O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


-chizma. Futbolda harakatlanish  texnikasi



Download 2,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/129
Sana31.12.2021
Hajmi2,27 Mb.
#231370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
Bog'liq
039futbolpdf

1-chizma. Futbolda harakatlanish  texnikasi 
xarakatlanish texnikasi  
Y
U
guri
sh
  
D
ikir
lab
  
Sak
rab
  
T
ayanya
 oyoqd
a
  
T
o‘
xt
ash
  
Sak
ras
h
  
B
uri
li
sh
  
Ikki
 oyoqd
a
 deb
si
n
ip
  
 
B
ir
 oyoqd
a
 debs
inip
  
T
ashl
an
ib
  
Sak
rab
  
T
isar
il
ib
  
C
H
al
ish
ti
rm
a
  
Juft
li
kd
a
 
O
dd
iy
  
B
ir
 oyoqd
a
 t
ur
ib
  
Ikki
 oyoqd
a
 t
u
ri
b
  
B
ir
 vaq
tda
  
B
iri
n
-ke
ti
ng
  
Y
O
nga
  
 
O
rqag
a
  
R
it
m
li
  
N
ori
tm
ik
  
N
ot
si
k
li
k
  
To‘g‘ri chiziq bo‘lab, yoylar bo‘ylab yo‘nalishini va tezlikni o‘zgartirib 
yugurish, turgan joyda va harakat vaqtida sakrash 
 


 
21 
Juftalama  qadam  tashlab  yugurish  oyoqlarni  sal  bukib  bajariladi.  Birinchi 
qadamni  harakat  yo‘nalishiga  yaqin  oyoqdan  boshlab,  yon  tomonga 
tashlanadi.  Ikkinchi  qadamda  oyoqlar  juftlanadi.  Depsinish  va  siltanish 
harakatlarida  zo‘r  oerish  yuqori  tomonga  emas,  balki  yon  tomonga 
yo‘naltiriladn.  
Sakrash.  To‘xtash  va  burilish  uslublarining  ba’zilarini  ijro  etishda 
sakrashdan  foydalaniladi.  Sakrash  zarba  berishning  ayrim  usullari,  to‘pni 
oyoqda,  ko‘krakda,  bosh  bilan  to‘xtatib  qolish  va  ba’zi  xoldagi  fintlar 
texnikasining tarkibiy qismlaridan biriga kiradi. O‘yinda oldinga, yon tomonlarga, 
yuqoriga  hamda  shularga  yaqin  turadigan  yo‘nalishlarda  sakraladi.  O‘yindagi 
vaziyat  ko‘p  vaqtlarda  maksimal  baland  yoki  maksimal  uzun  sakrashni  talab 
qilmaydi.  Bunda  sakrashning  samaradorligi  futbol  o‘ynayotgan  odamning 
koordinatsion  qobiliyati  bilan  belgilanadi  va  futbolchi  o‘zining  turli  dastlabki 
holatlardan  fazo,  vaqt  va  kuch  xarakteristikalari  optimal  holatida  bo‘lgan 
harakatlar qilishi kerak bo‘ladi. 
Barcha  xil  sakrashlarda  depsinish,  havoda  uchish  va  erga  tushish  fazalari 
bo‘ladi. 
Sakrashning  ikki  xil  uslubi  mavjud:  bir  oyoqda  depsinib  sakrash  va  ikki 
oyoqda depsinib sakrash. 
Bir  oyoqda  depsinib  sakrash  oldinga,  yon  tomonlarga,  yuqoriga  bajariladi. 
Bunday  sakrashda  faol  depsinib,  ikkinchi  oyoqni  silkitib,  gavda  og‘irlik 
markazining  o‘qi  sakrash  tomonga  o‘tkaziladi.  Sakrashning  traektoriyasi  va 
kuchi  o‘yindagi  vaziyatga  bog‘liq.  Bir  oyoqda  yoki  ikki  oyoqda  erga  tushiladi. 
Qisqa  masofali,  qattiq  amortizatsiya  keyingi  harakatlarga  tezroq  va  samaraliroq 
o‘tish imkonini beradi. Og‘irlik markazi o‘qining proektsiyasi tayanch yuzasining 
chegarasida yoki undan tashqarida bo‘lishi ham shunga yordam beradi. 
Sakrab  to‘pga  bosh  urayotganda  ko‘pincha  maksimal  baland  ko‘tarilish 
kerak bo‘ladi. Bunda  yugurib kelib depsinadigan oyoqni taqqa to‘xtaydigan qilib 
(tayanchga  nisbatan  burchak  hosil  qilib)  qo‘yish  yordam  beradi.  Sal 
cho‘qqaygandan  keyin  yuqoriga  yoki  yuqorilab  oldinga  tomon  faol  depsinish 


 
22 
kerak  bo‘ladi,  bunda  qo‘llarni  ko‘krak  baravar  silkitib  ko‘tarish  depsinishning 
samarasini oshiradi. 
Ikki  oyoqda  depsinib  sakrash  –   bunday  usul  bilan  oldinga,  oldinlab  yon 
tomonga va oraliq yo‘nalishlarida sakraladi. 
Turgan  joydan  sakraganda  o‘yinchi  depsinish  oldidan  tezda  salgina 
cho‘nqayadi.  Oyoqlarini  faol  to‘g‘rilash  bilan  birga  gavda  og‘irlik 
markazining  o‘qi  sakrash  tomoniga  o‘tkazyladi  va  qo‘llar  silkitiladi.  Yugurib 
kelib  sakrayotganda  so‘nggi  qadamda  bir  oyoqni  taqqa  to‘xtaydigan  qilib 
qo‘yiladi.  Cho‘nqayish  paytida  ikkinchi  oyoq      birinchisi  yoniga  tezlik  bilan 
juftlanadi.  Depsinish  havoda  uchish  va  erga  tushish  fazalari  turgan  joydan 
sakragandagi kabi bo‘ladi. 
To‘xtash  –  harakatlanish  texnikasida  to‘xtashga  harakat  yo‘nalnshini 
o‘zgartirishning  samarali  vositasi  deb  qaraladi.  To‘satdan  to‘xtab  qolganda, 
raqiblarning  qaerda,  qanday  joylashganiga  qarab  turib  to‘p  bilan  ham,  to‘psiz 
ham  o‘sha  ketayotgan  tomoniga  qarshi  tomonga  otilib  ketiladi,  o‘ngga  yoki 
chapga qochib qolinadi. 
To‘xtashda  ikki  xil  uslub  vositasi  qo‘llaniladi:  sakrab  to‘xtash  va 
tashlannb to‘xtash. 
Sakrab to‘xtash uchun  sal  yuqoriga  qisqaroq  sakrab,  siltangan  oyoqda  erga 
tushiladi  –  bunda  turg‘unlik  bo‘lishi  uchun  shu  oyoq  sal  egiladi.  Ammo 
ko‘pincha erga ikki oyoqlab tushiladi. 
Tashlanib  to‘xtash  so‘nggi  yugurish  qadami  hisobiga  bajariladi.  Bunda 
siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga tiralinadida, keyin oyoqni rostmana erga 
qo‘yiladi.  Tashlanib  to‘xtash  oyoklarni  anchagina  bukib,  ikki  oyoqqa  tayanib 
qolish bilan xarakterlanadi. 
Barcha xil to‘xtashlardan keyin, odatda, turli yo‘nalishlarda harakat davom 
ettiriladi.  Shuning  uchun  to‘xtashdagi  so‘nggi  holati  harakatning  start  holati 
bo‘lishi kerak.  
Burilish  –  burilish  yordamida  futbolchilar  tezlikni  minimal  kamaytirib, 
yugurish yo‘nalishini  o‘zgartiradilar. Odatda turgan joyda burilgandan keyin start 


 
23 
harakatlari  boshlanadi.  Burilish,  shuningdek,  zarba  berish,  to‘pni  to‘xtatish, 
to‘pni olib yurish va fintlarning ayrim usullarini bajarish texnikasi tarkibiga ham 
kiradi. 
Burilishning  quyidagi  uslublaridan  foydalaniladi:  hatlab  o‘tib  burilish, 
sakrab  burilish,  tayanch  oyoqda  burilish.  O‘yin  sharoitiga  qarab  yon  tomonlarga 
va  orqaga  burilish  mumkin.  Burilish  turgan  joyda  ham,  harakat  paytida  ham 
bajarilaveradi. 
Hatlab  o‘tib  burilganda  qisqa-qisqa  2 - 3   q a d a m   tashlash  hisobiga  kerakli 
yo‘nalishga qarab olinadi. 
Harakat  yo‘nalishini  to‘satdan  va  tez  o‘zgartirishda  sakrab  burilish 
samaraliroqdir. Bu ish burilish tomonga faol depsinib bajariladi. Silkinch oyoqning 
kafti ham shu tomonga aylantiriladi. Sakrash unchalik baland bo‘lmasa ham  to‘la-
to‘kis bajariladi. 
Tayanch oyoqda burilishning ikki turi bor. Birinchisida burilish yo‘nalishidan 
uzoqdagi  oyoqqa  tayanib  burilinadi.  Bunda  futbolchi  gavda  og‘irlik  markazi 
o‘qining proektsiyasini tayanch sath chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida 
burilish  tomonga  aylanadi.  Ikkinchisida  harakat  yo‘nalishiga  yaqin  oyoqqa 
tayanib  burilinadi,  gavda  og‘irlik  markazining  o‘qi  burilish  tomonga  ko‘chadi. 
Utkaziladigan  oyoqni  ham  shu  yo‘nalishda  tayanch  oyoqning  old  tomoniga 
chalishtirib qo‘yiladi. Burilish sal bukilgan tayanch oyoq uchida bajariladi.  

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish