Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

4. Fransiyada ta’lim tizimi 
Fransiya  ta’lim  tizimi  ham  qadimiy  va  boy  tarixga  yega.  Bu  mamlakatda 
«Ta’lim  haqida»gi  Qonun  dastlab  1955  -yili  qabul  qilinib,  1975  -yili  unga  qator 
o’zgartirishlar kiritilgan. 
Fransiya  davlatining  hozirgi  davrda  amal  qilinayotgan  «Ta’lim  haqida»gi 
Qonuni  1989-yil  10  iyulda  qabul  qilingan  bo’lib,  uning  o’zgartirilishiga  ta’lim 
strategiyasida  ro’y  bergan  o’zgarishlar,  mamlakatning  ichki,  tashqi  siyosatdagi 
islohatlar,  yuzaga  kelgan  iqtisodiy  sharoitlar,  chet  yel  pedagogikasidagi  ilg’or 
tajribalarning  mamlakat  ta’lim  tizimlariga  kirib  kelishi,  o’quv  predmetlarining 
integrasiyalari va boshqalar sabab bo’ldi. 
Fransiyada  ta’limning  asosiy  maqsadi  shaxsning  har  tomonlama  kamol 
topishini  ta’minlash,  uni  mustaqil  faoliyatga  tayyorlash,  bozor  munosabatlari 
shareitida  o’quvchilarni  tadbirkorlikka,  ishbilarmonlik  va  omilkorlikka  o’rgatish, 
shunga yarasha kasb-korga yega qilishdan iboratdir. Bu yerda: 
1. Davlat maktablari, 
2. Xususiy maktablar, 
3. Oraliq maktablari mayjud. 
O’qitiladigan  predmetlar  ichida  fransuz  til  va  adabiyoti,  o’qish  va  yozuv 
alohida  ahamiyatga  molik.  Ular  uchun  dars  vaqtining  30%  ajratiladi.  o’rtacha 
haftalik  soatlar  26  soatdan  iborat,  darsning  davomiyligi  60  minut.  o’quvyili  5 
chorakka  bolinadi.  Fransuz  maktablari  boshlang’ich  sinflarida  o’qish  yertalab  va 
tushdan keyingi qismlarga bo’linadi. Yertalab o’quvchilar ona tilidan, tushdan keyin 
yesa  matematika  va  boshqa  predmetlardan  saboq  oladilar.  Matematika,  ona  tili  va 
adabiyoti  baza  predmeti,  tarix,  geografiya,  mehnat,  jismoniy  tarbiya  predmetlari 
yesa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi. 
Fransiya  ta’limida  bolalarni  go’daklik  chog’idanoq  maktabda  o’qitish  uchun 
tayyor  holda  olib  kelish  g’oyat  muhim  masala  hisoblanadi.  Bu  bosqichda 
tarbiyalanuvchilar  quyidagicha  tabaqalashtirilgan:  kichik  guruh  (2-4  yosh),  o’rta 
guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo’lib, 
ularga  Fransiyada  100%  shu  yoshdagi  bolalar  qamrab  olingan.  Bolalarni  maktabga 
tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. 
Fransiyada  boshlang’ich  ta’Iim  maktablariga  6  yoshdan  11  yoshgacha  bo’lgan 
bolalar  jalb  qilinadilar.  Boshlang’ich  maktab  bepul  va  majburiy.  Uning  vazifasi 


 
178 
o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. o’quv  mashg’ulotlari yertalab soat 9 
dan  12  gacha,  hamda  soat  14  dan  16  gacha  5  soat  davom  yetadi.  Maktabda 
ovqatlanish  pullik,  lekin  juda  arzonlashtirilgan  narxlarda.  Boshlang’ich  sinflarda 
o’qish uch bosqichda amalga osbiriladi: 
1. Tayyorlov bosqichi; 
2. Yelementar kurs (bu bosqich ikki yil davom yetadi); 
3. Chuqurlashtirilgan bosqich. 
Dasturlarda o’quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo’yicha aniq, alohida-
alohida talablar qo’yiladi. 
1990 -yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini 
tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi. 
o’quvchilar  11  yoshda  boshlang’ich  maktabni  tugallab  o’rta  maktabga  o’tadilar. 
o’rta ta’lim yesa kollejlar va liseylarda amalga oshiriladi. o’rta  ta’lim ikki bosqichda 
beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo’lib, yeng kichik sinf 6-
sinf,  5-4-o’rta  sinf,  3-sinf  yesa  katta  sinf  hisoblanadi.  Demak  sinflarni  raqamlash 
yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5 sinflar umumiy o’rta ta’lim, 4-3 sinflar 
yesao’quvchilarning  moyilligiga  qarab  beriladi.  Bu  birinchi  bosqichni  tugatgach, 
o’quvchilar kasbiy yo’nalishlari bo’yicha guvohnoma oladilar. So’ngra ikkinchi bosqich 
boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil 
o’qib  bakalavr  unvoni  va  diplomi  uchun  imtihon  topshiradi-lar.  Ana  shunda  diplom 
olgan o’quvchilargina oliy o’quv yurtlarga qabul qilinish huquqiga yega bo’ladilar. 
Fransiyada  talabalar  pedagogika, 
politexnika  instituti,  oliy  ma’muriy 
maktablarga  kirish  uchungina  imtihon  topshiradilar.  Bundan  tashqari  shu  kasbga 
moyilligi ham alohida sinab ko’riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga yesa 
bakalavr diplomi bo’lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi. 
Oliy ta’lim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi. 
Birincbi turkum: umumiy bo’lib, o’qish muddati ikki yil davom yetadi. 
Ikkinchi  turkum:  o’qish  bir  yil  davom  yetadi.  Talabalar  uni  magistr  darajasi 
bilan yakunlaydi. 
Uchinchi turkum: o’qish 1—2 yil davom yetadi. Bu siklda: 
- biron bir predmetni chuqurlashtirib o’rganilganligi haqida diplom 1 yil; 
-  ixtisoslashtirilgan oliy malumot to’g’risida diplom 1 yil; 
-  uchinchi turkum doktorlik dissertasiyasi 1-2 yil; 
- davlat  doktorlik  dissertasiyasi  biron-bir  sohani  mukammal  o’rganib  dissertasiya 
yozish kabi hujjatlar olish mumkin. 
Fransiyada  oliy  malumot  va  ixtisos  beruvchi  oliy  texnologik  institutlar  mingdan 
ortiq. 
Ular  odatda  sanoat, 
maishiy  xizmat  ko’rsatish,  informatika 
mutaxassisliklariga  ixtisoslashgan.  o’qish  muddati  2  yil  bo’lib,  sakkiz  xaftalik 
ishlab chiqarish amaliyotini ham ko’zda tutadi. 
Sirtqi talim shoxobchalari juda keng bo’lib, u 500 turdagi o’rta, oliy professional 
ma’lumot berishni tavsiya yeta oladi. 
Fransiyada  maktab  rahbarligi  lavozimiga  yerishmoq  uchun  talimga  rahbarlik 
qilishdan  saboq  beruvchi  maxsus  markazlarda  o’qiydilar.  Bunday  markazlarda 
ular  rahbarlik  qilish,  maktab  iqtisodiyotini  boshqarish,  talimdagi  yuridik 
masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil 


 
179 
yetish,  jamoada  yaxshi  psixologik  muhitni  barpo  yetish  kabi  jihatlarni 
o’rganadi.  o’qishni  yakunlagach,  suhbatdan,  test  imtihonlaridan  o’tadilar. 
Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib 
boriladi. Shu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi,  yetuk rahbar 
sifatida  faoliyat  ko’rsata  olmasa,  u  bu  lavozimidan  olib  tashlanadi.  Maktabt 
o’qituvchilariga  qo’yilgan  talab  Fransiyada  o’ta  yuqori.  Ayniqsa,  boshlang’ich 
maktablarda  o’qituvchi  o’z  kasbini  ustasi,  ajoyib  notiq,  san’atkor,  musiqachi, 
sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor yegasi bo’lmog’i lozirm. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish