Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi


Mavzu. Jismoniy tarbiya va sport - sog'lom avlodni tarbiyalash omili



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#231883
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   222
Bog'liq
tarbiya va sport nazariyasi (Bo'riboyev)

    Mavzu. Jismoniy tarbiya va sport - sog'lom avlodni tarbiyalash omili. 
Reja: 
1."Ta'lim to'g'risida"gi qonun, 
2. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonun, 
bolalar sport jamg'armasini tashkil etilishi. 
3.Jismoniy tarbiya - sog'lom avlodni tarbiyalashdir. 
4. Jismoniy tarbiya nima. Jismoniy bilim haqida tushuncha. 
 
 1."Ta'lim to'g'risida"gi qonun, 
BMT  Bosh  Assambliyasi  tomonidan  1948  yilning  10  dekabirida  qabul  qilingan  inson  huquqlari 
Umumjahon Dekloratsiyasi insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini belgilovchi daslabki muhim 
tarixiy xujjat qisoblanadi. 
Inson  huquqlari  Umumjahon  Dekloratsiyasi  insonning  huquqlari  va  uni  himoya  qilishga  doir 
xalqaro  xujjat  bo’lib,  BMT  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  qabul  qilingan.  Bu  tarixiy  xujjatning 
ishlab  chiqilishi  va  e’lon  qiliiinishi  insoniyatning  tarixiy  taqdirida  davlatlarning  ichki  va  tashqi 
siyosatida,  xalqaro  tashkilotlar,  siyosiy  partiyalar  va  ijtimoiy  tashkilotlarning  faoliyatida  muhim 
ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Bunda  ishlab  chiqilgan  qoida  va  xulosalar,  tamoillar  o’zining  moqiyati  va 
mazmuniga  ko’ri  mukammal  ishlangan  huquqiy  me’yorlarning  umumlashgan  ifodasi  qisoblanadi. 
Inson  huquqlari  va  uni  himoya  qilish  masalalarini  hal  qilishda  davlatlar  maskur  qujjatda  e’lon 


 
 
 

 
qilingan  huquqiy  me’yorlarga  amal  qilinishi  ularga  ishlab  chiqilayotgan  huquqiy  xujjatlarning 
samarali va adolatli bo’lishiga muhim ahamiyat kasb etadi. 
Inson  huquqlari  Umumjahon  Dekloratsiyasi  muqaddima  va  30  ta  moddadan  iborat  bo’lib,  unda 
insonning  asosiy  huquqlari  qadr-qimmati,  inson  shaxsining  benazirligi  hamda  erkaklar  bilan 
ayollarning teng huquqiyligi o’z ifodasini topgan. Dekloratsiyaning 1-moddasida huquqiy jiqatdan 
asosilangan  falsafiy  fikrlar  bayon  etilgan  bo’lib,  unda  "Barcha  odamlar  erkin  qadr-qimmat  va 
huquqlarga  teng  bo’lib  to’qiladilar.  Ular  aql  va  vijdon  soxibidirlar  va  bir  -  birlariga  birodarlarcha 
muomala qilishlari zarur" deyiladi. 
  “41-modda. Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. 
Maktab ishlari davlat nazorati-dadir.” 
Konstitutsiyaning ushbu normasi Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 26-moddasiga to’la mos 
keladi. Ayni vaqtda Konstitutsiyaning 40-41-moddalarining ro’yobini amalda bir-birisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Mamla-katimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida pirovardida, sog’lom, barkamol ertangi kun egalarini-
avlodni tar-biyalash, ulg’aytirish vazifasi yotibdi. Shu ma’noda ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar 
bugungi kunda butun jahon jamoatchiligi e’tibori va e’tirofiga tushganligi ham bejiz emas. Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi bu sohadagi Prezidentimizning o’ziga xos «nou-xou»si bo’lib qoldi.  
Davlat fuqarolarning bilim olish huquqlarini ro’yobga chiqarish uchun etarlicha shart-sharoit  yaratmoqda. 
Davlat  byudje-tining  kattagina  qismi  shu  soha  uchun  ajratilayotganidan  sohaning  moddiy-texnik  bazasi 
mustahkamlanmoqda. Zamo-naviy, ilmiy-pedagogik o’qitish uslublari ta’limni sifat jihatdan boyitmoqda. 
Bir  so’z  bilan  aytganda,  bilim  olish  huquqining  mazmunini  ro’yobga  chiqarish,  realizatsiya  qilish  uchun 
hamma sharoitlar yaratilgan. Ta’lim sohasi bilan bog’liq yana bir gap shuki, ta’lim muassasalari hisoblangan maktab 
ishlari ham davlat nazoratidadir. Kimlar, nima haqida, qanday shakl-uslublarda ta’lim-tarbiya berayotgani haqida 
davlatning qayg’urishi bejiz emas. Biz farzandlarimizni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashimiz, o’zimizga munosib 
o’rinbosarlar tayyorlashimiz lozim. Ular Prezidentimiz aytmoqchi, «...bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta 
baxtli bo’lishlari shart». 
1. O’zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish uchun harakat qilar ekan, har 
tomonlama rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirishni o’zining asosiy vazifalaridan biri deb biladi. 
Ta’lim  sohasida  maqsadga  yo’naltirilgan  davlat  siyosatini  olib  borish  bu  vazifani  echishda  asosiy 
vositalardan biridir. 
2. Ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Inson 
huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasiga  (1948yil)  asoslanib  berilgan  huquqni  amalga  oshirishning 
faoliyat ko’rsatayotgan mexanizmini yaratdi. O’zbekiston parlamenti bu deklaratsiyani, fuqarolik va 
siyosiy huquqlar, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi paktlarni, shuningdek, inson 
huquqlari va erkinliklari sohasidagi bir qator hujjatlarni ratifikatsiya qildi. 
Ta’lim  olish  huquqiga  tegishli  xalqaro  hujjatlar  (xususan,  1960  yil  14  dekabrdagi  Ta’lim 
sohasidagi  kamsitishlarga  qarshi  kurash  to’g’risidagi  konventsiya)  shuni  e’tirof  etadiki,  “ta’lim” 
iborasi  o’qitishning  barcha  turlarini  va  bosqichlarini  qamrab  oladi  va  ta’lim  olish  imkoniga  ega 
bo’lish, ta’limning darajasi va sifati, shuningdek, ta’lim berish sharoitlarini o’z ichiga oladi. 
Xalqaro  huquq  noramalari  boshlang’ich  ta’limni  majburiy  va  bepul  qilishni,  o’rta  ta’limni 
uning barcha turlarida umum erishadigan qilishni va undan hammaning foydalanishini ta’minlashni; 
oliy  ta’limni  to’la  tenglik  asosida  va  har  bir  kishining  qobiliyatidan  kelib  barcha  erisha  oladigan 
qilishni; qonunda belgilangan o’qishning majburiyligini ta’minlashni tavsiya etadi. 
3.  O’zbekiston  Respublikasi  o’zi  olgan  majburiyatlarga  amal  qilib  uzluksiz  ta’limning 
barqaror  tizimini  yaratdi,  shaxsning  ta’lim  olish  huquqini  amalga  oshirish  mexanizmini 
mustahkamlab qo’ydi. Ta’limning yagona tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
• 
maktabgacha ta’lim  


 
 
 

 
• 
umumiy o’rta ma’lumot  
• 
o’rta maxsus, kasbiy ta’lim  
• 
oliy ma’lumot  
• 
oliy o’quv yurtini bitirgandan keyingi ta’lim  
• 
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash  
• 
maktabdan tashqari ma’lumot. 
Ta’lim  shakli  va  bosqichlarining  ko’p  xilliligi  shaxsning  ehtiyojlari  va  qiziqishlaridan  kelib 
chiqqan holda uning ta’lim olish huquqini iloji boricha to’laroq amalga oshirishga imkon beradi. 
4.  Oliy  Majlis  qabul  qilgan,  o’n  yildan  ko’proq  muddatga  mo’ljallangan  “Kadrlar 
tayyorlashning  miliy  dasturi”  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashning  zamonaviy  tizimini 
shakllantirish  va  rivojlantirishni,  har  tomonlama  kamol  topgan  shaxsni  shakllantirish  uchun 
ijtimoiy-iqtisodiy,  huquqiy,  psixologik-pedagogik  va  boshqa  sharoitlarni  yaratishni  o’z  oldiga 
maqsad qilib qo’ygan. 
Kadrlar  tayyorlashning  ustuvor  sohasi  ta’lim  jarayonining  vorisiylik  va  ko’p  bosqichligiga 
asoslangan uzluksiz ta’limdir. 
O’zbekistonning  qonunlari  (xususan,  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi 
qonuni)  kelib  chiqishi,  jinsi,  tili,  yoshi,  irqiy,  milliy  taalluqliligi,  e’tiqodi,  dinga  munosabati, 
ijtimoiy mavqei, yashash joyi, respublika huquqida yashayotgan davrining muddatidan qat’i nazar, 
ta’lim olishdagi teng huquqlarni ta’minlaydi. 
5.  Ta’lim  olish  huquqining  mazmuni  shundan  iboratki,  u  O’zbekiston  Respublikasining  har 
bir fuqarosi uchun ta’lim-tarbiyaning barcha shakllaridan teng foydalanish imkoniyatini beradi. 
Ta’lim olish huquqini amalga oshirish quyidagilar orqali ta’minlanadi: 
• 
ta’lim olish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish; 
• 
davlat va nodavlat ta’lim berish muassasalarining tarmog’ini yaratish; 
• 
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning barcha uchun imkoniyati borligi; 
• 
davlat ta’lim muassasalaridagi ta’limning bepulligi; 
• 
tayanch (to’qqizinchi sinf) ma’lumoti olishning majburiyligi; 
• 
ta’limning turli shakllarini qo’llash; 
• 
ta’lim  muassasalarining  siyosiy  partiyalar  va  ijtimoiy-siyosiy  harakatlarga  qaram 
emasligi. 
6. Ta’lim olish huquqini ta’minlash uchun qudratli moddi-texnik baza mavjud.  
Mamlakatimizda  savodxonlik  darajasi  yuqori  bo’lib,  97,7%  ni  qilmoqda.  Bunda 
savodsizlarning asosiy qismi keksa yoshdagilar, ya’ni 70 va undan katta yoshdagi kishilar hisobiga 
to’g’ri kelmoqda. 
7.  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  asosiy  maqsad  qilib  qo’yilganidek  fuqarolik 
jamiyati  har  tomonlama  rivojlangan  shaxslardan  tashkil  topish  kerak.  Davlatning  faoliyati  har  bir 
shaxsning  qobiliyatini  rivojlantirish  va  uni  jamiyat  farovonligini  yuksaltirishga  jalb  etishga 
qaratilgan. 
Fan,  texnika  va  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  har  bir  shaxsning  yuqori  darajada 
ma’lumotga  ega  bo’lishini  nazarda  tutadi.  Ma’lumotlilik  madaniyatning  tarkibiy  qismlaridan  biri 
bo’lish  bilan  birga,  shaxs  imkoniyatlarini  ro’yobga  chiqarishning  muhim  sharti  hamdir.  Shuning 
uchun  kuchli  ijtimoiy  siyosiy,  davlatimizning  jamiyat  barcha  qatlamlarining  ta’lim  olish  huquqini 
ta’minlashga  bo’lgan  intilishi  alohida  ahamiyatga  ega.  Bu  shu  bilan  bepul  oliy,  maxsus  va  hatto 
umumiy ta’lim berish imkoniyatiga ega emas. 
8.  Davlat  faqat  ta’lim  olish  huquqini  amalga  oshirish  uchun  sharoitlar  yaratibgina  qolmay, 
mamlakatdagi  maktab  ishlarini  nazorat  ham  qilib  turadi.  Ta’lim  sohasida  davlat  standarti 


 
 
 
10 
 
tasdiqlangan, maktablar va boshqa o’quv yurtlarini bitiruvchilarning bilim darajasiga mos keladigan 
muayyan o’lchovlar o’rnatilgan. 
Davlat  keyingi  paytda  ancha  keng  tarmoqqa  ega  bo’lgan  nodavlat  o’quv  yurtlaridagi  ta’lim 
jarayonini ham nazorat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasida diniy muassasalar maktab ishlaridan 
ajratilgan. 
Ta’lim  huquqini  ta’minlash  mexanizmida  iqtidorli  o’quvchilar  va  talabalarni  qo’llab-
quvvatlash  hamda  rivojlantirish,  ularning  ijodiy  ta’lim  faoliyatini  rag’batlantirishga  qaratilgan 
davlat  choralari  muhim  o’rin  tutadi.  Buning  uchun  turli  jamg’armalar,  bolalar  ijod  uylari  va 
stipendiyalar  ta’sis  qilingan.  ko’plab  davlat  o’quv  yurtlarida  bepul  ovqat,  darsliklar,  kiyimlar 
beriladi, stipendiyalar to’lanadi. 
Hozirgi  paytda  O’zbekistonda  har  bir  kishining  ehtiyojiga  ko’ra  ta’lim  olish  huquqini 
ta’minlashning  ishchan  mexanizmi  shakllangan  bo’lib,  u  tegishli  moddiy  texnik  sharoitlar  bilan 
mustahkamlangan. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish