O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

5-guruh. Charm ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish 
vositalari (teri va Xomashyolarni to‗plamlarini jarayonlarga uzatish kassetalari, terini 
va  charmni  saralash  agregatlari,  Xomashyoni  yuklash-tushirish  qurilmalari)  va 
xokazolar. 
6-guruh.  Asosiy  tsexlarning  yordamchi  jihozlari  (hamma  transport  kurilmalari 
turlari,  Xomashyo,  yarim  fabrikatni  jarayonlarga  tushiruvchi  va  boshqa  jarayonga 
o‗tkazuvchi hamda ishchi aralashmaga suyuqliklarni uzatish qurilmalari). 
Mashina  bu  –  aktiv  dinamik  sistema  bo‗lib,  ma‘lum  texnologik  ish  bajarishda 
energiya  shaklini,  moddalar  xossalarini,  joylashish  holatining  o‗zgarishi  bilan 
bog‗liqdir. 
Mashinada Xomashyoni shakli,o‗lchamlarini o‗zgartirishga energiya sarflanib, u 
ishchi  jarayonini  hosil  kiladi.  Keltirilgan  mashinalar  sinflarga  muvofiq  ishlab 


185 
 
chiqarish jarayonlari ham 4 sinfga bo‗linadi: energetik, texnologik, tashish va uzatish, 
hamda  jarayonlarni  boshqarish  uchun  axborot  texnika  vositalaridir.  Umumiy 
holatlarda  texnologik  mashinalar  3 ta  asosiy  mexanizmlardan  tashkil topgan: ijrochi 
mexanizm, dvigatel va harakat uzatish mexanizmlari hisoblanadi. 
Agarda  hamma  ijrochi  va  maxsus  mexanizmlar  talab  etilgan  harakatlarni 
(kinematik  sikl)  bevosita  ishchi  harakatuvisiz  istalgan  marta  takrorlasa,  bunday 
texnologik  mashinalar  avtomatlar  deb  aytiladi.  Agar  mashinaning  ishchi  siklini 
takrorlashda,  ishchi  aralashuvi  talab  etilsa,  (sozlash,  nazorat  va  xokazolar)  bunday 
texnologik mashinalar yarim avtomatlar deb aytiladi.  
Avtomatik  tizimlar  deb,  bir  qancha  avtomatik  texnologik  mashinalarni  o‗zaro 
bog‗langan  va  ma‘lum  ketma-ketlikda  texnologik  jarayonlarda  Xomashyoga  ishlov 
berish uchun mo‗ljallangan sistemasiga aytiladi. 
Masalan,  charm-mo‗yna  va  poyafzal  ishlab  chiqarishdagi  avtomatik  texnologik 
tizimlar va xokazolar. 
Texnologik  mashina  va  apparatlarni  qat‘iy  bir  chegara  buyicha  ajratish 
murakkab  bo‗lsada,  biroq  texnologik  jarayonga  qarab  ikkiga:  mashina  va 
apparatlarga  bo‗linadi.  Texnologik  apparatlar  deb:  Xomashyo,  yarim  fabrikatga 
kimyoviy,  issiqlik,  fizik-kimyoviy,  nurlar  va  boshqalar  ta‘siri  ostida  ishlov  berish 
qurilmalariga  aytiladi.  Bunda  asosiy  mexanizmlar,  masalan,  barabanlar,  harakatga 
keltiruvchi  mexanizmlar  yordamchi  bo‗lib  hisoblanadi.  Bu  turdagi  apparatlarga: 
barabanlar, chan, barkas, quritish va bo‗yash tizimlari, agregatlari kiradi. 
Agar  terini  quritish  jarayonini  kuzatsak,  terini  bosqichma-bosqich  harakatga 
keltiruvchi  mexanizmlar,  yuklash  va  tushirish  maxsus  mexanizmlar  asosiy  jarayoni 
bajarishga  xizmat  qilsa,  temperatura  beruvchi  manbalardan  beriladigan  energiya 
bevosita jarayoni bajaradi, shuning uchun ham bu qurilmalar apparatlar deb aytiladi. 
Texnologik  jarayon  bevosita  mexanikaviy  ta‘sirlar  ostida  Xomashyo  va  yarim 
fabrikatga  ishlov  berish  yuli  bilan  amalga  oshiruvchi  qurilmalar  mashinalar  deb 
ataladi.  Masalan,  mezdralash,  jun  haydovchi,  terilarni  tozalash,  cho‗zish  va 
taranglash  mashinalari  va  x.z.  kiradi.  Mashina  yoki  apparatlarni  texnologik  ishlash 
jarayonida  Xomashyo  yoki  yarim  fabrikat,  tayyor  mahsulot    partiyalab  va  donalab 


186 
 
o‗tishi mumkin. Masalan, ishchi ishqor va emulsiyaga to‗ldirilgan teriga ishlov berish 
barabanlariga  Xomashyo  partiyalab  tushiriladi  va  natijada  ishlov  berilgan  mahsulot 
ham  partiyalab  chiqazib  olinadi.  Mezdralash  mashinalarida  Xomashyo  donalab 
beriladi va donalab chiqazib olinadi.  
Texnologik jarayon belgilariga qarab mashina va apparatlarni kichik guruhlarga 
bo‗lish mumkin. Ishchi aralashma va emulsiyalar ostida donalab va partiyalab ishlov 
beradigan jihozlar quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 
A)  Q  o‗zg‗almas,  ya‘ni  teri  yarim  Xomashyoni  jarayonda  siljishini 
ta‘minlamaydigan jihozlar (chanlarning hamma turlari kiradi).  
B)  Q  o‗zgalmas,  ishchi  aralashma  va  suyuqlikning  to‗xtovsiz  harakatini 
ta‘minlovchi qurilmali jihozlar (barkaslar). 
V)  Q  o‗zgaluvchan,  Xomashyo  va  yarim  fabrikatni  harakatlantiruvchi  maxsus 
uzellariga ega bo‗lgan qurilmali jihozlar (barabanlar, apparatlar, shnekli apparatlar va 
x.k.). 
Xomashyoning  ko‗rinishiga  qarab  va  ularning  mashinalarda  ishlov  berish 
natijasidao‗lchamlarini  o‗zgarishini  hisobga  olgan  holda,  hamma  texnologik 
mashinalarni quyidagi kichik guruhlarga bo‗lamiz: 
1.  Teridan  mezdra  va  jun  haydash  mashina,  agregatlari  (mezdralash,  jun 
xaydovchi va tozalash). 
2.  Charmni  siqish  va  tortib-cho‗zish,  mashina  va  agregatlari  (mexanik  va 
gidravlik presslar, tortib-cho‗zish mashinalari). 
3. Charmni qalinligini tekislovchi mashina va agregatlar (charmni ikki bo‗luvchi 
lentali, kirtishlash va silliqlash mashinalari). 
4.  Charmga  yog‗lar  va  to‗ldiruvchi  hamda  yuza  qoplama  bo‗yoqlarni  kiritish 
uchun  xizmat  qiluvchi  mashina  va  agregatlar  (yarim  fabrikatni  yuzasiga  bo‗yoq 
qoplamasi  berish  agregatlari,  apparaturali  va  terilarni  yog‗larga  to‗yintirish 
mashinalari, jun haydovchi ishchi aralashmalar bilan ishlov beruvchi agregatlar). 
5. Charmni tortish va yumshatish mashinalari (tortish va yumshatish). 


187 
 
6.  Xom-  ashyo  va  yarim  fabrikatlarni  bo‗yash  mashinalari  (charmni  tekislash-
silliqlash  va  zichlash  mashina  va  presslari,  rolikli  presslar,  katoklar  va  ogir  valikli 
mashinalar). 
7. Charm yuzasinio‗lchash mashinalari. 
Yordamchi ishlab chiqarish jihozlari quyidagi guruhlarga bo‗lish mumkin. 
a).  Ishchi  aralashma  va  suyuqliklarni  tayyorlash  va  texnologik  jarayonlarga 
uzatish kimyoviy stansiya jihozlari. 
b). Jun va tukka dastlabki ishlov berish jihozlari. 
v). Mezdradan kley tayyorlash jihozlari. 
Charm  va  mo‗yna  ishlab  chiqarish  jarayonlari  avtomatlashtirish  va 
mexanizatsiyalashtirish  vositalarini  asosiy  va  yordamchi  jihozlar  sifatida  guruhlarga 
bo‗lish ancha murakkab, chunki ular ko‗plab ko‗rinishda har xil turli bo‗lishi mumkin 
Suyuqlik va eritmalarda ishlov beruvchi jihozlar quyidagilarga bo‗linadi: 
1.  Q  o‗zg‗almas,  bunda  teri  va  yarim  tayyor  mahsulot  harakatlanmaydi 
(chanlar). 
2. Suyuqligi harakatda bo‗lgan q o‗zg‗almas jihozlar (barkaslar). 
3.  Q  o‗zg‗aluvchan,  bunda  jihozlarni  harakatga  keltiruvchi  detallar  mavjud 
(hamma baraban va shnekli apparatlar). 
Yarim  tayyor  mahsulotlarning  mashinalarda  ishlov  berish  xususiyatiga, 
mashinalar quyidagi guruhchalarga bo‗linadi: 
A)  Teridan  mezdra,  junni  oluvchi  mashinalar  (mezdralovchi  mashina,  jun 
haydovchi mashina, tuk tortuvchi mashina). 
B)  Siquvchi  va  razvodka  mashina  (mexanik  va  gidravlik  presslar,  yoyuvchi 
mashinalar). 
V)  Teri  qalinligini  to‗g‗rilovchi  mashina,  randalovchi  va  silliqlovchi 
mashinalar). 
G)  Terilarni  yog‗lovchi,  to‗ldiruvchi,  bo‗yoq  bilan  qoplovchi  mashina  va 
agregatlar  (bo‗yovchi  mashinalar,  yog‗lovchi,  kulsizlantiruvchi  eritmasini  surtovchi 
mashina va agregatlar). 
D) Terini tortib yumshatuvchi mashinalar (tortib-yumshatuvchi mashinalar). 


188 
 
Ye) Terini pardozlovchi mashinalar (dazmallovchi mashinalar, siqish presslari). 
J) Teri yuzasinio‗lchovchi mashinalar. 
Bundan tashqari charm va mo‗yna ishlab chiqarish korxonalarida yordamchi va 
chiqindilarga  ishlov  beruvchi  tsexlar  mavjud  bo‗lib,  bundagi  jihozlar  quyidagilarga 
bo‗linadi: 
1.  Kimyoviy  stansiya  jihozlari  (eritmalar  tayyorlash,  dozirovka  qilish,  isitish 
yoki sovutish jihozlari). 
2. Junga birlamchi ishlov berish jihozlari. 
3. Mezdradan yelim tayyorlash jihozlari. 
Hayvon terilari va charm yarim mahsulotlarini ishlab chiqarishda, terilar har xil 
suvli kimyoviy moddalar aralashmalari ta‘sirlari ostida ishlov beriladi. Buning uchun 
har xil konstruksiyali, q o‗zgalmas va q o‗zgaluvchan apparatlar qo‗llaniladi: chanlar, 
barkaslar,  osma  va  ramali  barabanlar,  tayanch  g‗ildirakli  apparatlar,  kimyoviy 
aralashmalarda  Xomashyo  va  yarim  fabrikatni  to‗xtovsiz  siljishini  ta‘minlovchi 
qurilmali apparatlar va hokazolar. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish