1. Ўзбек халқ эртаклари indd



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana31.12.2021
Hajmi0,87 Mb.
#231863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1 uzbek khalk ertaklari

BO‘RI   BILAN   TULKI
 
Bo‘ri bilan tulki ikkovi do‘st tutingan ekan. Bir kuni tul-
ki bo‘rining oldiga kelibdi, bo‘ri juda ochiqib turgan ekan, 
tulkiga qarab:
– E, do‘stim tulki, yaxshi kelding, qani yur, meni bir 
joyga olib bor va qornimni to‘yg‘azib, xursand qilib kel-
gin, – debdi. Tulki «xo‘p» debdi-yu, oldinga tushib, ketidan 
bo‘rini ergashtirib ketaveribdi. Borib-borib, ular bir yer-
da to‘yga ketayotgan yetti-sakkizta xotinga yo‘liqibdilar. 
Hammaning qo‘lida tugilgan dasturxon bor ekan. Shunda 
tulki bir yumalab bedana bo‘libdi va haligi xotinlarning ol-
diga tushib yo‘rg‘alay boshlabdi.
Uni bir xotin ko‘rib:
– Iye, anovi bedanani qaranglar, uni men bolamga tutib 
beraman, – debdi-da, qo‘lidagi dasturxonni yerga qo‘yib, 
bedanani quva ketibdi, uning orqasidan yana biri quvlabdi.
Shunday qilib, xotinlarning hammasi quvib ketaverib-
di. Tulki bo‘lsa, ularning oldiga tushib yo‘rg‘alayveribdi. 
Xotinlar yetay-yetay deganda, «pirr» etib uchib, yana bir 
tomonga tushar emish. Shunday qilib tulki bularni aldab er-
gashtirib ketaveribdi.
Bo‘ri bo‘lsa, tugunlar ichidagi ovqatlarni maza qilib 
yeb, qornini to‘ydirib jo‘nabdi. Xotinlar bedanaga yetol-
may charchab, yo‘ldan qaytib kelishsa, tugunlar qup-quruq 
emish. «Voy, sho‘rimiz quridi, «Oyimbuvi ovga chiqdi
ketidan g‘ovg‘a chiqdi» deganday, bu nimasi ekan!», deb 
dod deganlaricha qolaverishibdi.
Tulki aylanib borsa, bo‘ri bir joyda dam olib yotgan  
emish.
Tulki bo‘riga qarab:
– Ha, o‘rtoq, – debdi.
Bo‘ri unga:


  36  
– Ha, qornim   juda    ham    to‘yib  ketdi,    dam  olib    
yotibman, – debdi.
Ertasi kuni tulkiga bo‘ri shunday debdi:
– O‘rtoq, kecha meni    juda xursand qilib yubording,    
endi bugun sal xafa qilib qo‘ygin.
Bunga javoban tulki:
– Xo‘p  bo‘ladi,  qani  yur  bo‘lmasa, – deb bo‘rini bir 
bog‘ga  boshlab boribdi. Bog‘ning devori tagida bir om-
bor bor ekan, shu ombordan ikkovlari siqilib, zo‘rg‘a 
ichkari kirishibdi. Qarashsa, hammayoq uzumga to‘lib-
toshgan, hech kim yo‘q emish. Vaqtni g‘animat bilib, ikkisi  
uzumxo‘rlikka  zo‘r beribdi. Bir vaqt  tulki qornini   obdan 
to‘ydirib, ikki dona g‘ujumni ikkala burniga tiqib, bo‘rining 
oldiga boribdi:
– E, do‘stim, mana men judayam to‘ydim, azbaroyi 
to‘yganimdan uzum burunlarimdan chiqib ketdi. Bo‘l, yaxshi-
lab yeb, obdan to‘yib ol, – debdi. Bo‘ri shoshib-pishib yeyave-
ribdi. Axiri qorni shishib ketibdi, lekin burnidan chiqmabdi.
– Qani, burnimdan chiqmadi-ku? – debdi u. Tulki 
bo‘rining tumshug‘ini ko‘tarib qarab:
– Hu ana, ko‘rinib qolibdi, yana  biroz  yesang chiqa-
di, – debdi.
Bo‘ri yana yeyaveribdi, qorni rosa ko‘pchib, axiri o‘zini 
tutib turolmay yotib qolibdi. Tulkiga ana shugina kerak 
ekan. U yugura borib, devorga chiqibdi-da:
– Uzumga o‘g‘ri ketde-e-e, uzumga o‘g‘ri ketde-e-e! – 
deb qichqiribdi. Uning tovushini bog‘bon eshitib, so‘yil 
ko‘tarib kelib qolibdi.
Bo‘ri lapanglab borib boyagi omborga  suqilgan ekan, 
sig‘mabdi. Devorga tirmashsa,  chiqolmabdi. Bog‘bon  uni  
o‘lasi  qilib savalabdi, bo‘rining yegan uzumlari og‘zi-
burnidan chiqib, oxirida kaltak zarbidan sulayib qolibdi.  
Bog‘bon bo‘rini o‘ldiga chiqarib, tashlab ketibdi. Bir vaqt 


  37  
bo‘ri hushiga kelibdi. Qarasa, ombor og‘zida yotgan emish. 
Yonida hech kim yo‘q emish, tura solib devordan oshib, bir 
chekkada ingrab yotaveribdi.
Bir vaqt tulki kelibdi, bo‘rini ko‘rib, undan:
– Ha, do‘stim,  nima  bo‘ldi? – deb  so‘ragan  ekan, bo‘ri  
bazo‘rgina ingrab:
– Ha, do‘stim bo‘lmay o‘l. Biroz xafa qilib qo‘ygin   de-
sam, shuncha xafa qilasanmi?– debdi.
Tulki:
– Birodar, bog‘ egasining  seni  bunchalik  urishini   
qaydan  bilay? – debdi.
Bo‘ri yurolmasdan shu yerda qolibdi. Tulki ketibdi.
Ertasi kuni tulki o‘ynab yurgan ekan, bir joyda katta 
tosh yotgan emish, uning yonida bir qo‘yning kart dumba-
si ham bor emish. Unga qarab tulki: «Bunda bir sir bo‘lsa 
kerak. Oldin uni o‘zim yemayin-u, bo‘rini ro‘para qilayin», 
debdi. Keyin bo‘rining oldiga borib:
– O‘rtoq, qorning qalay? – deb so‘ragan ekan, bo‘ri:
– Qornim och, – debdi. Tulki:
– Bo‘lmasam men bir qo‘y so‘yib, go‘shtini yedim-u, 
yog‘i qoldi. Borib sen shuni yesang-chi, – deganda, bo‘ri:
– Bu gaping juda ma’qul, chunki kechagi  kaltakdan 
ichak-bag‘rim uzilib, haligacha hech narsa yeganim yo‘q 
edi, – debdi.
Bular ikkisi bir tomonga qarab jo‘nashibdi. Bir joyga 
borganda, tulki uzoqdan turib yog‘ni ko‘rsatibdi. Bo‘ri:
– Yur, birga boramiz, – debdi. Tulki:
– Qo‘y, meni ovora qilib yurasanmi, o‘zing borib yeb 
kela qol, – deb bormabdi. Bo‘ri borib qarasa, qo‘yning 
dumbasi yotgan emish.
Shoshilib borib tishlab tortgan ekan, «part» etib, tum-
shug‘idan  qopqonga ilinibdi. Shunda tulki yugura kelib, 


  38  
hadeb yog‘ni yeyaveribdi. Uzoqdan buni ko‘rib turgan 
ovchi to yugurib kelguncha tulki qochib ketibdi.
Ovchi kelib qarasa, qopqonga ilingan bo‘ri ekan.
– Iye, men tulki desam, sen ekansan-da, – deb bo‘rini 
obdan kaltaklab, keyin bo‘shatib yuboribdi.
Bo‘ri bundan qutulib, qorni och ketayotgan ekan, yo‘lda 
bir qo‘zini uchratibdi, unga qarab:
– Hoy qo‘zi, seni yeyman! – debdi. Qo‘zi qo‘rqa-pisa:
– E, taqsir, oldin siz  Karim bobomning tuzidan  olib 
keling, chunki go‘shtim juda bemaza, – debdi.  Shunda 
bo‘ri: «Xo‘p bo‘ladi» deb, tuz axtarib ketibdi, ungacha 
qo‘zi qochib qolibdi. Bo‘ri kelib qarasa qo‘zi yo‘q emish. 
Hayron bo‘lib borayotsa, bir joyda bir xo‘roz turgan ekan. 
Bo‘ri borib:
– Hoy xo‘roz, seni yeyman! – debdi. Xo‘roz unga:
– Bo‘lmasa, oldin bir zira-piyoz qilaylik, meni undan 
keyin yeng. Buning uchun siz avval pichoq topib keling, 
men zira bilan piyoz keltirayin, – debdi.
Bo‘ri pichoq qidirib ketibdi, xo‘roz paytdan foydalanib, 
bir tomonga qochib qutulibdi. Bo‘ri pichoqni olib kelsaki, 
xo‘roz yo‘q emish. Noiloj yana ketaveribdi. Yurib-yurib bir 
joyga borsa, bir xachir turgan emish. Unga qarab:
– Hoy xachir,  seni  yeyman! – debdi.  Xachir:
– Agar meni yemoqchi bo‘lsangiz, avval yetti marta 
minasiz, keyin yesangiz mayli, otam shunday deb vasiyat 
qilgan edi, – debdi.
Bo‘ri xachirning shartini o‘rniga qo‘yish uchun to‘rt 
marta minibdi, beshinchi minishida xachir bo‘rini qo‘sh 
oyoqlab tepibdi.
Bo‘ri chalqanchasiga yiqilibdi. Xachir qochganicha 
keta veribdi. Bo‘ri o‘rnidan turib, bir joyga boribdi, qarasa, 
ot o‘tlab yurgan emish. Bo‘ri otga qarab:
– Hoy ot, seni yeyman! – debdi. Ot bo‘riga:


  39  
– Bo‘lmasa, mening keyingi o‘ng oyog‘im tuyog‘iga 
otam yozib ketgan ikki enlik xatni o‘qib, keyin yegin, – 
debdi.
Bo‘ri otning orqasiga o‘tibdi, ot tuyog‘ini ko‘tarib turib-
di. Bir vaqt bo‘ri yaqiniga kelganida, ot uni bir tepgan ekan, 
bo‘rining tishlari majaq-majaq bo‘lib, o‘zi ancha nariga bo-
rib tushibdi. Ot qochib ketibdi.
Shu onda tulki yetib kelibdi, qarasa, bo‘rining og‘zi-
burni qip-qizil qonga belangan emish. Shunda tulki undan:
– Ha, do‘stim, senga nima bo‘ldi yana? – deb so‘rabdi.
– Ha, nimasini so‘raysan, ishlar shunday-shunday 
bo‘ldi, – deb bo‘ri hamma voqeani aytib beribdi. Shunda 
tulki debdi:
«Ko‘rdingki, qo‘zi, yeb qo‘ygin, termulib qolsin 
ikki ko‘zi. Senga kim qo‘yibdi Karim boboning tuzini? 
Ko‘rdingki, xo‘roz, urib bo‘ynini yoz, senga kim qo‘yibdi, 
zira bilan piyoz? Ko‘rdingki,  xachir, urib bo‘ynini g‘aji, 
senga kim qo‘yibdi minishni xachir. Ko‘rdingki, ot, yeb 
ustida yot, senga kim qo‘yibdi mirza buvalikni?»
Bo‘ri tulkidan dashnom eshitib, indamay turib ketave-
ribdi, naryoqqa borgan ekan, ikkita ovchi uni ko‘rib qolib, 
quva ketibdi. Bo‘ri qochib borayotganda yo‘lda bir odam 
qo‘sh haydab yurgan ekan. Bo‘ri borib qo‘shchiga yali nibdi:
Jon amaki, meni shu ovchilardan saqlab qoling.
Qo‘shchi: «Xo‘p bo‘ladi», deb bo‘rini katta qanorga 
solib qo‘yibdi. Bir vaqt ovchilar yetib kelib qo‘shchidan: 
«Bo‘ri o‘tdimi?» deb so‘rabdilar. «Ha, o‘tib ketdi», debdi 
qo‘shchi. Ovchilar ketgandan keyin bo‘ri qanordan chiqib, 
qo‘shchiga:
– Hoy qo‘shchi, seni yeyma-an! – debdi. Qo‘shchi: 
– Iye, bu qanday gap, axir, men seni o‘limdan qutqarib 
olsam-u, meni yeysanmi? – desa, bo‘ri:
– Yaxshilikka yomonlik, – der emish.


  40  
Shunda qo‘shchi yalinibdi, bo‘ri sira ham unamabdi. 
Bular shunday mojaro qilib turgan ekan, tulki yetib kelib, 
qo‘shchidan:
– Ha, nima gap?– deb so‘rabdi.
Qo‘shchi bo‘lgan voqeani tulkiga birma-bir aytib berib-
di. Tulki bo‘riga qarab:
– Men sening shu qanorga sig‘ishingga ishonmayman: 
o‘zing sig‘sang ham duming sig‘maydi,– debdi. Bo‘ri unga:
– Yo‘q, sig‘dim – debdi. Tulki:
– Bo‘lmasa, qani kirib ko‘r-chi, – degan ekan, bo‘ri:
– Mana bo‘lmasa, – deb qanorga kiribdi. Tulki qo‘sh-
chiga imlab, qanor og‘zini bog‘lashga buyuribdi. Qo‘shchi 
qanor og‘zini mahkam  bog‘labdi. Shundan so‘ng qo‘shchi 
bilan tulki ikkisi bittadan ikkita so‘yil olib, bo‘rini ura-ura 
o‘ldirishibdi.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish