko’p tomoni amaliy mashgulotlar uchun tuzilgan rejalar, kundaliklar,
konspektlar, hisobotlar va shunga o’xshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan
holda tuzilgan bo’ladi. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o’rganish kutilmagan natijalarni berishi
mumkin. Masalan, jahonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shugullanish rejalarini
solishtirish, malakali sportchilarning kundalik-lari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yuklarning hajmi,
miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga manba bo’lishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko’p yillik trenirovkalarning natijalarini
o’rganish ham tadqiqot ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xil anketalar ham hujjat materiallari bo’lib xizmat qilishi
mumkin. Tuzilgan savollarga “ha” va “yo’q” deb javob berish ham ko’p xulosalarga olib keladi.
Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot usuliyati
Tadqiqotchi qo’llayotgan bu usuliyatning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o’zi
tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Hayotdagi kuzatishdan farqli o’laroq, bu usuliyat kuzatish
predmetini aniq o’rganadi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga
oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni izlanishda qo’llashi oson kechadi. Maxsus bayoennomalar,
yozuvdagi shartli ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi
kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina bogliq bo’lmasligi lozim, chunki o’rganilayotgan dalillar,
ularni natijalari ko’pchilikda turlicha fikr hosil bo’lishiga olib keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni
shundaki, bir vaqtni o’zida bir necha kuzatuvchi bir ob’ektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi.
Bunda ayrim apparatlar o’sha harakatning bajarilishini qayta takrorlashi yoki tadqiqot o’lchoviga
qarab uni foto, kinospyomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar) orqali kuzatish lozim
83
bo’lgan xulosalarni qiladi. Bunday xulosalar ob’ektiv bo’ladi. Uni ijrosidagi kamchiliklar yoki
yangiliklarni takroriy ko’rish imkoni bor. Lekin qator sport turlari, harakat faoliyati va harakat
aktini baholashda baxslar, munozaralar qilishga to’gri keladi. Xulosalar sub’ektiv bo’lib yakuniy
xulosa natijasiga salbiy ta’sir qilish hollari ham uchraydi.
Hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi harakatlarni ijrosi bajarilishidagi ayrim dalillar va
ular haqidagi xulosalarda noaniqlikga yo’l qo’yilishi mumkin. Masalan, badiiy gimnastika,
akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va boshqalarda harakatni ifodalanishi bayoni faqat ko’z
bilan baholanadi. Qator hakamlarning har qaysisi o’z fikrini o’zicha bayon qiladi, umumiy xulosa
shunga qarab chiqariladi. Bunday kuzatish usuliyati tadqiqotchi yoki kuzatuvchida o’ta kuchli
salohiyatni talab qiladi.
Keng tarqalgan, aniq hisobga olish usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. «Xrono»-vaqt,
«metr» ulchov demakdir. Bunda harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija tahlil
qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo’lgan vaqt yoki darsni,
trenirovka mashgulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlash
mashgulotning asosiy vaqtini samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |